OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Horgiy

HORGIY (GORGIY)
(Miloddan avvalgi 483
(taxminan) -375 yillar)


Yunonistonlik faylasuf, notiq Horgiy Sitsiliyadagi Leontin shahrida tug‘ilgan. U faylasuf Empedoklning shogirdi. 427 yildan boshlab Afina shahrida yashagan. Horgiyning quyidagi asarlari ma’lum: «Yelenaga maqtovlar» (ma’ruza), «Tabiat to‘g‘risida», «Palamedni yoqlab...»


* * *
Dori-darmon jismimizga qanday ta’sir o‘tkazsa, so‘z ham ruhimizga shunday ta’sir etadi. Dorilarning ba’zisi tanadagi turli xiltlarni haydasa, boshqalari goho o‘limga sabab bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash ba’zi bir notiqlar tinglovchilarni qayg‘uga botirsa, boshqalari ularga huzur-halovat, ko‘tarinkilik baxsh etadilar. Ayrim notiqlar esa insonlar qalbiga qutqu solsalar, yana birovlari tinglovchilarda mardonavorlikni jo‘sh urdiradilar. Boshqa bir toifa notiqlar yovuz so‘zlari bilan tinglovchilarni rom etib, qalblarni zaharlaydilar.

* * *
San’at odamlarni boshqa hunarlardan ko‘ra ko‘proq ishontiradi. San’at majburlash orqali emas, balki ixtiyoriy ravishda hammani o‘z quliga aylantiradi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.