Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Omon Muxtor (1941-2013)

16.12.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Boshing yorilmasdan avval bog‘lab ol.
• Mushuklar yo‘q shiyponda sichqonlar tantana qiladi.
• Tarix qaytmaydi, pakana o‘smaydi.
• Asalari va pashsha bitta uyaga sig‘maydi.
• Tog‘ toqqa mehmonga boribdi desa ― ishon, insonning fe’li o‘zgaribdi desa ― ishonma.
Avar xalq maqollari
 
 

Omon Muxtor (1941-2013) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari
Shoir va nosir Omon Muxtor 1941 yil 16 iyulda Buxoroda tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach, bir necha vaqt gazetalar tahririyatlarida adabiy xodim, O‘zbekiston radio va televidenie Davlat Qo‘mitasi, «O‘zbekfilm» hamda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Uning ijodi garchi 50-yillarning oxirlaridan boshlangan bo‘lsa ham, birinchi «Chorlar quyoshli yo‘llar» she’riy to‘plami 1966 yilda chop etiladi. Shundan so‘ng u shoir, hikoyanavis, qissanavis, romannavis sifatida yigirmadan ortiq kitob nashr ettirdi. Jumladan, «Nigoh» (1968), «Qushlar va tushlar» (1971), «Shaharlik kelinchak» (1973), «Hayot darvozasi» (1978), «Buxorolik donishmand» (1973), «Bolalikka sayohat» (1984) kabi hikoyalar to‘plamlari, shuningdek, «Uchqur poezdlar» (1981), «Vazifa» (1988) kabi hikoyalar, qissalar majmuasini chop ettirdi. U ayni chog‘da «Yillar shamoli» (1976), «Egilgan bosh» (1989), «Ming bir qiyofa» (1992) kabi romanlarini yaratdi. Shuningdek, «Ohang» (1974), «Yog‘du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) kabi she’riy to‘plamlar ham O. Muxtor qalamiga mansub.

Omon Muxtor so‘nggi yillarda «Ming yildan so‘ng» (1991), «Ming bir qiyofa (1994), «O‘lmagan jon» (1995), «Ko‘zgu oldidagi odam» (1996) kabi hikoya, qissa va romanlarni ham yaratdi.

Uning «Tepalikdagi odam», «Ming bir qiyofa», «Ko‘zgu oldidagi odam» romanlari yaxlit holda «To‘rt tomon qibla» trilogiyasini tashkil etgan. Yana «Ffu», «Ayollar mamlakati va saltanati», «Aflotun» romanlari ham chop etilgan.

Uning «To‘rt tomon qibla» trilogiyasi yangicha uslubda yozilgan bo‘lib, kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiborini tortgan.

Ayni chog‘da u bolalar uchun «Buvim ertak aytadi» (1971), «Kunlardan bir kun» (1985), «Ming yildan so‘ng» (1991) kabi she’r, ertak va hikoyalar to‘plamlarini ham yozgan. Omon Muxtor «Egilgan bosh» romani uchun 1990 yilgi Yozuvchilar uyushmasining yillik adabiy mukofotiga sazovor bo‘lgan. Adib tavalludining ellik yilligida (1991) unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berilgan.

Pyesalari Xorazm teatrida sahnalashtirilgan («Bosh masala» va boshqa). O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2009), «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997). 2013 yil 10 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 84116324

Yandex