24.05.2013 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
XX asr matbuoti
Durdona to‘plamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O'zbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Tazkira
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O‘zbek nasri
Jahon nasri
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O'zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Saytlar
Mobil versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Obuna RSS
Statistika
A'zolar : 4065
Yangiliklar : 8180
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 30397860
So‘rovnoma
Kutubxonalar bilan qanchalik bog'liqligingiz bor?

So'nggi mulohazalar
Ozod Sharafiddinov. Najot — hamkorlikda (Salmon Rushdiga ochiq x...
dunyoda kapitalizmning jirkanch basharasi. dunyoni sharq qutqaradi.
To'liq...

Hamid Olimjon (1909-1944)
Xamid Olimjonning barcha she'rlarini joylashingizni so'rayman saytizga...
To'liq...

Hazrat Sulaymon
Yaxshiyam tarix bor u kelajakning poydevori
To'liq...

Amerikada o’qish uchun imkoniyat!
amerikaga ketish uchun EILTS ni oqish keremi qanda yollari bor qaysi s...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
tushimd qora mushukni ko`rdim. u menga qarab turgan ekan va menga tash...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
Ibn Siyrinning yozishicha, tushdagi qon unga yoki moliga zarar yetishi...
To'liq...

Abu Ali ibn Sino
ВАТАН УЗ БИЛИММИНИ УЗГАЛАР УЧУН САРФЛАГАН ФАРЗАНДИННИ УНУТМАЙДИ ШУ ЖУМ...
To'liq...

Muhammad Ochil. To‘ydirdi (hajviya)
juda ajoyib. muhammad ochilnind hajviyalari yanada ko'proq berilsa nur...
To'liq...

G’arbchami? G’aribchami?
Janob Xolov, G\'arbda ham besh qo\'l barobar emas. Meni hayron qoldirg...
To'liq...

Iroda Umarova (1987-yili tug'ilgan)
Irodani g'oyibona dugonam deb bilaman! U nafaqat mening, balki soddagi...
To'liq...

Gabriel Garsia Markes. Moviy rang itning ko‘zlari (hikoya)
ko'proq qaysi jahon adibining asarlari sizlarga ma'qulroq.
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
men tushimda sehirgar ekanman, yomon insonlarga qarshi kurashyabman. M...
To'liq...

Aforizmlar haqida
So'zning qudratini bilmagan, Insonning qudratlisini ajrata olmaydi.
To'liq...

Ziyouz muharriri - “Oltin qalam” sohibi
Assalomu alaykum Davronbek mukofot muboraklik bo'lsin holis niyyatlar ...
To'liq...

Xudoyberdi To'xtaboyev (1933)
Xudoyberdi Tцxtaboyev ajoyib цz uslubini yaratgan ijodkordir. Maktabda...
To'liq...

 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Itlar yo‘q joyda mushuklar huriydi.
• Eshakdan: "Sening nechta xotining bor?", — deb so‘rashdi. U butun podani ko‘rsatdi.
• Tarbiyasiz otga minib Xudoni esdan chiqaradi, otdan tushib — otni.
• Aroq bilan salomlashib, aql bilan xayrlash.
• Ko‘rlar orasida bir ko‘zli ham qo‘mondon.
Gruzin xalq maqollari
 
