OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Jenni Erpenbek. Keksalik o‘yi (hikoya)

“Endilikda qo‘llarim menga bo‘ysunmay qo‘yadi”,- deya so‘z boshlarkan, ayol go‘yo o‘zga olamga tushib qolgandek atrofga alanglay-di. U avvalgidek juda ham yosh, hali o‘ttiz bahorini qarshilamagan, nav niholdek siy-moda gavdalansada, aslida unday emas edi. “Kelasi hafta yetmish yoshga to‘laman”,-deya so‘zida davom etarkan, uning jozibali ovozi hali o‘ttiz yoshga yetib ulgurmagan ayollarning mayin ohangidek jaranglaydi. “Kelayotgan hafta umrimda birinchi bor davolanish uchun Sharqiy dengiz bo‘yiga boraman. Hayotimning unutilmas onlari bo‘lib qoladilar o‘shal damlar albat”. Go‘yo o‘ttiz yosh bo‘sag‘asidagi ayollar seviklisiga ehtiros to‘la ohangda asta shivirlagani misol. “Sharqiy dengiz sohillariga”, – dedi-yu, so‘zdan to‘xtadi butkul.
Olmoniyaning musaffo osmonini bir vaqtlar fashist degan qora bir zulmat qoplab olgani sabab, umrining ikki yilini jonajonlaridan ayriliqda o‘tkazgan bir sho‘rlik qizchaning achchiq kechinmalari bitilmish nomalarini o‘qib chiqqinumga qadar vaqt degan tutib bo‘lmas josus qaylarga ketdiykan uchib. Bir yil o‘tgach, bu olamni tark etadi qizaloq, natsistlar oldilar majburan jonini tanidan yulib. Voajab, qaerlarni makon etdi o‘shal vaqt?
Jamiki dardlarning bari inson vuju-dini mavh eta boshlarkan, yo‘rig‘iga soladi uni, tanimizga joylashib olib, o‘z izmidan yuboradi boshqa tomonga burib: sustlashti-radi, tezlashtirib yuboradilar, me’yor sarhadlarini parchalab tashlaydilar, itoatga soladi bizni. Beayov yillar-chi, jajji bolajonlarning yuzlarida bo‘lgani kabi yoshimiz o‘tgani sayin jigar rang tuslar bilan suratimizga dog‘larni sola-di. Ko‘z oldimizdagi dunyoni jimirlatib, ilk qadamlarini tashlaydilar, bizni hayratga soladilar, chunki barisi shuncha-lik osoyishta kechadiki, payqamay qolamiz, hatto sog‘lik farishtasin dard qo‘llariga boy berib qo‘yganimizni. Yillar o‘tgani sayin, asta, navqiron yigitlik chog‘ida oq qorlarni yog‘diradi ularning boshidan, ayol-larning yuzlariga esa o‘ta nozik did va yana astalik bilan soladi ajinlarni ham. Biz-chi, bariga ko‘namiz boshni egib, jim, ko‘z-larimiz oldida namoyon bo‘lgan o‘sha mayda harflar anglab bo‘lmas tus oladilar, hali keksayganimcha yo‘q-ku axir, deya xayol ummo-niga g‘arq bo‘lamiz, shu bois ham hayrat quchadi bizni. Mo‘‘jizakor yillar bizni shunchalik bezabdi. O‘ylab qolamiz, agar istasak chin qalbdan, qaytib olardi ehti-mol berganlarin tanimizdan. Shunday deya kaftlarimizni ochib, nigoh tashlaymiz ularga bir bor, qanchalik ulg‘aygan sari, shunchalik begona tus olar ular, yillar bizni qanchalik o‘z azoblari-yu, ilojsizlik qiynoqlari bilan bo‘ysundirmoq istasa, ayon, uning yaqinligidan bizni o‘shanchalik uzoqlashtiradi. Shu sabab aqlimizni hay-rat yengadi. Charchoqlar bizni holdan toy-dirsa, o‘ylarimiz oxiratga qalin do‘st tu-tinsa, tirikligimizning jamiki borini qismatimiz – keksayishga sarflaganimizni bilishni umuman istamas edik.

Nemis tilidan Furqat Soatov tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.