OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Italyan xalq maqollari (48)

Italyanlar — Italiyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 75-80 mln. kishi (2008), jumladan, AQShda (8,5-15 mln. kishi), Argentinada (1,35 mln. kishi), Fransiyada (1,1 mln. kishi) va b. mamlakatlarda ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. Italyan tilida so‘zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar.


• Agar kimdir seni o‘rinsiz maqtab, erkalatsa, u seni aldab bo‘ldi yoki endi aldaydi.
• Tuhmat ko‘mirga o‘xshaydi, yonmaydi, lekin kuydiradi.
• Jazodan so‘ng aqlli donolashadi, ahmoq tubanlashadi.
• Kiyimga qarab kutib olib, aqlga qarab kuzatadilar.
• Haqiqat xiralashishi mumkin, lekin o‘chmaydi.
• O‘zing eplay oladigan ishlaringga burnini suqaveradigan do‘stdan xudo asrasin.
• Insonning qandayligi yo‘lda va o‘yinda bilinadi.
• Yurak qancha tor bo‘lsa, til shuncha uzun bo‘ladi.
• Boylikni bexuda sarflagandan ko‘ra, boy bo‘lmagan afzal.
• Oson ishongan odam tez aldanadi.
• Ba’zida birgina bulut quyoshni to‘sib qo‘yadi.
• Odatda biz keyin ko‘p afsus chekadigan ishlar tezda ro‘y beradi.
• Turib qolgan suvda qurt paydo bo‘ladi.
• Birovning ishida har kim o‘zicha adolat qiladi.
• Tinglashdan aql, gapirishdan pushaymonlik tug‘iladi.
• Buyuk dardlar sassizdir.
• Suv yuvadi, quyosh quritadi.
• Suv toshni ham yo‘nadi.
• Suv tegirmonni ham buzadi.
• Suvni buqa kabi ich, vinoni — qirol kabi.
• Dunyoda hamma o‘z navbati bilan ketadi.
• Biz hammamiz Odam Ato va Momo Havo farzandlarimiz.
• G‘urur otda kelib, piyoda ketadi.
• Pul pulni keltiradi.
• Toza suv uchun buloqqa borish kerak.
• Uyga xafalik kirishi bilan uning to‘sinlari ham qulaydi.
• Cho‘ka boshlashing bilan suzishni o‘rganasan.
• Kiyimga qarab — sharaf.
• Aql egalari qo‘lidagi g‘iybat — qo‘rqinchli qurol.
• Chiroyli kiyim — tavsiya xati.
• Kim ko‘p tavakkal qilsa, hech narsaga erisholmaydi.
• O‘z yerida uy qurmagan sementni ham, toshni ham boy beradi.
• O‘zi ishlab topmagan asrashni ham bilmaydi.
• Dengiz suvi ko‘p bo‘lsa-da, lekin sho‘r.
• Yomon bozordan yaxshi kiyim sotib ololmaysan.
• Yong‘in paytida suvning farqi yo‘q.
• Oy ostidagi hech narsa yangi emas.
• Qattiq chanqasang har qanday suvni ichasan.
• Itni erkalatsang kiyimingni kir qiladi.
• Oqar suv doimo turgan suvdan afzal.
• Buzilgan kemaga shabada ham zarar.
• Baliqni ilmoqdan, ahmoqni so‘zidan tutadilar.
• Po‘lat ham sinadi, temir ham chiriydi.
• Cho‘kayotgan odam somonga ham osiladi.
• Yaxshi narsa — oz-ozdan.
• Yaxshilik — qumga bitilgan yozuv, yomonlik — toshga o‘yilgan bitik.
• Boshi yo‘qning armoni yo‘q.
• Ko‘pincha qaltis holatlarda eng muhim qarorlar qabul qilinadi.

D.Tojialiyev tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.