OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Moxandas Karamchand Gandi hikmatlari

Barcha masalalarda har qanday odamning va’dasiga ishonsa bo‘ladi, ammo pul masalasi bundan mus­tasno.

* * *

Modomiki men jamoat xizmatiga boshim bilan sho‘ng‘ib ketgan ekanman, buning sababi mening o‘zimni anglashga bo‘lgan intilishimdan iborat edi.

* * *

Bolalar orasida bo‘lganimda o‘zimni dunyodagi eng baxtli odam deb bilaman.

* * *

Nafratsiz biron narsadan voz kechish uzoqqa bormaydi.

* * *

Bizning nafsimiz shunchalik kuchliki, uni ham ichkaridan, ham tashqaridan qat’iy qoidalarga solgan taqdirdagina tiyish mumkin.

* * *

Aql har qanday hissiylik sarchashmalarida joylashgan bo‘ladi.

* * *

Qandaydir sitam yetsa, bu bizning gunohlarimiz uchun berilgan jazo ekani haqidagi fikr meni g‘a­zabga minishdan saqlab turardi.

* * *

Hayot ipining uchi Xudoning qo‘lida ekan, nima uchun bu hayotni Unga ishonmaslik kerak.

* * *

Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish... Ruhni rivojlantirish – fe’l-atvorini shakllantirish demakdir.

* * *

Odam tayyorgarlikni hayotining so‘nggi pog‘onasiga tashlab qo‘yar ekan, u o‘zini o‘zi anglash darajasiga yetmaydi, balki shunday bir keksalikka yetishadiki, bu keksalik ikkinchi, ammo endi achinarli bir bolalik bilan teng bo‘lib, u atrofdagilar uchun malollik keltirishdan boshqa narsaga arzimaydi.

* * *

Agar yolg‘onchi bo‘lganimda, bolalarni to‘g‘ri gapirishga o‘rgatishdagi barcha urinishlarim zoe ketgan bo‘lardi. Men o‘zim bilan yonma-yon yashayotgan o‘g‘il va qizlar uchun har doim jonli misol bo‘lishim kerakligini tushunib yetdim.

* * *

Haqiqat yo‘lida, tabiiyki, g‘azab, xudbinlik, naf­rat kabi narsalar g‘oyib bo‘ladi. Aks holda unga erishishning iloji bo‘­l­maydi.

Ruschadan Abdulatif Abdullayev tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.