OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Me’yorning foydasi haqida

Uzoq yashashning birdan-bir siri umrni qisqartirmaslikda.
E. FEYXTERSLEVEN

Uzoq yashamoqchi bo‘lsang, kam-roq ovqatlan.
B. FRANKLIN

Taomning eng yaxshi qaylasi — nafsni tiyish.
SUQROT

Og‘zingni ehtiyot qil: hamma kasallik og‘iz orqali o‘tadi. Shunday qilginki, ovqatdan keyin ham ishtahang qarnay bo‘lsin.
L. N. TOLSTOY

Agar me’yoridan chiqib ketilsa, to‘qlikning ham, ochlikning ham, boshqa narsalarning ham xosiyati bo‘lmaydi.
GIPPOKRAT

Nafsini tiya olmaydiganlar, taom, sharob va sevgi lazzati-ni totishda me’yorni bilmaydiganlarning huzur-halovati ko‘pga bormaydi, ular faqat yeyish yoki ichish paytidagina rohat qiladilar, ammo tiyila bilmaslik oqibatida tortadigan azoblari behisob va beadad bo‘ladi.
 DEMOKRIT

Agar odamlar faqat qorinlari judayam ochgan paytdagina ovqatlanishganda, shunda ham odatdagi, toza va to‘yimli taomni iste’mol qilishganda edi, ular dard nimaligini bilishmagan va o‘z tanalari bilan ruhlarini onson idora eta olgan bo‘lishardi.
L. N. TOLSTOY

Hech kim me’yoridan ortiq yeb-ichmasligi kerak.
PIFAGOR

Tush paytida kamroq ovqatlan, kechqurun esa undan ham kamroq bo‘lsin, chunki butun sog‘ligimiz oshqozonimizga bog‘liq.
M. SERVANTES

Har doim to‘yib ovqatlangandan ko‘ra ahyon-ahyon och qolgan ma’qul.
ABUL FAROJ

Ulug‘ odamlar hamisha taomda tiyinganlar.
O. BALZAK

Sihhat tilasang, ko‘p yema,
Izzat tilasang, ko‘p dema.
A. NAVOIY

Nafsni tiya bilmaslik borib-borib kishini nobud qiladi; badnafslik ertami-kechmi imoratni qulatadigan poydevor ostidagi ko‘zga ko‘rinmas suvdir.
J. BLEKKI

Hayotni saqlashi lozim bo‘lgan ovqat me’yoridan oshsa, u muqarrar o‘limga mahkum etuvchi zaharga aylanadi.
J. LABRUYER

Hazm bo‘lmagan taom uni yegan odamning o‘zini yeydi.
ABUL FAROJ

Kuchimizni qirqadigan darajada emas, balki kuchimizga kuch qo‘shadigan miqdorda yeb-ichaylik.
SITSERON

Ortiqcha suv ekinga zarar bo‘lganiday, haddan ortiq taom ham tanaga zarardir.
ABUL FAROJ

Tanang imorati dosh bera oladigan miqdorda taom tanovul et.
L. JOMIY

Stol ustidagi behisob noz-ne’matlarni ko‘rganimda ularning har birida, xuddi pistirmadagiday, bod suvchechak,isitma va yana ko‘plab kasalliklar yashirinib yotganday tuyuladi.
J. ADDISON

Bizning ozuqa moddalarimiz shifobaxga bo‘lmogi, shifobaxsh dori-darmonlarimiz esa ozuqa bo‘lmogi kerak.
GIPPOKRAT

Parhez taomlarning ta’siri davomli, dori-darmonlarning ta’siri esa o‘tkinchidir.
GIPPOKRAT

Agar ovqatga haddan tashqari ruju qilish hayvonlik bo‘lsa, taomga takabburona beparvo qarash nodonlikdir, hamma narsada bo‘lganiday o‘rtacha me’yorni saqlash kerak: berilib ham ketmang, e’tiborsiz ham qoldirmang.
I. P. PAVLOV

Iste’mol qiling, lekin suistemolga aylanmasin — donolarning taomili shu. Ortiqcha tiyinish ham, oshirib yuborish ham baxt keltirmaydi.
F. VOLTER

Me’yor — tabiatning ittifoqdoshi, sog‘liqning posbonidir. Binobarin, yeb-ichishda ham yurish-turishda ham va hatto muhabbatda ham me’yorni saqlang.

ABUL FAROJ

Buyuk, hamisha bezarar, hamisha xaloskor dori — bu oqilona, me’yori bilan lazzatlanish, xotirjamlik va badantarbiyadir.
FENELON

Mashq va me’yor hatto keksalikda ham ma’lum daraja avvalgi quvvatni saqlab qolishi mumkin.
SITSERON

Me’yor quvonchga quvonch qo‘shib,    huzur-halovatingizni oshiradi.
DEMOKRIT

Me’yorni    salomatlikning onasi deyish mumkin.
 MAKSIM VALERIY

Me’yordan oshsa har qanday faoliyat foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.
APULEY

Me’yorni bilmasang, eng yoqimli narsa ham behad yoqimsiz narsaga aylanadi.
DEMOKRIT

