OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Atoqli yapon yozuvchisi va adabiyotshunosi Toshio Udo (Toshio Udō (右遠 俊郎) 1926 yil 1 sentyarbda Okayama prefekturasida tug‘ilgan. Yoshlik yillarini Daliyanda o‘tkazgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Tokio universitetining yapon tili va adabiyoti bo‘limida tahsil olgan. Xuddi o‘sha yillari adabiy jurnallar bilan hamkorligi boshlangan. 1959 yili Akutagava mukofotiga taqdim etilganlar ro‘yxatiga kirgan.
Toshio Udo 1989 yili yapon demokratik yozuvchilari ittifoqining mukofoti bilan taqdirlangan. Adibning 20 dan ortiq hikoya, esse, qissa va romanlaridan iborat kitoblari nashr etilgan.
2013 yili Tokioda vafot etgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.