OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Fedor Dostoevskiy. Alomat odamning tushi (hikoya)

O, barcha narsa xuddi o‘zimizdagidek, ammo hamma yerda allaqanday bayram va nihoyat erishishga muvaffaq bo‘lingan buyuk ezgu, tantama nash’asi barq urib turar edi. Latif zumrad dengiz sohilga ohista talpinib, uni yaqqol, ayon, qariyb bir ongli mehr bilan o‘pardi. Bo‘ydor, ajib daraxtlar bor ko‘rkini to‘kib turar, ularning son-sanoqsiz yaproqlari esa, ishonch bilan aytamanki, meni ma’sum, osoyishta shivirlari bilan qutlab, qandaydir muhabbat so‘zlarini izhor etmoqda edilar. Chamandagi xushbo‘y gullar alvon tovlanmoqda. Osmonda gala-gala bo‘lib uchib yurgan qushlar mendam hayiqmay, yelkam va qo‘llarimga qo‘nar, o‘ynoqi, latif qamotlari bilan meni urib-urib qo‘yar edilar. Nihoyat, men bu saodat yurtining odamlarini ko‘rib, ular bilam tanishdim. Ular huzurimga o‘zlari keldilar, atrofimki o‘rab olib, yuz-ko‘zimdan o‘pdilar. Quyosh bolalari, o‘z quyoshining bolalari, — o, ular qanday go‘zal edi! Men o‘z yerimizda inson siymosida bu qadar go‘zallikni hech qachom ko‘rgan emasmam. Ehtimolki, bolalarimizning, ularning sabiy go‘daklik yillarida bu go‘zallikning yiroq, shunda ham zaif aksini topsak ajab emas. Bu baxtiyor odamlarning ko‘zlarida nur chaqnardi. Ularning chehralarida aql-zakovat, allaqanday osudalik chulg‘ab olgan shuur barq urar, ammo bu chehralar xurram, bu odamlarning so‘zlari va ovozlarida bolalarga xos quvonch yangrar edi. O, men ularning chehralariga nigoh tashlagan ilk ondayoq hamma narsani darhol payqab oldim! Bu zamin gunohlardan pok, unda gunoh qilmagan odamlar yashar, butun bashariyatning rivoyatiga ko‘ra, bizning gunoh qilgan ajdodlarimiz yashagan jannatdagidek yashar, tafovuti shundagina ediki, bu yerning zamini bir tekisda jannat edi. Xurram qahqaha otayotgan bu odamlar atrofimda parvona bo‘lib, meni erkalatardilar, ular meni o‘z uylariga olib ketdilar, har qaysisi ham menga taskin bergisi kelardi. O, ular mendan hech narsani surishtirmas, hamma narsadan allaqachon voqifdek edilar, menga shunday tuyuldi, ular mening chehramdagi iztirobga tezroq barham berishni istar edilar.

* * *

Bilasizmi, qayta aytaman: mayli bu tush bo‘lgan bo‘lsa bo‘laqolsin! Ammo bu ma’sum va ajoyib odamlarning mehr-muhabbat tuyg‘usi qalbimda abadiy qoldi, his qilib turibmanki, ularning mehr-muhabbati hozir ham o‘sha tomondan menga hamon yog‘ilmoqda. Men ularni ko‘zim bilan ko‘rdim, ularning mavjudligini idrok etib, qanoat hosil qildim, ularni sevib qoldim, keyinchalik ular uchun dard chekdim. O, hatto o‘sha ondayoq ko‘p jihatlardan ularning dilidagini mutlaqo payqayolmasligimni darhol tushundim; mendek bir zamonaviy rus taraqqiyparvari bila turib, bizning fanimizdek fanga ega emasliklarining sababini tushunolmadi. Ammo tez orada payqadimki, ularning bilimlari bizning yerdagiga qaraganda boshqacharoq, zehn-idrokdan oziqlanar ekan, madad olar ekan, ularning havas-ishtiyoqlari ham mutlaqo boshqacha ekan. Ular hech narsa istamas, xotirjam edilar, ular hayotni biz bilib olishga intilganimizdek, idrok etishga intilmas edilar, chunki ularning hayoti to‘kis edi. Ammo ularning bilimi bizning fanimizdan ko‘ra chuqurroq va yuksakroq edi; chunki bizning fanimiz hayotning ma’nosini tushuntirish yo‘llarini qidiradi, boshqalarni yashashga o‘rgatish uchun uni idrok