 
Farishtalar kiradigan xonadon Chop etish uchun E-mailga yuborish
http://ziyouz.com/images/stories/erta.jpgBugun erta uyg‘ondim. Har kungidan-da vaqtliroq. Soat millari 5 ga qarab siljimoqda edi. Quyosh ham endi mo‘ralab, zarrin nurlarini taratishga taraddudlanib turgan ekan.
O‘rnimdan turib, deraza darchasini ochdim. Xonaga tonggi mayin, yoqimli shabada yelib kirdi. Tanam rohatlandi. Hovliga chiqdim. Mushaklar chigilini yozish, hali ham mudrayotgan tanani «uyg‘otish» uchun picha mashq qildim, keyin vodoprovod qulog‘ini burab, sovuq suvda yuvindim.
Erta uyg‘onishda gap ko‘p deyishadi ota-bobolarimiz. Baraka, rizq ortarkan. Shundanmi, bizning xalqimiz saharmardonlab turib, ish boshlashga odatlangan. Dehqon ketmonini yelkasiga olib, dalaga, cho‘pon qo‘y-qo‘zilarini o‘tlatish uchun qir-adirga otlanadi. Xullas, yigitu erkak, xotin-xalaj rizqi unishi, uyiga fayz-barokat kirib kelishi uchun yeng shimarib, ishga kirishadi.
Kelinchagi bor xonadonning fayzi mo‘l bo‘ladi deyishadi. Chin. Hech kuzatganmisiz, o‘zga xonadonga kelgan kelinchak ilk kunlariyoq qo‘li to‘rt, oyog‘i olti bo‘lib, betin xizmatda bo‘ladi. Orastalik, tozalik, saranjom-sarishtalikni o‘rniga qo‘yib, hamma yoqni yog‘ tushsa yalagudek qiladi. U eng dastlabki yumushini darvoza oldini supirib, suv sepishdan boshlaydi. Bu ham farosatning go‘zal namunasi. Darvoza tagidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchilar orastalikdan, ozodalikdan dili yashnab ketadi. Bu pokdomon xonadon sohibu sohibalariga havas qilishadi.
Hech esimdan chiqmaydi. Rahmatli buvim hammamizni erta uyg‘onishga chorlar, o‘zlari esa birinchilardan bo‘lib turib, qo‘l-betlarini yuvib, so‘ng darvozaning bir tabaqasini lang ochib qo‘yardilar:
-Uyga farishtalar keladi, rizq ulashib ketadi.
O‘shanda fikri-zikri halollik, pokdomonlik bo‘lgan, tilidan «xudo», «farishta», «narigi dunyo» kabi ilohiy kalomlar tushmaydigan nursiymo, xudojo‘y buvimning gaplarini uncha tushunmasdik (bola edik-da). Biz o‘z sho‘xligimizdan, o‘zimiznikini ma’qullashdan qolmasdik. Buvim esa dilidagini tiliga chiqarishdan, ko‘nglidagi gaplarni bizga tushuntirishdan charchamasdi.
-Sahar turinglar, xudo erta turganning rizqini ko‘paytiradi.
Bugun ulg‘aydik. Tasavvurimda bolafe’l, soddaligicha qolgan, halol, vijdoni pok buvimning so‘zlari naqadar haqiqat ekanligini hayotning o‘zi isbotlab boryapti.
Yaqin kunlargacha tunga qadar televizor tomosha qilib, kun yoyilganda ko‘zlarim qizarib, qovoqlarim shishib uyg‘onardim. Ishga kech qolmaslik uchun apil-tapil nonushta qilib, shoshib chiqib ketardim. Ishxonada ham tinchim yo‘q edi:lanjlik, kayfiyatsizlik... Dam olish kuni ahvol battar tang olardi: peshingacha uyqu.
Zehn solsam, hayot bir xilda kechyapti: ertalab ishga boraman, kechqurun kelaman. Ovqatlanaman, so‘ng yana uyqu.
Hayotimda rang yo‘q, joziba yo‘qdek tuyulardi. Na unumdorlik bor, na fayz-baraka. Bir kuni kenja amakimning videoga tushirilgan nikoh to‘yini oilamiz bilan tomosha qilib turgandik. Lavhalarning birida rahmatli buvim ko‘rinib qoldi. Yoshi saksondan oshgan bo‘lsa-da (sakson sakkiz yoshida vafot etgan) hamon tetik, bardam, jilmayib turibdilar. Ko‘zlari esa o‘sha betakror, ohori ketmas o‘gitlarni aytib turibdi:
«Erta turishda gap ko‘p»
Men kalavaning uchini topgandek bo‘ldim. Axir bolaligimda yo‘qotganim-o‘shandan buyon uyimizga kelmay qo‘ygan farishtalarni sog‘ingandim. Ko‘nglimga tugdim: «Ertadan boshlab barvaqt turaman...»
Oradan yigirma yil o‘tib, rahmatli buvim o‘rgatgan ishni bajardim: quyoshni uyg‘otdim. Nonushta mahaligacha bir dunyo ishlarni do‘ndirib qo‘ydim: tomorqadagi teshasi chala qolgan uch egat kartoshkaning tagini yumshatdim; sigirga yem tashlab, tezagini chiqarib tashladim, bo‘shagan chelaklarni suvga to‘ldirdim, gazga choynakda choy qo‘ydim.
Ishga uydan har kungidan chorak soat oldin chiqib, biroz yayov yurdim. Havo ochiq edi. Ko‘kda nur taratib turgan oftob ham nazdimda menga jilmayib qarayotgandek tuyuldi. Shu kuni o‘zimni har kungidan-da tetik his qildim. Yayradim.
Angladim: demak, erta turishda gap ko‘p.
Ko‘p o‘tmadi. Uyimizga farishtalar tashrif buyurdi: to‘ng‘ich qizim dunyoga keldi, ukam uylandi. Ishxonada ham ishlarim yurishib ketdi.
Men hozir buvimdan meros qolgan bir yumushni davom ettiryapman. Har tongda uyg‘onib, darvozani ochaman. Quyoshning mo‘ralab chiqishini zavq bilan tomosha qilaman. U uyimizga endi tom osha emas, eshikdan, bo‘sag‘adan kirib keladi. Inchunun, farishtalar ham.
Sizlardan ham istagim shu, erta sahardan eshigingiz ochiq tursin, ishlaringiz baroridan keladi.

