OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Flober Gyustav (1821.12.12, Ruan 1880.8.5, Kruasse, Ruan yaqinida) — frantsuz yozuvchisi. Parij universitetining huquqshunoslik fakultetida o‘qigan. Yoshligidan hikoya, qissa yoza boshlagan. Asosan, «Bovari xonim» (1857) romani bilan shuhrat qozongan.
«Salambo» (1862) romanida uzoq o‘tmishda (miloddan avvvalgi 3-asrning 2-yarmida) Qadimiy Rimning Karfagenga qarshi kurashlari tarixi tasvirlangan, pok muhabbatni tahqirlagan zo‘ravonlik, nohaqlik fosh etilgan. «Avliyo Antoniyning aldanishi» (1874) falsafiy dramasida, xususan, xristian dinining g‘ayritabiiy qonunlarini Antoniy obrazi orqali keng ochib bergan.
«Hislar tarbiyasi» (1869) romani, «Buvar va Pekyushe» (1881, tugallanmagan) hajviy romani, «Siyqasi chiqqan haqiqat» parodiyasi (nashri — 1910) bor.
Flober rus yozuvchilari I. Turgenev, L. Tolstoy bilan yaqin ijodiy aloqada bo‘lgan. Ijodi Rossiyadagi peshqadam adabiy jamoatchilik diqqatini o‘ziga tortgan. M. P. Musorgskiy uning «Salambo» asari asosida opera yozgan. Iste’dodli stilist bo‘lgan Flober jahon adabiyotida realizm taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.