19.06.2013 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
XX asr matbuoti
Durdona to‘plamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O'zbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Tazkira
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O‘zbek nasri
Jahon nasri
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O'zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Saytlar
Mobil versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Obuna RSS
Statistika
A'zolar : 4065
Yangiliklar : 8281
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 31253836
So‘rovnoma
Kutubxonalar bilan qanchalik bog'liqligingiz bor?

So'nggi mulohazalar
Xurshida Nishonova (1988-yili tug‘ilgan)
salom! she'rlaringizni sog'ingan ekanman!
To'liq...

Jonatan Svift. Gulliverning sayohatlari (roman)
Men odatda kitoblarni online o'qiyman lekin bu saytda ko'p kitoblarni ...
To'liq...

Amerikada o’qish uchun imkoniyat!
man inyazda 1kurs talabasiman.angliskiyni blaman.imtihon savollarini q...
To'liq...

Jo‘rabek Ramazonov. Shaytondara (hikoya)
Ajoyib! Davomi yo`qmi?
To'liq...

Ingliz xalq maqollari (608 ta)
rahmat katta sizlarga.men hoz'ir ingliz tilini o'rganyapan bular menga...
To'liq...

Amerikada o’qish uchun imkoniyat!
mani yoshim17-18yoshga kirib,hali universititutga kirmganman.shu yil o...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
assalomu alaykum ahli musulmon 2kun tushimda joy namoz ustida namozga...
To'liq...

Fozil Yo'ldosh o'g'li. Rustamxon (doston)
rustamxon dostoni juda boy tarixga ega dostonlardan biri men uni yaxsh...
To'liq...

Amerikada o’qish uchun imkoniyat!
Salom Men yaqinda inyazni ingliz filalogiza fakultetini bitirdim,gramm...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
Tushimda oq salla o\'ragan katta bir mullo o\'qib yotibdi, o\'s...
To'liq...

Lobar Azizxo‘jayeva (1991-yili tug'ilgan)
ajoyib sherlar ijodingizga omad
To'liq...

Nuriddin Ismoilov. Kechir meni, Ra’no (hikoya)
Nuruddin akani Asarlarini diyartli hammasini ùýéøè chiqanmam va u asar...
To'liq...

Jek London. Hayotga muhabbat (hikoya)
Kiritganlarga kattokon rahmat, o`qib mazza qildim. Sog`lik-salomatlik,...
To'liq...

Stiven King. Bo'ri-odam yili (hikoya)
Ushbu kitob boyicha kino ishlanganmi yoki yoqmi? Sms ga javob yozingla...
To'liq...

O'tkir Hoshimov (1941-2013)
O'zbekiston xalq yozuvchisi O'TKIR HOSHIMOV vafotini eshitib o'ylanib ...
To'liq...

 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo’ladi... Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so’zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko’ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do’st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay.
Alisher Navoiy
 
 
Erkin Vohidov (1936) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - O'zbek adiblari
ERKIN VOHIDOV
(1936)

Hozirgi davr o‘zbek she’riyatining porloq yulduzlaridan biri iste’dodli shoir Erkin Vohidovdir. U 1936  yilning 28 dekabrida Fargona viloyati Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. Erkin  Vohidovlar oilasi 1945 yilda Toshkentga ko‘chib kelgach, bo‘lgusi shoir shu yerda o‘rta ma’lumot oladi.

