Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Xurshid Davron (1952)

12.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Boshingga dard tushsa, cho‘chqani ham "otam" deb yuborasan.
• Zo‘rlik bilan tiklangan uy la’nat bilan buziladi.
• Oxirgi burda noningni qanday bo‘lib berganingni unutgan do‘sting o‘lib ketsa ham achinma.
Lezgin xalq maqollari
 
 

Xurshid Davron (1952) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari
XURSHID DAVRON
(1952)

Iste’dodli shoir va publitsist, mohir tarjimon Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog’ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat dorilfununi jurnalistika kulliyotining kechki bo‘limida o‘qib, kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi. 1971—1973 yillar davomida Olmoniyadagi sovet qo‘shinlari guruhida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. 1974 yildan 1992 yilgacha nashriyot sohasida ishlaydi.

Uning ilk she’rlari 1978—1977 yillardan boshlab tuman ro‘znomasi «Sharq tongi», viloyat ro‘znomasi «Lenin yo‘li»da bosilgan. Katta adabiyotga kirib kelishi 1976 yili «Guliston» oynomasida ustoz shoir Erkin Vohidov oq yo‘li bilan boshlanadi. 1976-1978 yillar davomida bir qator she’rlari to‘plamlarda ham chop etiladi. 1979 yili birinchi va ikkinchi kitoblari: «Qadrdon quyosh», «Shahardagi olma daraxti» bosilib chiqadi. Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari nashr etiladi. «Tuygi bog‘lar» (1981), «Uchib boraman qushlar bilan» (1983), «To‘marisning ko‘zlari» (1984), «Bolalikning ovozi» (1986), «Qaqnus» (1987), «Polyot odinokoy ptitsi» (1989), «Samarqand xayoli» (1991).
 
Hozirgi kunda uning yangi she’rlar kitobi «Bahordan bir kun oldin» nomi bilan nashrga tayyorlanmoqda.

Xurshid Davronning she’riy tarjimalari ham yigirma yil davomida matbuotda bosilib keladi. Jumladan Nikolay Zobolotskiyning «Turnalar», «Dengiz yaproqlari» (klassik va zamonaviy yapon she’riyatidan namunalar), «Qirq oshiq daftari» («Muhabbat haqida yozilgan jahon she’riyati» durdonalari) hamda «Yetti darvesh daftari» (klassik xitoy she’riyatidan namunalar) kitobi ham nashriyotga topshirilgan.

1974 yili «Tungi bog‘lar», «To‘marisning ko‘zlari” she’riy kitoblari uchun unga O’zbekiston Lenin komso moli mukofoti berilgan edi. Ammo u 1992 yilning boshida bu mukofotdan voz kechib, qaytarib topshiradi. Hozirgi kunda esa shoir tarixiy hikoyalar va qissalar yozish bilan band.

Xurshid xoh poeziyada, xoh nasrda qalam tebratadimi hamisha millatparvar, vatanparvar va bilimdon bo‘lib namoyon bo‘ladi. Undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati keng ilmiy tafakkurga ega ekanligi adib asarlariga alohida salmoqli mazmun bag’ishlaydi, uning uslubini ham tayin etadi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89428282

Yandex