19.06.2013 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
XX asr matbuoti
Durdona to‘plamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O'zbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Tazkira
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O‘zbek nasri
Jahon nasri
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O'zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Saytlar
Mobil versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Obuna RSS
Statistika
A'zolar : 4065
Yangiliklar : 8281
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 31250340
So‘rovnoma
Kutubxonalar bilan qanchalik bog'liqligingiz bor?

So'nggi mulohazalar
Amerikada o’qish uchun imkoniyat!
Salom Men yaqinda inyazni ingliz filalogiza fakultetini bitirdim,gramm...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
Tushimda oq salla o\'ragan katta bir mullo o\'qib yotibdi, o\'s...
To'liq...

Lobar Azizxo‘jayeva (1991-yili tug'ilgan)
ajoyib sherlar ijodingizga omad
To'liq...

Nuriddin Ismoilov. Kechir meni, Ra’no (hikoya)
Nuruddin akani Asarlarini diyartli hammasini ùýéøè chiqanmam va u asar...
To'liq...

Jek London. Hayotga muhabbat (hikoya)
Kiritganlarga kattokon rahmat, o`qib mazza qildim. Sog`lik-salomatlik,...
To'liq...

Stiven King. Bo'ri-odam yili (hikoya)
Ushbu kitob boyicha kino ishlanganmi yoki yoqmi? Sms ga javob yozingla...
To'liq...

O'tkir Hoshimov (1941-2013)
O'zbekiston xalq yozuvchisi O'TKIR HOSHIMOV vafotini eshitib o'ylanib ...
To'liq...

Vahobjon Rahimov
Salom sog'-salomat yuribsizmi xikoyangizni o'qib chiqdim rahmat sizni ...
To'liq...

O‘tkir Hoshimov. O‘zbeklar (hikoya)
Ota-nasi tirik insonlar, bu dunyoda har bir kun o'tkinchi, har bir kun...
To'liq...

O'tkir Hoshimov (1941-2013)
o'tkir xoshimov the best writer
To'liq...

O‘tkir Hoshimov. O‘zbeklar (hikoya)
ONA-bu yorug' olamdagi eng ulug', eng mo'tabar zot! U kishi tug'ulgan...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
Øó òóí òóøóìäà áóíäàí 50êóí÷à èëãàðè êàçî êèëãàí àìàêèì êèðèáäè ó êèø...
To'liq...

Daniel Defo (1660 - 1731)
Ko'proq ma'lumotlar bo'lsa yaxshi bo'lardi,ayniqsa asarlari to'g'risid...
To'liq...

Pirmat Shermuhamedov. Chingizxonni ulug‘lashdan maqsad nima?
xa tarix biz yowlar uchun muxim rol 0'ynaydi.qolaversa bizdan keyingi ...
To'liq...

Zamburug’lar
shu mavzu bo'yicha kasallamgan bemorlarni savollariga kim javob beradi...
To'liq...