Lazzatlanish qancha oz bo‘lsa, shuncha shirin.
EPIKTET

Lazzat kosasini oxirigacha sipqorsak, uning tubida maydan ko‘ra quyqum ko‘pligini sezamiz.
O. BALZAK

Yaxshi, hatto eng yaxshi narsaga ham har kuni duch kelinsa, tez jonga tegadi.
G. LESSING

Hech narsa hammavaqt bir xilda yaxgai bo‘lolmaydi, chunkn o‘gaa yaxshi ham o‘zining cheksiz yaxshiligidan adoyi tamom bo‘ladi.
V. SHEKSPIR

Lazzat esda qolishi uchun uni kamaytirish kerak.
Ch. BAKSTON

Hammavaqt lazzatlanish — hech qachon lazzat olmaslik demakdir.
F. VOLTER

Borib-borib me’daga tegmaydigan lazzatning o‘zi yo‘q.
KATTA PLINIY

Oson va haddan ziyod nasib etgan lazzatu sevinchlar oxir-oqibatda o‘z nomini oqlamaydi.
M. SEVINE

Keragidan ortiq narsaga intilish — muhtojlik ketidan quvish demakdir.
PUBLILIY SIR

Ozita qanchalik qanoat qilsak, muhtojlik shunchalik kamroq tahlika soladi.
L. N. TOLSTOY

Ortiqcha narsalardan voz kechgan odam muhtojlikdan xalos ,bo‘lgan odamdir.
I. KANT

Hech narsa ortiqcha bo‘lmasin.
GALEN

Har qanday ortiqchalik illatdir.
SENEKA

Hamma narsada me’yor bo‘lishi kerak.
SOLON

Hech qanday ortiqchalikka yo‘l qo‘ymaslik, xohishini tiya bilish kerak. Aslida xohish muxabbat, ijod, uzoq umrning qudratli madadkoridir.
A. A. BOGOMOLETS

Har qanday ortiqcha narsa yo asabni, yoinki didni rasvo qiladi.
J. JUBER

Inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat kelajakda soglom bo‘lish uchungina emas, balki bugungi kunda tetik-bardam yurish uchun ham me’yorni saqlaydi.
I. KANT

Ortiqcha narsaga ruju qilish ko‘pincha zarur narsadan mahrum bo‘lishga olib keladi.
SOLON

Dono odam xohishga qarshi kurashib yurishdan ko‘ra undan voz kechish afzalligini yaxshi biladi.
F. LAROSHFUKO

Shunday bir zo‘r qoidani hamisha yoshlarga eslatib turish kerak: hech narsa ortiqcha bo‘lmasin! Zero hamma yerda o‘zni ortiqchalik va behalovatlikdan saqlash imkoniyatini topish mumkin.
Ya. KOMENSKIY

Lazzatni oshira    bilish san’ati unga nisbatan ehtiyotroq bo‘la olishdan iborat.
J. J. RUSSO

Hissiy lazzatlanish umrni qanchalik qisqartirsa, aqliy lazzatlanish uni shu qadar uzaytiradi.
P. BUAST

Eng yoqimli lazzatlanish eng kam yuz beradigan lazzatlanishdir.
DEMOKRIT

Eng ulug donolik hamma narsadan voz kechish emas, balki eng kichik, arzimas narsalardan x,am rohatlana bilishdan ibo rat.
Sh. RESKIN

Har qanday huzur-halovat — agar unda adolatsizlik va ortiqchalik bo‘lmasa, agar u tabiiy istak mahsuli bo‘lsa hamda nozikta’b inson xohishlariga mos tushsa — bu rohatdir.
 SENANKUR

Dunyodagi barcha tirik mavjudotlar ichida faqat insongina o‘ziga foydali narsani bilmaslitiga iqror bo‘lishdan uyaladi.
KATTA PLINIY

Mavjud huzur-halovatdan shunday foydalanginki, kelgusida bo‘ladigan huzur-halovatga zarari tegmasin.
SENEKA

Ko‘pchilik umrining talay qismini hayotining qolgan bo‘lagini raddibalo qilishga sarflaydi.
J. LABRUYER

Uzluksiz    ichkilykbrzlik, tizginsiz muhabbat va me’yoridan ortiq shahvoniylikdan ko‘ra qarilikni tezlashtiradigan narsa yo‘q.
ERAZM ROTTERDAMSKIY

Bir nafaslik lazzat ko‘pincha bir umrlik azob-uqubatga sabab bo‘ladi.
K. VILAND

Har qanday huzur-halovatga mayl qo‘ymaslik kerak, faqat nojo‘ya bo‘lmaganlari bundan mustasnodir.
EPIKTET

Gapirib bo‘lmaydigan huzur-halovat — halovat emas.
F. ROXAS

Oxir-oqibat tarixi chiqadigan lazzatdan nariroq yurish kerak.
SOLON

Foydasi yo‘q har qanday lazzatdan voz kechmoq lozim.
DEMOKRIT

Yoqimli narsani foydali narsa bilan omixta qilgan odam hamisha yutadi.
J.J. RUSSO

Huzur-halovatning quli bo‘lib qolgan odam tanasini ham, ruhiyatini ham majruh qiladi.
SUQROT

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.