Umid ALI

Tashriflar: 1539

  Mulohazalar (2)
RSS comments
 1 Muallif: HIkmatilla, 02-07-2012 23:40
manashu gapingizda 101% gap bor inson erta turganda havo ancha salqin bo`ladi huddi jannatdan mo`jiz shabada kelayotgandek bo`ladi. erta turib toza salqin havodan hafas olganda insoniyatning miya faoliyati ruhi va tanasi katta qauvatga ega bo`ladi. saxargi toza havo hechqanday vitamin yoki ximik vorilarga teng kelolmaydi... agar bilsangiz Tabiblar dori tayorlash uchun shifobaxsh o`tlarini saxar turib o`rishadi. chunki kunduz kuni o`risa giyohning kuchi ancha kamayadi saxarda uzilgan giyohni kuch ko`p bo`ladi. demak tongi havo o`simliklarga ham o`z tasirini ko`rsatadi.
 2 Muallif: Фаррух, 08-12-2012 21:30
Маколангиз учун катта рахмат ....алхамдулиллах утмишдан сабок олиб бугун билан яшаб келажжакка умидла бокайлик!!!

Mulohaza kiritish
Ismingiz:
E-mailingiz
BBCode:Web AddressEmail AddressLoad Image from WebBold TextItalic TextUnderlined TextQuoteCodeOpen ListList ItemClose List
Mulohazangiz:

Kodni kiriting:* Code

Powered by AkoComment Tweaked Special Edition v.1.4.3

 
Keyingi »
Forum.ziyouz.com yangiliklari
Mening blogim
Yangi kitoblar
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1992, № 3
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1992, № 2
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1992, № 1
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 12
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 11
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 10
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 9
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 8
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 7
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 6
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 5
May.22
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 4
May.21
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 3
May.21
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 2
May.21
Downloads
FileSharq yulduzi - 1991, № 1

So'nggi kiritmalar
Islom.ziyouz.com

Do‘stlarimiz
"Yoshlik" jurnaliga obuna bo'ling!
Ayol.uz
 
Sayt rivojiga hissa