Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Abdurauf Fitrat (1886-1938)

20.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 

... Adabiyot chin ma'nosi ila o’lgan, so’ngan, qoralangan, o’chgan, majruh, yarador ko’ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg’on, o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on toza ma'rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug’ va ravshan qiladirg’on  buloq suvi bo’lg’onlig’idan bizga g’oyat kerakdir...
Cho’lpon
 
 

Abdurauf Fitrat (1886-1938) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat madaniyatimiz tarixiga shoir va nosir, dramaturg va publitsist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf, san’atshunos va jamoat arbobi sifatida kiradi.

U 1886 yili Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ilgan. Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida o‘qigan. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o‘zlashtirgan.

Adibning otasi savdo ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo‘lib, u tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning g‘azallaridan xabardor bo‘lgan.

Fitrat 1909 yili Turkiyaga o‘qishga borib, 1913 yilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko‘rgan. Turkiyada tashkil topgan «Buxoro ta’limi maorifi» uyushmasida faollik ko‘rsatgan. Uning ilk to‘plami 1911 yilda «Sayha» («Chorlov») nomi bilan chop etilgan. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda Turkiyada nashr etilgan.

1909—1913 yillarda Turkiya dorilfununida o‘qiyotganida jadidchilik g‘oyalari bilan tanishib, shu g‘oyalar bilan sug‘orilgan asarlar yozgan. U Turkiyadagi tahsili davrida o‘ziga Fitrat (zukko, dono, bilimdon) deb taxallus olgan.

Fitrat ijodi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan davrlarga to‘g‘ri keladi. U 1913 yili fors-tojik tilida yaratgan «Munozara» nomli asarida o‘z xalqini zulm botqog‘idan qutqarib, «najot yo‘li»ni izlaganligini tasvirlaydi. Bu davrda Ovro‘pa fani va madaniyatini targ‘ib qilish ham Fitrat ma’rifatparvarligining muhim yo‘nalishini tashkil etgan.

Fitrat 1917 yili fevral inqilobidan keyin «Hurriyat» gazetasini tashkil etib, unda xalqni istiqlol uchun kurashga da’vat etuvchi she’r va maqolalarini e’lon qilgan. Uning «Hurriyat» gazetasida bosilgan «Yurt qayg‘usi» nomli she’r va sochmalarida Turkistonning hurligi uchun kurashga bel bog‘lagan lirik qahramonning «Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o‘larman, ey turkning muqaddas o‘chog‘i!» degan da’vati baralla eshitiladi. Uning «Qon», «Begijon», «Temur sag‘anasi», «O‘g‘izxon», «Abo Muslim», «Hind ixtilochilari», «Chin sevish» kabi dramalarida milliy mustaqillik uchun kurash mavzui tabiiy ifodasini topgan.

1922 yili nashr etilgan «O‘zbek yosh shoirlari» to‘plamida Cho‘lpon, Elbek she’rlari bilan birga Fitratning she’riy asarlari ham ilk bor o‘zbek o‘quvchisiga havola etilgan. U mazkur to‘plamga kirgan «Mirrix yulduziga», «Behbudiyning sag‘anasini izlab», «Sharq», «Shoir» kabi she’rlarida millatparvar va vatanparvarlik pozitsiyasida qat’iy turganini yana bir bor namoyish etib, Oktyabrdan keyingi voqealarning g‘ayriinsoniy mohiyatini fosh etadi.

Shoir ijodi va dunyoqarashidagi ana shu hol keyin ham susaymay, u «Abulfayzxon», «Arslon» va «Vose’ qo‘zg‘oloni», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi dramalarini yaratdi. Uning «Qiyomat» kabi hikoyalarida diniy fanatizm ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘lgan kuch syfatida fosh etiladi.

Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan, «Adabiyot qoidalari», «Eski o‘zbek adabiyoti namunalari», «Aruz haqida» kabi ilmiy kuzatuvlari o‘zbek adabiyotshunoslik fanining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, uning Umar Hayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil haqidagi tadqiqotlari adabiyotimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat etadi.

U Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy kabi o‘ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida ham maqolalar yozgan.

Fitrat ayni paytda tashkilotchilik faoliyati bilan ham shug‘ullanib, 1921 —1923 yillarda Buxoro Xalq Jumhuriyatida maorif xalq noziri bo‘lib xizmat qilgan. 1923—1924 yillarda esa frunzechilar tomonidan quvg‘in qilingan shoir Moskvadagi Sharq tillari institutida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan.

Fitratning o‘zbek tili grammatikasiga oid darsliklari 1925-1930 yillarda besh marta chop etilgan. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun Fitratga o‘zbek olimlari orasida birinchilardan bo‘lib professor unvoni berilgan.

Fitrat 1921 yilda Sharq musiqa maktabini tashkil etib, uning birinchi direktori bo‘lgan. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda va xonandalar) bilan birga V. A. Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab «Shashmaqom» kuylarini to‘plash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitrat tashabbusi bilan Ota Jalol va ota G‘iyosdan Buxoro Shashmaqomi V. Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib nashr etildi [Shest muz?kaln?x poem (makom), Buxara M., 1924]. Fitrat «Shashmaqom», «O‘zbek musiqasi to‘g‘risida» maqolalari va «O‘zbek klassik musiqasi ham uning tarixi» (1927) risolasi bilan XX asr o‘zbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi.

Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon singari yozuvchilar bilan birga otib tashlangan.

1991 yil 25 sentyabrda Fitratga o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. Buxoro shahrida Fitrat bog‘i va uy-muzeyi tashkil etildi. Buxoroda Fitrat haykali o‘rnatilgan. Respublikadagi bir necha maktab, o‘cha va xo‘jaliklar Fitrat nomi bilan ataldi.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91241293

Yandex