 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib qolmasin.
Paolo Koelo
 
 
Shodiyor Hazrat Ismat. Hol (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Uning orziqishlari uzoqqa cho‘zilmadi. Kutilmaganda otasi qazo qildi. Oila birdaniga sarosimaga tushib qoldi. Otasining marosimlarini o‘tkazdi. Uning xayoli parishon edi.
 O‘ylardiki, otasi uzoqroq safarga ketgan, erta indin eshikdan kirib keladi. Keyin bolalar uning ustiga o‘zini otishadi. Ota esa ularni erkalab bag‘riga bosadi. Yana dasturxon boshida hammasi jamuljam o‘tirishadi. Ota bolalariga tikiladi. Uning ko‘zlariga hech kim tik qaramaydi. U uzoq xayollarga cho‘madi... Otaning nelarni xayol surganidan bolalari bexabar bo‘ladi.
 Bola yana bir holatni hamon yodida saqlaydiki, bu ham bir umrlik xotira edi. Ota o‘g‘lini yoniga chorlab, unga ammasini ya’ni o‘zining opasini chaqirib kelishini aytadi. Bola esa ammani o‘zi bilan birga ergashtirib uyga keladi. Dasturxon boshida opa-uka –ikkalasi holi qolishadi. Ular o‘zaro ancha vaqt suhbatlashadilar.
 Quyosh botishi oldidan ota uydan chiqadi. Chiqib tomorqani bir aylanib, yana deraza oldiga borib o‘tiradi. Ota boshini ro‘mol bilan o‘rab olgandi. U deraza oldida o‘tirganicha, hovlini, ekinlarni, daraxtlarni va bu yerda ishlayotgan bolalarini zimdan kuzatadi. Ota xuddi shu deraza oldida qosh qorayguncha o‘tirdi. Uni hech kim bezovta qilmasdi. Ammasi ham, onasi ham, bolalari ham.
 Ota o‘rnidan turib, uyning orqa tomoniga yurdi. Bu paytda poda va suruv uyga qaytgan edi. U sigiru qo‘y, ho‘kizu qo‘chqorlarini ko‘zdan kechirdi. Jonivorlarga o‘zi xashak tashladi.
 Dasturxon otaga mahtal edi. Hamma o‘tirgan, faqat otaning joyi bo‘sh. Ugra osh hali suzilmasdan turibdi. Amma esa bolalarga ovqat yeyishning qoidalarini tushuntiradi. Shu paytda ota eshikdan kirib keladi. Joyiga sekingina borib o‘tiradi. Hammaga ota xush ko‘radigan taom – ugra osh suzildi. Barcha ishtaha bilan ovqat yeyishga tushdi. Ota murchdan taomga ko‘proq sepdi. Choy ichishga ham navbat yetdi. Otaning manglayidan, bo‘ynidan ter tomchilardi.
 Opa-uka o‘zlarining yoshlik damlarini, ota-onasini va boshqa qilgan sho‘xliklarini eslashdi. Keyin esa ota bolalariga burgut, bo‘ri, ot kabi jonivorlar va ular bilan bog‘liq qishloq odamlarining fe’l-atvori haqida yarim tungacha so‘zlab berdi...
 Ertalab onasining dod-voyidan hamma uyg‘onib ketdi. Bolalarni uyga kiritishmadi. Faqatgina amma “ otangizdan rozi bo‘lingizlar,” deya eshik oldida turardi.
 Hovlini bir pasda tumonot odam bosdi. Qarindosh-urug‘lar ”otamlab” yig‘lashdi. Peshinga yaqin tobutning narvonini uyga suyab qo‘yishdi. Xuddi mana shu damda bola ammasining oldiga keldi. Uning ko‘zi to‘la yosh edi.
-Amma, otamni bir ko‘rsatinglar, maylimi? Bu mening oxirgi iltimosim. Otamni ham oxirgi ko‘rishim bo‘ladi...
 Bola ko‘p gaplarni aytishi mumkin edi. Biroq o‘pkasi to‘lib yig‘lab yubordi-yu, quduq boshiga ketdi. Kimdir unga suv tutdi. Hovuri bosilib, ko‘z oldi yorishgandek bo‘ldi. Uning xayollari ostin-ustin bo‘lib ketgan edi. Sodir bo‘lgan voqea uni batamom gangitib qo‘ygan, sarosimaga tushib qolgan edi...
 Ana shu damda amma uni sekingina chaqirdi:
-Po‘latjon bolam, bu yoqqa kel, ammang aylansin sendan. Kel, tezroq yur, bo‘tam.
 Ismini eshitiboq, bola ammasi tomon yugurdi. Amma uning qo‘lidan tutib, “Hov, egachilar yo‘l beringlar, bolasi kelyapti. Otasi bilan ko‘rishmoqchi. Qani bolam kel-chi. Mana shu yerda tur,” dedi-yu amma mayitning yuzini sekingina ochdi.
 Po‘lat otasining yuziga unsiz tikilib turdi. Ko‘zlari yumuq. Jag‘i tang‘ilgan. Yuzidan salgina qon qochgan. Oqargan. Ota uxlagandek, uxlaganda ham dunyodan, hovlidagi ahvoldan boxabardek va shu barobarida baxtiyor odamdek kulgichlarini qimtib yotardi. Bola sekingina mayitning yoniga cho‘kkaladi. Otasining qo‘lidan ohistagina ushladi. Panjalarini mahkam siqdi. Ichida esa, “xayr otajon, bizdan, mendan rozi bo‘ling...” dedi. Bu damda u ko‘nglidagi borki nekligini aytmoqqa, jamiki dardu hasratini yormoqqa tayyor edi. Biroq kimdir uning bilagidan tutdi. Bolaning lablari titradi. Yuragidan xo‘rsiniq otilib chiqdi.