1960 yilga kelib, u Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tugatadi, so‘ngra turli nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Avval «Yosh gvardiya» nashriyotida (1960—1963, 1975—1982), so‘ng G’afur G’ulom nashriyotida (1963—1970) bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlaydi. Ayni chog’da «Yoshlik» oynomasiga boshchilik ham qiladi. U KPSS safida bo‘lgan va keyinchalik undan voz kechgan. Hozirgi kunda esa u O’zbekiston Respublikasi xalq noibi sifatida Oliy Kengash rayosati Oshkoralik qo‘mitasi rahbaridir. U Respublika adiblar ittifoqi boshligi hamdir. U adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga o‘sha o‘rta maktab quchogidaligidayoq o‘zining beg’ubor, mazmundor she’rlari bilan kirib kelgan. Shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiy to‘garaklarda pishgan, chiniqqan. Uning birinchi she’riy to‘plami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi bilan bosilib chiqqan edi. Shundan buyon shoirning o‘ttizdan ortiq she’riy majmualari o‘z o‘quvchisiga yetib borgan. Jumladan, shoirning «Qo‘shiqlarim sizga” (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1965), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan doston» (1967), «Yoshlik devoni» (1969), «Charog‘bon» (1970), «Dostonlar» (1973), «Xrzirgi yoshlar” (1971), «Muhabbat», «Tirik sayyoralar» (1980) kabv she’riy guldastalari va dostonlari o‘z kitobxoniga manzur bo‘ladi. Shuni ham alohida qayd etish lozimki, shoir she’riyati o‘zining ikki muhim xususiyati bilap o‘zga tengdosh shoirlar ijodidan farqlanib turadi. Avvalo, Erkin Vohidov — shoir deganda klassik adabiyotimizning ming yillik go‘zal va boy an’analarini hozirya davrda yangi pog‘onaga ko‘tarayotgan falsafiy shoir ko’z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Qolaversa, inson va jamiyat muammosi shoir she’riyatining bosh o‘zagini tashkil etadi. U xoh tabiat haqida, xoh muhabbat haqida, xoh paxta va paxtakor haqida, xoh xorijiy mavzuda bo‘ladimi hamma-hamma o‘rinda jamiyat taqdiri, inson kelajagi haqida o‘zining falsafiy mushohadalarini o‘rtaga qo‘yadi. Shoir «Inson» she’rida:

Sobitu sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing
Mulki olam ichra bir hoqon o‘zing, sulton o‘zing,—

degan xulosaga kelishi ham fikrimizning dalili desa bo‘ladi.

Erkin Vohidov faqat ijtimoiy-ishqiy she’riyat yaratib qolmay, balki hajviy-yumoristik she’rlar muallifi hamdir. Uning «Manfaat falsafasi», «Sen menga tegma», «Majlis qiling», «Donish qishloq latifalari» kabi she’rlarida ham kamoli inson uchun kurash muammosi bosh g‘oyani tashkil etadi. Erkin Vohidov bir qator ajoyib dramatik dostonlar muallifi sifatida ham ma’lum va mashhurdir. Xususan, uning «Ruhlar isyoni», «Istambul fojeasi» kabi dostonlari o‘zining badiiy barkamolligi, o‘tkir dramatik xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Ayni chog‘da u mohir dramaturg hamdir. Uning «Oltin devor» asari ko‘p yillardan buyon Hamza nomli teatr sahnasidan tushmay kelishi ham shundandir.

Erkin Vohidov otashin publitsist va adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilib kelmoqda. Uning «Shoiru, she’ru, shuur» kitobi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga u mohir tarjimon sifatida S. Yesenin, L. Ukrainka, M. Svetlov, A. Blok, R. Hamzatov, S. Kaputikyan kabi iste’dodli shoirlarning she’rlarini o‘z ona tilida so‘zlata oldi. Uning tarjima sohasidagi mahorati buyuk nemis shoiri Gyotening «Faust» asari tarjimasida (1974) yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Adabiyot oldidagi ana shu xizmatlari uchun u O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri, Hamza mukofoti sovrindori bo‘ldi.
Tashriflar: 10206

  Mulohazalar (2)
RSS comments
 1 Muallif: xosiyat, 28-08-2012 21:55
"Ruhlar isyoni" dostoni haqida kengroq ma'lumot bersangiz nur ustiga a'lo nur bo'lardi)))
 2 Muallif: JaC, 08-12-2012 17:02
"Ruhlar isyoni" dostoni haqida kengroq ma'lumot bomi

Mulohaza kiritish
Ismingiz:
E-mailingiz
BBCode:Web AddressEmail AddressLoad Image from WebBold TextItalic TextUnderlined TextQuoteCodeOpen ListList ItemClose List
Mulohazangiz:

Kodni kiriting:* Code

Powered by AkoComment Tweaked Special Edition v.1.4.3

 
« Oldingi   Keyingi »
Forum.ziyouz.com yangiliklari
Mening blogim
Yangi kitoblar
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2003, ¹ 4
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2003, ¹ 3
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2003, ¹ 2
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2003, ¹ 1
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2002, ¹ 4
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2002, ¹ 3
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2002, ¹ 2
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2002, ¹ 1
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2001, ¹ 4
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2001, ¹ 3
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2001, ¹ 2
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2001, ¹ 1
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2000, ¹ 5-6
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2000, ¹ 3-4
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2000, ¹ 2

So'nggi kiritmalar
Islom.ziyouz.com

Do‘stlarimiz
"Yoshlik" jurnaliga obuna bo'ling!
Ayol.uz
 
Sayt rivojiga hissa