Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Obid Rasul (1922-2001)

23.07.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Vijdonimiz oldida o‘zimizni oqlamoqlik uchun ko‘pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmadi deb, o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz.
Laroshfuko
 
 

Obid Rasul (1922-2001) Chop etish uchun E-mailga yuborish
http://ziyouz.com/rasmlar/poets/obid_rasul.jpgTaniqli bolalarshoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi a’lochisi Obid Rasul o‘z ijodiy faoliyatini jajji o‘g‘il-qizlarimiz uchun quvnoq she’rlar yozishga bag‘ishlagan. Uning „Ko‘k chakmonli yigitcha“, „01mazor“, „Quvnoq bolalar", „Asal amaki“, „Sadaf tishli amaki“, „Chashma“, „Keling bizning polizga“ singari bir talay kitoblari yosh avlodning ma’naviy mulkiga aylangan.
Obid Rasul uzoq yillar davomida maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaganligi uchun ham bolalaming fei-atvorini juda yaxshi bilardi. Shuning uchun pedagok shoiming she’rlari yosh kitobxonlar qalbiga tez yetib boradi.
Shuningdek, Obid Rasul uzoq yillar davomida yosh avlodga ta’lim berish bilan birga o‘zi ishlagan Yangiyoi shahri atrofidagi maktablar qoshidagi yosh ijodkorlaming to‘garaklariga yetakchilik qilib, bir talay iqtidorli matbaa xodimlarining, jurnalistlarning sevimli ustoziga aylangan.


KITOB

Darslik kitob qoiingda,
Berilgandir u senga.
Yirtmay ko‘zday asrasang,
Kerak ukang Erkinga.
Erkin ham but yuritsa,
Muallim xursand bo‘lar.
Kitobga mehri ko‘pni
Sinfdoshlar xush ko‘rar.
Kitobing qoidan qoiga,
O‘tib borsa top-toza.
Undan ko‘plar shodlanib,
Olishadi andoza.
Kitob bilim manbayi,
Bu barchaga ayon — haq.
Kitob o‘qib yashasang,
Umring o‘tar xushchaqchaq.


XAYRIXON VA MAYLIXON

Bir tup shotut
Va olmurut
Ushlab qoida,
Borar yo‘lda
Maylixon, Xayrixon.
O‘zbek, qirgiz,
Go‘yo egiz.
Yon qishloqdan,
Jon qishloqdan
Xayrixon, Maylixon.
Maktab bog‘in,
Chor atrofin
Etishar bog‘,
Jon-jon o‘rtoq
Xayrixon, Maylixon.


PILLA – TILLA

Qaddi raso tut ko‘chatim,
Novda bargi shapaloq.
So‘kichakda ipakqurtim,
O‘rmalab yasar qo‘noq.
Dahasida tutam-tutam,
Barg solaman to‘ysin deb,
Ardoqlayman erta kunda,
Ipagini qo‘ysin deb.
Yig‘dik, ana, sof mehnatim —
Natijasi to‘q pilla.
Shoyi-atlas kiyar yurtim,
Bebaho ipak-tilla.


TOSHKENT

Hur shahrimsan,
Nur shahrimsan.
Odamlar daryo —
toshqin.
U ko‘chadan,
Bu ko‘chadan.
Chiqishar ishga —
shoshqin.
Shahri azim,
Senga ta’zim.
Sen onaday —
muqaddas.
Ko‘rgan odam,
Butun olam
Mehri senga —
chambarchas.


SIZ MEHRIBONIM

Siz mening quyoshim,
Mehribon onam.
Siz bilan munavvar
Hovli-yu xonam.
Munisim, mo‘tabar,
G‘amxo‘rim onam.
Manglayim to‘rida,
Boshda parvonam.
Bahordan bahorlar
Yaratgan aziz.
Hikmatli murabbiy,
So‘zlari laziz.


TOP, OlRTOQ!

Ikki joyda ikki boisa
Juft bo‘larmi yoki toq?
Top o‘rtoq!
Shu tik turgan joyingda,
Shimol-u sharq, g‘arb qayoq?
Top, o‘rtoq!?
Oymi, quyosh yo yulduz,
Qaysi biri yarqiroq?
Top, o‘rtoq!
Kaklikmi yoki bulbul,
Qaysi biri sho‘x sayroq?
Top, o‘rtoq!


SINFDOSH


Chiroyli xat yozmoqqa
Juda havasmand edim.
Aiochi qiz — Qumriga:
„Biroz yordam ber“, — dedim.
Shod boqib sinfdoshim,
Cho‘zdi yordam qo’lini.
Endi men ham bilaman,
„5“ olishning yo’lini.


HUNARMAND

Qo’lida cho‘tka, moyi,
Doim ochiq chiroyi,
Bo‘yoqchi Turg‘un tog‘am
Yetmish hunarda bekam.
U bo‘yagan rom, eshik,
Tunukali tom, eshik,
Devorga chizgan naqshi,
Qanday charaqlar yaxshi.
O‘zlari xo‘p o‘qigan,
Ertak, she’rlar to‘qigan.
Yana usta pazanda,
Qo‘shiqchi ham sozanda.
Uning yopgan shirmoyi,
Toiin oyday chiroyi.
Bo‘yoqchi Turg‘un tog‘am
Yetmish hunarda bekam.
Tog‘am kabi serhunar,
Boisang, hunardan unar.


TINCHLIK YASHAR


Vatanim — quyosh,
Boshimni silar,
U menga ko‘z-qosh,
Iqbolim tilar.
Quvnab erkin, shod,
Boiaman katta.
Baxt bor umrbod,
Tinch mamlakatda.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 80525738

Yandex