Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Nosir Fozilov (1929)

15.10.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Sevaman, sevilaman.
Yunus Emro
 
 

Nosir Fozilov (1929) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmilarida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Bular orasida o‘ttizga yaqin original asarlar bo‘lib, qolganlari tarjima kitoblardir.

U 1929 yil 10 iyunda Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanining Qoriz qishlog‘ida tavallud topdi. Uning ota va onalari dehqonchilik bilan shug‘ullangan bo‘lsalar ham buvasi Tursunmuhammad A’lam G‘urbatiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy Xondayliqiy bilan hamnafas, hamfikr bo‘lib, Toshkentda uning uchta she’riy kitobi chop etilgan.

N. Fozilovning bolaligi urush davriga to‘g‘ri kelganligi tufayli ham o‘qib, ham mehnat qilgan. Shu tufayli u o‘z tengdoshlaridan ancha kech, ya’ni, 1949 yilda o‘rta maktabni tugatadi. So‘ng Toshkentga kelib, Dorilfununga o‘qishga kiradi va uni 1954 yilda tugatadi. Shundan so‘ng «Gulxan», «Sharq yulduzi» kabi jurnallarda va «Yosh gvardiya», G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotlarida turli lavozimlarda ishlaydi.

Adibning birinchi hikoyasi «Lenin uchquni» gazetasida 1953 yilda bosilgan bo‘lsa, uning birinchi kitobi 1959 yilda «Irmoq» nomi bilan chop qilinadi. So‘ngra «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Qush qanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Ko‘klam qiyoslari» (1970), «Diydor», (1979), «Tanlangan asarlar» 2 jildlik (1983—84), «Bolaligim—poshsholigim» (1989), «Bir otar to‘pponcha» (1995) kabi o‘nlab kitoblari nashrdan chiqadi.

Nosir Fozilov tarjimon sifatida ham samarali ijod qilgan. U Abay, Muxtor Avezov, Sobir Muqonov, G‘abit Musrepov, G‘abiden Mustafin, Abdulla Tojiboev, Abdijalil Nurpeisov kabi ko‘plab qozoq adiblari asarlarini o‘zbekchaga ag‘darib, nashr ettirdi. Shuningdek, qirg‘iz, qoraqalpoq va o‘zga tillardan ham ko‘plab sara asarlarni o‘zbekchalashtirdi. Uning ana shu ijod sohasidagi samarali mehnati zoe ketmadi. 1985 yilda unga «Shum bolaning nabiralari» kitobi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G‘. G‘ulom nomidagi, 1986 yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining Bayimbet Maylin nomidagi, «Ustozlar davrasida» asari uchun esa Hamza nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1990 yilda u «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvoniga sazovor bo‘ldi. El-yurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

N. Fozilovning ko‘plab asarlari o‘zga tillarga ham tarjima bo‘lib, nashr etilmoqda. U 1994 yili o‘zbek va qozoq adabiy aloqalari borasidagi katta xizmatlari uchun Qozog‘iston Prezidenti ta’sis etgan «Tinchlik va ma’naviy hamjihatlik uchun» xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 82444411

Yandex