etishga intiladi; ular esa qanday yashashlari kerakligini fansiz ham bilardilar, men buni tushundimu ammo bilimlarini payqay olmadim. Ular menga daraxtlarini ko‘rsatishdi, ularning o‘z daraxtlariga nechog‘li mehr bilan qarashlarini ham tushunib yetolmadim: go‘yo ular o‘zlariga o‘xshagan jon egalari bilan so‘zlashayotgandek edilar. Bilasizmi, bordi-yu, ular o‘sha daraxtlar bilan so‘zlashdilar, desam ham xato bo‘lmas! Ha, bular ular bilan til topishgan, aminmanki, daraxtlar ham bularni tushunib turar edi. Ular butun tabiatga — jonivorlarga ham shunday karar, jonivorlar esa ular bilan iyib ketib, ularga oqibat ko‘rsatar edilar. Ular menga yulduzlarni ko‘rsatib, bular borasida shunday narsalarni aytdilarki, buni tushuna olmadim ammo aminmanki ular falak yulduzlari bilan nimalardir orqali muloqotda bo‘lar edilar, aqlim yetmaydi-yu, ammo qandaydir bir jonli aloqa yo‘li bilan bo‘lsa kerak. O, bu odamlar men ularni tushunib olishim uchun urinmas, ular meni busiz ham sevar edilar, ammo men esa ular meni hech qachon tushuna olmasliqlarini bilardim, shuning uchun ham ularga o‘zimizning yer haqida qariyb gapirmasdim. Men faqat ular yashayotgan zamin tuprog‘ini o‘pardim, so‘z bilan izhor qilmay ularning o‘zlarini ardoqlardim, ular buni ayon ko‘rib o‘zlarini ardoqlashimga yo‘l qo‘yar, ardoqlayotganimdan xijil bo‘lmas, chunki o‘zlari ham cheksiz mehr bilan sevar edilar. Ba’zan ularning ham menga nisbatan qanday mehr-oqibat ko‘rsatishlarini qalbimda quvonch bilan his etganda ko‘zda yosh bilan ularning oyoqlarini o‘parkanman, ular men uchun iztirob chekmas edilar. Goho men hayrat bilan o‘zimdan so‘rab qolardim: nechuk ular menlek odamni shu vaqtgacha sira ham tahqirlamaydilar. mendek bir olamning dilida biron marta ham rashk va hasad uyg‘otmaydilar! Ko‘p martalab o‘zimdan so‘radimki, menlek bir maqtanchoq va yolg‘onchi ularning xayollariga xam kelmagan bilimlar haqida nima uchun gapirib bermadim. Ularga bo‘lgan mehr-oqibatim hurmati, ularni aqalli taajublantirgim kelmadi? Ular bolalardek sho‘x va xushchaqchaq edilar. Ular o‘zlarining ajoyib o‘rmon va to‘qaylariga kechib yurar, ajoyib qo‘shiqlarnni kuylar, o‘z daraxtlarinish mevalari bo‘lgan noz-ne’matlar bilan, o‘rmonlarinint asallari va mehribon jonivorlariching suti bilan oziqlanar edilar. Oziq-ovqat va kiyim-kechak topish uchun ular uncha-munchaga mashaqqatsiz mehnat qilar edilar. Ularda ham ishq-muhabbat bor. Farzand ko‘rar edilar, ammo men ularda hech qachon vahshiyona nafs ishtiyoqini ko‘rmadim; bizning yerda esa hamma va har bir kimsa bunga giriftor, bu narsa insoniyatimizning deyarli barcha gunohlari uchun birdan bir manba bo‘lib xizmat qiladi. Bolalar tug‘ilganda, bular huzur-xalovatimizning yangi ishtirokchilari, deb quvonar edilar. Ularning orasida nizo va g‘ayirlikdan asar yo‘q, bu narsalarning nimaligini hatto bilmas ham edilar. Ularning bolalari hammaning bolasi, chunki hammalari yagona bir oilani tashkil qilar edilar. Ularda kasal degan narsa mutlaqo yo‘q, zotan o‘limgina bor; qariyalari vidolashgani to‘plangan odamlar qurshovida, jilmaygan chehra bilan ularga omonlik tilab, uyquga ketayotgandek jon berar, to‘planganlar ham ularni xushnud chehra bilan kuzatib qolar edilar. Men bu hollarda yig‘isig‘i, alam-sitamni .ko‘rmadim, aksincha, zavq-shavq, osuda, samimiy, yaqqol zavq-shavq barq urgan