OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Avar xalq maqollari (40)

Avarlar (o‘zlarini maarulal deb ataydilar) — Dog‘istonda (758 ming kishidan ziyod, 2002) va Ozarbayjonning shim. g‘arbiy qismida (51 ming kishi, 1999) yashovchi yerlik xalq. Avarlar va ularga yaqin xalqlarning umumiy soni Rossiya Federatsiyasida 814 ming kishi (2002). Umumiy soni 900 ming kishi. A. islom dinining sunniy oqimiga mansub. Avar tilida so‘zlashadi.


• Boshing yorilmasdan avval bog‘lab ol.
• Mushuklar yo‘q shiyponda sichqonlar tantana qiladi.
• Tarix qaytmaydi, pakana o‘smaydi.
• Asalari va pashsha bitta uyaga sig‘maydi.
• Tog‘ toqqa mehmonga boribdi desa ― ishon, insonning fe’li o‘zgaribdi desa ― ishonma.
• Ko‘rganing ― haqiqat, eshitganing ― yolg‘on.
• Begonaning boshiga tekkan o‘q, go‘ngtepaga sanchilgan o‘q bilan barobar.
• Bir bog‘ uzum yesang ham, bir bosh uzum yesang ham ― gunohi bitta.
• Yeyilgan va ichilgani ― o‘zimizniki, boshqasi ― begonaniki.
• Shamolsiz chalov ham qimirlamaydi.
• Go‘ngsiz va namsiz gul o‘smaydi.
• Buqa o‘lsa ― go‘sht, arava sinsa ― o‘tin.
• O‘zingning narsang yoqadi, birovning ― xotini.
• Chumchuq faqat arpa dalasi haqida o‘ylaydi.
• O‘g‘riga o‘g‘irlangan mol chaqadek tuyuladi, egasiga so‘mdek.
• Yaxshi narsaning oldida ― yomonlik, yomonlik oldida ― yaxshilik.
• Sichqonning bolasi qopni kemiradi, bo‘rining bolasi qo‘yni timdalaydi.
• O‘rdakning bolasi tuxumdaligidayoq suvni biladi.
• Qarg‘aning uyini qag‘illashidan topasan.
• Kelgindining uyi ovulning chetida.
• Go‘ng solingan dalani Xudo ham sevadi.
• Asal ham ko‘p bo‘lsa taxir bo‘lib qoladi.
• Izlagan topadi.
• So‘qmoqdan ketgan qaytmadi, katta yo‘ldan ketgan omon qaytdi.
• Ertangi qo‘ydan, bugungi quyruq afzal.
• Ko‘p yashagan emas, ko‘p ko‘rgan ko‘p biladi.
• Er yaxshi bo‘lsa, xotin ham yaxshi, xotin yaxshi bo‘lsa ― er ham.
• Har bir fir’avnga bitta Muso.
• Guvohi yo‘q narsa ― yolg‘on.
• Eshakning merosxo‘ri ― it.
• Onang maqtaganga uylanma, qo‘shnilaring hurmat qilganga uylan.
• Kechqurun uxlab, tongda tur, sa’vaning odatidan yiroq yur.
• Qozondan ― qorakuya, yomondan ― kulfat.
• Ota zirk yesa bolalarning tishi qamashadi.
• Dovyurak Hasanali shu yerda ekan, yana bitta eshakni so‘yish uchun olib kel.
• O‘tgan qaytmaydi, o‘chgan yonmaydi.
• O‘zi kichkina, jasorati katta.
• Boshqaning o‘g‘lidan o‘z qizing yaxshi.
• Omadlining eshagi ham urg‘ochi eshak kabi tug‘adi.
• Cho‘loqning soyasi ham cho‘loq.

D.Tojialiyev tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.