Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Omon Matjon (1943)

12.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Haqiqatdan qo`rqmaydigan odamning yolg`ondan qo`rqishiga asos yo`q.
Jeferson
 
 

Omon Matjon (1943) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari
OMON MATJON
(1943)

Iste’dodli o‘zbek shoirlaridan biri Omon Matjon 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatib, Samarqand Davlat dorilfununida tahsil oladi. Sho‘ro armiyasida xizmat etadi. 1969—1980 yillar mobaynida u Gafur G’ulom pomli Adabiyot va san’at nashriyotida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib xizmat etadi. So’ngra “Yoshlik” oynomasida bosh muharrir bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda u Resiublika Prezidenti devonida mas’ul vazifani ado etib kelmoqda.

Omon Matjon 60-yillardan boshlab matbuotda o‘z she’rlari bilan ko‘rina boshlaydi. Keyinchalik shoirning eng yaxshi she’rlari uning «Ochiq derazalar» (1970) «Karvon qo‘ngirog’i» (1973), «Yonayotgan daraxt» (1977) «Yarador chaqmoq» (1979), «Haqqush qichqirig‘i» (1979) «Seni yaxshi ko‘raman» 1983), «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) kabi to‘plamlardan munosib o‘rin oldi. Xususan «Seni yaxshi ko‘raman» to‘plamiga ayrim muhabbat haqidagi she’rlari qatorida avvalgi sanab o‘tilgan majmualaridagi eng yaxshi asarlari saylab olingan. Shunga ko‘ra mazkur she’riy to‘plamni shoirning kichik «Tanlangan asarlari» desa ham bo‘ladi. To‘plamlardagi «Amu», «Oybek», «Shu’lalardan hayratlanish», «Ona degan so‘z», «Turnalar», «Mezon», «Chorlov», «O’n uchinchi eshik» «Umrimiz haqida» kabi she’rlari hozirgi o‘zbek poeziyasi xazinasidan munosib o‘rin egallaydi. Binobarin, shoir she’riyati inson qalbining turfa kechinmalari va jilolarini rang-barang tashbehlarda, jozibali obrazlarda ifodalaydi.

Omon Matjon ijodida uning «Cho‘ldagilar» nomli doston-xronikasi, ayniqsa, «Gaplashadigan vaqtlar» nomli she’riy qissasi alohida o‘rin egallaydi. Unda shoir qayd etganidek, asarning yangicha shakli, ohangi kitobxon e’tiborini tortadi. Qolaversa, qissada yuksak insoniy e’tiqod, ma’naviyat va qadriyatlar haqida jonli bahslar davom etadi. Xususan, har qanday qirg’in urushlar, zulmning har qanday ko‘rinishi la’natlanadi. Yana muhimi, unda muhabbat tasviri asarga, xarakterlarga yangicha ruh, yaigicha fayz bag‘ishlaydi. Shularning hammasi shoir kamolatiga xizmat etadi, kitobxon bilan munosabatini yanada mustahkamlaydi.

Omon Matjon tarjimon sifatida qardosh va chet ellar adabiyotlaridan ko‘plab asarlarni o‘z ona tiliga mahorat bilan ag‘dara olgan. Xususan, F.Shiller, Sh.Bodder kabi jahon klassiklaridan qilgan tarjimalari e’tiborga loyiqdir. U adabiyot oldidagi ana shunday samarali hissasi uchun Yoshlar mukofoti, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan.

Ha, xalq shoiri (1993) aytganday:
«... boshqa juda muhim gap ham aytilmoqchiday, juda muhim, juda yangi... gaplashadigan» vaqtlar kelishiga yana bir bor ishonsa bo‘ladi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89429317

Yandex