Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Sharof Rashidov (1917-1983)

16.12.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Yolg’onchi odam — unutuvchi; u andisha va ehtiyotdan chetda turuvchi. Har kimning so’zi chin bo’lmasa, rostgo’ylar ko’ngliga u so’z qabul bo’lmas. Yolg’onchi o’zining yolg’on so’ziga bir-ikki marta ishontiradi, keyin nima qiladi? Yolg’onchiligi ma'lum bo’lgach, u rasvo bo’ladi, uning so’ziga xalq ishonchi yo’qoladi. Ko’ngil xazinasining qulfi — til; u xazinaning kalitini — so’z bil.
Alisher Navoiy
 
 

Sharof Rashidov (1917-1983) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

http://ziyouz.com/images/stories/sharof_rashidov.jpgTaniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax shahrida dehqon oilasida tavallud topgan. Narimonov nomidagi o‘rta maktabda dastlabki ma’lumotni olgach, Jizzaxdagi pedagogika texnikumida o‘qigan. 1941 yilda esa Samarqand davlat universitetini tugatgan. Shundan so‘ng u muallim va muxbir sifatida faoliyatini boshlagan. 1938—1941 yillarda Samarqand viloyatining «Lenin yo‘li» gazetasida ishlaydi. 1941 —1942 yillarda urushda qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944—1947 yillarda Samarqand viloyat partiya tashki-lotining kotibi bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi.

1947—1949 yillarda «Qizil O‘zbekiston» («O‘zbekiston ovozi») gazetasiga muharrirlik qiladi. 1949—1950 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasining raisi, 1950— 1959 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi rayosatining raisi, 1959—1983 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi bo‘lib ishlaydi.

Sh. Rashidovning ijodi 30-yillarning ikkinchi yarmida boshlangan. U dastlab she’riyatda qalam tebratib, «Samarqand kuylari» nomi bilan birinchi she’riy to‘plamini e’lon qilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan she’rlari 1945 yilda «Qahrim» to‘plamida chop etilgan. U ayni chog‘da adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan.

Sharof Rashidov ijodida maqolanavislik muhim o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchilik qiladi. Adibning «G‘oliblar» (1953) qissasi 1972 yilda qayta ishlanib, «G‘oliblar» romani sifatida nashr etiladi. «Bo‘rondan kuchli» (1958), «Qudratli to‘lqin» (1964) romanlari yaratiladi. Ularda o‘zbek xalqining urushdan keyingi tiklanish yillaridagi mehnat jasorati o‘z badiiy ifodasini topgan.

Ijodkorning «Kashmir qo‘shig‘i» (1957), «Komde va Mudan» (1959) kabi lirik qissalari va «Koinot» (1960) kabi kinoqissasi an’anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zallik, hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangan. Adib hayotining so‘nggi yillarida yaratgan «Dil amri» qissasi urush yillarida Belorus zaminida kechgan jangchilarning g‘alaba yo‘lida olib borgan hayot-mamot kurashi tasviriga bag‘ishlangan.

1981—1983 yillarda adibning besh jildlik asarlari rus va o‘zbek tillarida chop etilgan.

U 1983 yilning kuzida vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 84116922

Yandex