mehr-muhabbat hukm surar edi. Marhum zotlar bilan hatto ularning o‘limlaridan keyin ham muloqotda bo‘lar ekanlar, hayotliklaridagi inoqliqlariga o‘lim ham ayriliq sololmas ekan, deb o‘ylash mumkin edi. Ulardan mangu hayot haqida so‘rab qolsam, gapimga tushunib yetmas edilar, aftidan mangu hayotga bo‘lgan e’tiqodlari shu qadar qat’iy ediki, bu haqda ularda savol tug‘ilishi mumkin emas edi. Ularning ibodatxonalari yo‘q, ammo ularda Butun koinot bilan allaqanday muhim, jonli va uzluksiz muloqot hukm surardi. Ularda diniy e’tiqod yo‘q, yer yuzidagi huzur-halovatimiz yerdagi tabiat imkoni doirasidan chekiga yetsa, hayotlarimiz ham, o‘lganlarimiz ham Butun koinot bilan bundan ham zo‘rroq muloqotda bo‘lishga erishamiz, degan qat’iy ishonchlari bor. Bu daqiqani ular quvonch bilan kutar, ammo oshiqmas, mushtoq bo‘lmas, aksincha, uni dildan yaqin his qilar, bu hislaridan bir-birlarini voqif etar edilar. Kechqurunlari yotar oldidan ular yalpi va mahzun xonish qilishni xush ko‘rar edilar. Bu taronalarda ular intihosiga yetgan kun ato etgan barcha tuyg‘ularni izhor qilar, bu kunni muborakbod qilib, u bilan vidolashar edilar. Ular tabiatni, yeru zaminni, dengizlarni, o‘rmonlarni qutlar edilar. Ular bir-birlari haqida qo‘shiqlar to‘qishar, bir-birlarini yosh bolalardek maqtar edilar, bu eng oddiy qo‘shiqlar bo‘lib, ammo qalblardan otilib chiqib, qalblarga quyilar edi. Qo‘shiqlardagina emas, butun umrlarini bir-birlariga mehr izhor qilib o‘tkazayotgandek edilar. Bu barchaga. xos, umum ko‘pchilikka xos allaqanday bir-birini sevish tuyg‘usi edi. Ba’zi bir tantanavor va zavqbaxsh qo‘shiqlarga men mutlaqo tushunmas edim. So‘zlarini tushunsam ham hech qachon to‘la-to‘kis mazmunini idrok etolmasdim. Bunga mutlaqo aqlim yetmas, ammo qalbimni tobora mislsiz bir yo‘sinda egallab borar edi. Men ularga ko‘pincha shularning hammasini allaqachonlar oldindan his qilganman, ba’zan chidab bo‘lmas darajada g‘ussaga yetib boradigan hasrat to‘g‘diruvchi bizning yerimizdaligimizdayoq bu barcha quvonch va shon-shuhratdan bahramand bo‘lganman, men sizlarning barchalaringizni va dong-shuhratlaringizni qalbimning tushlarida, shuurimning orzularida his qilganman, yerimizda men ko‘pincha botayotgan Quyoshga qarab ko‘zyoshimni tiyolmasdim, derdim... Bizning yerimizning odamlariga bo‘lgan nafratimda hamisha hasrat sezilib turadi: nega men ulardan sevmay turib nafratlanolmayman, nega men ularni kechirolmayman, ularga bo‘lgan mehr-muhabbatimga hasrat omuxta: nega men ularni nafratlanolmay turib, sevolmayman, derdim. Ular mening so‘zlarimni tinglardilar, ammo gapirayotgan narsalarimni tasavvur qilolmayotganlarini ko‘rib turardim, lekin ularga bu haqda gapirganimdan o‘kinmasdim: bilardimki, tark etib kelganlarim haqida qanday dardu hasrat chekayotganimni to‘la-to‘kis payqab turibdilar. Ha, ular menga mehr-muhabbat barq urgan ma’sum nigoh bilan boqarkanlar, o‘z qalbim ham ularning qalblaridek ma’sum va haqqoniy bo‘lib borayotganini his etarkanman, dillaridagini tushunmayotganimga o‘kinmasdim. Zavqi-shavqimdan terimga sig‘may, un chiqarmay ular uchun iltijo qilardim.
Mayli, bu tush bo‘lsin, bularning hammasi sodir bo‘lmagan bo‘lishi mumkin emas. Bilasizmi, men sizga bir sirni aytaman; ehtimolki, bularning hammasi mutlaqo tush emasdir!

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.