OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Maqtovlarga munosabat

Maqtovlar ham misoli zardek noyob bo‘lsagina qadrli.
B. JONSON

Maqtov doim oqilonalikdir.
F. M. DOSTOYEVSKIY

Maqtashga arzirli odamlarning maqtovigina yoqimlidir.
GNEY NEVIY

Sendan hech qanday muruvvat ko‘rmagan kishininggina maqtovi eng durust maqtovdir.
ABUL FAROJ

Muttahamning    maqtoviga uchishdan ham ortiqroq xunuk ish yo‘q.
R. SHUMAN

Bama’ni maqtov gapirgani ham, maqtalganni ham yerga uradi.
F.GRIMM

Yaramas shaxsni maqtash bilan maqtaluvchining obro‘yi oshmaydi, maqtaganning yuzi qora bo‘ladi.
P. A. VYAZEMSKIY

Kimki seni maqtasa, shu rostligini bilish uchun o‘zingni tekshirib ko‘r
KATON

Agar maqtovni noloyik deb topsang, bilginki, bu xushomad.
DEMOKRIT

Seni maqtasalar, tananga yaxshilab o‘ylab ko‘r, o‘zing shunga loyiqmisan, loyiq bo‘lsang, bilginki, seni kalaka qilishgan.
F. CHESTERFILD

Omadli odam shaxsiy fazilatlarim uchun meni yaxshi ko‘radilar, deya hech qachon o‘ylamasligi kerak.
LUKAN

Me’yorsiz    maqtov – yomon maqtov: kishini ko‘tar-ko‘tar gaplar emas, dalillar maqtashi kerak.    
J. LABRUYER

Bama’ni odam vaqt o‘tishi bilan maqtov va har turli izzatlarga deyarli har doim befarq bo‘lib qoladi.
J. LEOPARDI

G’oyat irodasiz va g‘oyat kaltafahm odamgina o‘zi sazovor bo‘magan maqtovlardan huzurlanishi mumkin.
A. SMIT

Biz hayotdagi yutuqlarimizga qanchalik ikkilansak, maqtovlar va dovruqlarga shu qadar orzumand bo‘lamiz.
A. BERGSON

Foydali tanbehni soxta maqtovdan a’lo ko‘radigan aqlli kishilar barmoq bilan sanoqlidir.
F. LAROSHFUKO

Ahmoqning tanbehi ham — maqtovdek gap.
SENEKA

O’zimizda yetishmaydigan fazilatlarga taalluqli maqtovlar doimo bizga yoqadi. Ahmoqqa aqllisan, aldoqchiga do‘nyodagi eng rostgo‘y odamsan, deb ko‘ring, u darhol sizga quchoq ochadi.
G. FILDING

Ahmoq bizni maqtashi bilan u darrov ko‘zimizga bama’ni bo‘lib ko‘rinadi.
F. LAROSHFUKO

Biz halol maqtovlarni e’tiborsiz qabul etamizda, qilmagan ishlarimizni maqtaganlarida esa buni o‘zimiz bilib tursak ham minnatdor bo‘lib tinglaymiz.

O.GOLDSMIT

Ayrim hollarda bizga g‘irt yolg‘onligi ma’lum maqtovlar ham yoqaveradi.
L. VOVENARG

Xushomad — soxta chaqa bo‘lib, manmanligimiz tufayligina mUomalada yuradi.
F. LAROSHFUKO

Agar biz o‘zimizga-o‘zimiz xUshomad qilmaganimizda birovning xUshomadidan bUzilmasdik.
F. LAROSHFUKO

XUshomadga o‘ch odamning tengi xUshomadgo‘y.
V. SHEKSPIR

Ortiqcha maqtovni men og‘u deb bilaman.
I. A. KRILOV

Maqtov yoqqan odamni o‘ buzadi.
J. J. RUSSO

X,azilga yo‘yib ham yolg‘on gapirish, maqtash kerak emas. Sen haqingda istagan odam nima o‘ylasa-o‘ylayversin, sen qanday bo‘lsang, o‘shandayligingcha qolaver.
V. G. BELINSKIY

Sizni maqtab, o‘zgalarni yomonlaganning so‘zini hech tinglamang.
L. TOLSTOY


Kimki tabiatan qo‘rqoq bo‘lsa, o‘zi biror-bir jasrrat ko‘rsatishi u yoqda tursin, hatto o‘rtoqlarini ham vahimaga soladi.
TOMAS MOR

Biznyng mamlakatimizda qo‘rqoq nafratga loyiq maxluqdir... Qo‘rqoq — bugungi sotqin na so‘zsiz, kurashda ham xoindir.
N. A. OSTROVSKIY

Bir marta qo‘rqoqlik qilgan odam kelasi safar ham shunday qiladi.
J. GOLSUORSI

Qo‘rqoqlik hech qachon axloqiy bo‘lolmaydi.
M. GANDI

Qo‘rqoqlik — rahmsizlikning boshi.
M. MONTEN

Rahmsizlik hamisha ojizlik, qo‘rqoqlik, vahimadan kelib chiqadi.
K. GELVETSIY

Qo‘rqoqlik kuchaysa qattiq -qo‘llikka o‘tadi.
G. IBSEN

Odamlarni qo‘rqitishni istaganlar ayni paytda o‘z qo‘rqoqliklarini namoyon etadilar.
R. EMERSON

Nafrat — qo‘rqoqning qo‘rqib ketganidan paydo bo‘lgan o‘chi.
B. SHOU

Qo‘rqoq xavf o‘tgandan keyingina do‘q-po‘pisa qiladi.
I. GYOTE

Qo‘rqoqlik va hadik tufayli ortga chekinish hanuzgacha mohirona uddaburonlik hisoblanyb kelmoqda.
O. BALZAK

Odam o‘z qilmishiii oqlash uchun bir sababdai boshqa har qanday sababni topadi, o‘z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o‘z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat qo‘rqoqligini o‘ylamaydi.
V. SHOU

O’ziga-o‘zi achinish jur’atsizlikning eng pastkash ko‘rinishir.
MARK AVRELIY

Jur’atsizlik bizda faqat nafrat uyg‘otadi.
F. SHILLER

Erkak kishining barcha sa’yi harakati mardlarcha bo‘lishi kerak.
A. KAZBEGI

Xotinchalish erkak inson zoti uchun mudhish dogdir.
V. G. BELINSKIY

Qo‘rquvni yengish — odamning epg birinchi vazifasi. Uning tizzalari qaltirab tursa, harakatlari qullarcha davom etaveradi.
 T. KARLEYL

Qo‘rquv aqllilarni tentak, kuchlilarni ojiz qiladi.
F. KUPER

Qo‘rquv tilyoglamalikni keltirib chiqaradi.
DEMOKRIT

Qo‘rqoqni har qanday firibgar ham xo‘rlaydi.
P. BOMARSHE

Qo‘rquvga qul bo‘lish — eng yomon qullik.
B. SHOU

Odamning odamligi qo‘rquvni qay daraja yengishida bilinadi.
T. KARLEYL

Qo‘rqmay yashash kerak. Qo‘rqoqqa doim qo‘sha ko‘rinadi,mard odamga esa har qanday og‘ir ish ham oson tuyuladi.
F. V. GLADKOV

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.