Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Jamol Kamol (1938)

20.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Kimki to'rt narsani to'rt narsaga qoldirsa jannatga kiradi: uyquni qabrga, fahrlanishni mezonga, rohatlanishni sirotga va shahvatni jannatga qoldirsa.
Hotam ul- Asom
 
 

Jamol Kamol (1938) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari
JAMOL KAMOL
(1938)

Shoir Jamol Kamol 1938 yili Buxoro viloyatining Shofrikon tumanidagi Chikaron qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Ota-onadan erta ayrilgan Jamol tog’asi qo‘lida tarbiyalandi. O’rta maktabni tugatib, Buxoro pedagogika    institutining filologiya fakultetida o‘qidi. So‘ng shu yer   da muallimlik qildi.

Jamol Kamol 1965-1969 yildarda «Buxoro haqiqati» ro‘znomasi muharririyatida ishladi. A. S. Pushkin nomli Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qidi va «Lirik she’riyatda kompozitsiya» degan mavzuda nomzodlik ilmiy ishini himoya qildi. Shoir 1970-1972 yillarda Yozuvchilar uyushmasining Buxoro bo‘limida mas’ul kotib vazifasini bajardi. 1972 yildan esa A.S.Pushkin nomli Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jamol Kamolning «Olam kirar yuragimga» (1968), «Cho‘qqilarga yog‘ildi» (1971), «Tosh   tug‘yon”  (1973), «Hasan va oy», (1974), «Suyosh chashmasi» (1975), «Dostonlar» (1978), «Tafakkur» (1979), «Suvaydo» (1983) «Umidli dunyo» (1988) va boshqa bir qator she’riy to‘plamlari nashr qilingan.

Jamol Kamol mumtoz she’riy an’analar bilan zamonaviy she’riyat tizimini uyg‘unlashtirgan iste’dodli shoirdir. Ayni chog’da uning qo‘shiqlari ham klassik musiqa ohanglari bilan uyg’unlashib, olamjahon tarovat bahsh etib keladi.

U bir tarixiy she’rning ham muallifidir. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon (1991, 1 sentyabr) qilingandan buyon jahonning 121 mamlakati uni tan oldi. Oltmishdan ortiq mamlakat esa biz bilan vakolatxona darajasida bitim tuzdi. Ayni chog’da mustaqil O’zbekistonimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo ham etib qabul qilindi. Xuddi ana shu tarixiy kunga shoir Jamol Kamol guvoh bo‘lgan. Binobarin, xuddi shu yerda, shu daqiqada o‘zining «Avval Vatan, keyin jon» she’rini bitib, o‘qib ham bergan edi. Unda:

Kiprik ketar, ko‘z qolar,
Qolar Vatan jonajon.
Jamoldan shu so‘z qolar:
Avval Vatan, keyin jon!—


kabi yuksak tuyg‘ular o‘z ifodasini topadi.

Jamol Kamolning publitsist sifatida eng so‘nggi asari «Makkayi mukarrama, Madinayi munnavara» (1992) asarlaridir. Unda haj bahonasida ma’naviyatimizni qayta baholaydi, kamoli inson orzusi bilan maydonga chiqadi.

Jamol Kamol tarjima bilan ham shug’ullanadi. U fransuz mumtoz adabiyotining namoyandasi Bualoning «She’riy san’at» asarini, ozarbayjon shoiri Baxtiyor Vahobzodaning Muhammad Fuzuliy haqida  «Shabihijron» dostonini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Jamol Kamol 1986 yilda Shekspir tragediyalarini ingliz tilidan bevosita o‘zbek tiliga muvaffaqiyatli o‘girgani uchun S.Borodin nomidagi mukofotga sazovor bo‘lgan. Yana unga O’zbekiston xalq shoiri (1992) degan yuksak faxriy unvon ham berilgan.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91240300

Yandex