-O‘zingni bos bolam, - dedi ammasi. – Ota-ona o‘lmog‘i meros. Xudoyam o‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarini yoniga tezroq opketadi. Otangning umrini sizlarga qo‘shib bersin. U ko‘rmagan kunlarni sizlar ko‘ringlar. Yig‘lamagin bolam, otangning ruhi bezovta bo‘ladi...
 Po‘lat uydan chiqib, quduq oldidagi olmaga kelib suyandi. Shu yerdan turib tomorqasini kuzatardi. Kecha mana shu joylarni otasini bir aylanib chiqqandi. Ana shu paytda u kishi ne xayollarni surgan bo‘lsa...
 Zardoluning dovuchchalarini va xuddi mana shu - o‘zi suyanib turgan olmaning ko‘m-ko‘k mevalarini ham ushlab ko‘ruvdi. Ayniqsa, ariq bo‘yidagi qari tutning tanasini qo‘llari bilan siypalaganichi! Ota mana shu tutni bir paytlar bobosi ekkanligini bolalariga aytib bergandi. Tutning g‘adir tanasini ushlab turib, balki xayolan bobosi va otasi bilan suhbatlashgandir.
 Otasi mana shu tutning mevasi pishgan paytlarda tagidan tutlarni terib xuddi yosh boladek tamshanib yer edi. Uning tut yeyishi bolalarining ham havasini keltirardi...
 Yig‘i ovozi kuchaydi. Bu paytda otani tobutga olishayotgandi. Janoza namozi peshinda o‘qildi. Tobutni izdihom qo‘lma-qo‘l qilishib, qabristonga eltdi. Otani lahadga tog‘asi – Bekpo‘lat qo‘ydi. Jiyanlari choponining bariga tuproq solib, sekingina chimning ustiga to‘kishdi. Qabr ustiga tuproq tortishdi. Tuproqdan do‘nglik yasaldi. Uni yana chim bilan ham qoplashdi.
 So‘ng hamma Bo‘riboy oqsoqolning amri bilan o‘tirishdi. Qabristonda uning o‘ziga mos sukunati hukmron edi.
 Mulla Eshturdi tevarak-atrofga bir qarab oldi-da, Qur’on tilovat qildi. Omin qilingach, xalq sekin-asta o‘rnidan turib, qabristondan chiqa boshladi. Shu paytda mulla Eshturdining, “ey, haloyiq, Isamat qanday odam edi?” degan xitobi yangraydi. Shunda barcha “yaxshi odam edi bechora, Isamat tuzuk inson edi,” deya birvarakayiga jo‘r bo‘lishadi.
 Qabristondan qaytib yana hamma uyga kelishdi. Uzoqdan kelganlar duoi fotihani o‘qib boz iziga qaytishdi. Kechga tomon yana qarindoshlar to‘planib, otaning nega bunday erta ketganligini taxminu tusmol qilib gaplashib o‘tirishdi. Ularning hammasi otani maqtashardi. Uydagilarga ovqat suzildi. Po‘latning ishtahasi yo‘q edi. Sekingina uydan chiqdi. U otasi o‘limidan bir kun avval o‘tirgan derazaning oldiga keldi.
 Endi u otasining bu uyga hech qachon qaytmasligiga batamom ishongandi. Po‘lat alamli xo‘rsiniqni ichiga yutdi. Otasi bilan bog‘liq xotiralar bilan yashashi mumkinligini angladi.
 O‘limning otani ro‘zg‘ordan opketishi oila uchun ancha mushkulliklarni keltirdi. Po‘latning va ukalarining ruhiyati qattiq zarbaga duch keldi.
 Amma ularning uyida ancha vaqt yurdi. U bolalarga ukasining yaxshiligini, yoshligini oshirib, maqtab gapirib berardi. Gapirib berardi-yu, bechoraning o‘zi ham yig‘lab yuborardi. O‘zini tutolmasdi. Ammani esa hech kim yupatmasdi ham. Negaki, hamma ammaga qo‘shilib yig‘lardi.
 Po‘lat hayitda otasining qabriga bordi. Ko‘rsaki, qabr yonida olma daraxti ko‘karib turibdi. Duo o‘qidi. Endi o‘rnidan turaman deganda, Hasan go‘rkov keldi. U kishi ham tilovat qildi. Qarindoshlar kimdir unga pul uzatdi, go‘rkov olmadi.
-Men o‘zi tut ekmoqchi edim, - dedi Hasan go‘rkov. – Nima bo‘ldi-yu mana shu olmani ekib qo‘yibman. Akamning arvohlari shod bo‘lsin, dedimda. Rahmatli Isamat akaning menga ko‘p xizmatlari singan...
 Po‘lat o‘zining boshida, taqdirida ko‘p sinoatlar borligini ayni joyda turib, izdihomga tikilganicha o‘ylab qoldi...
 Go‘rkov esa kim bilandir gaplashib turardi...
Tashriflar: 491

  Mulohaza kiriting
RSS comments

Mulohaza kiritish
Ismingiz:
E-mailingiz
BBCode:Web AddressEmail AddressLoad Image from WebBold TextItalic TextUnderlined TextQuoteCodeOpen ListList ItemClose List
Mulohazangiz:

Kodni kiriting:* Code

Powered by AkoComment Tweaked Special Edition v.1.4.3

 
« Oldingi   Keyingi »
Yangi kiritilgan asarlar
Eng ko'p o'qilgan asarlar

So'nggi kiritmalar
Islom.ziyouz.com

Do‘stlarimiz
"Yoshlik" jurnaliga obuna bo'ling!
Ayol.uz
 
Sayt rivojiga hissa