OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Viktor Gyugo. “Qo‘rquv” (hikoya)

Fransiyadagi siyosiy tuzumni ag‘darib, hokimiyat boshiga kelishni o‘ziga maqsad qilgan bir qancha bir-biriga qarama-qarshi guruhlar butun Parijni qamal qilgan. Kun-u tun Parij ko‘chalarida tinimsiz qurol o‘qlari izg‘ir, o‘qlar zarbiga uy devorlari bag‘ri qalqon edi. Go‘yo dod solgancha devorlar to‘kila boshlar, deraza oynalari parchalanib, go‘dakdek chinqirardi tinmay.
 Ana shunday notinch davrning kunlaridan birida jajji bir bolakay uy devorlariga biqinganicha o‘ta ehtiyotkorlik bilan ketib borar, ortiga esa matoga o‘rab qo‘yilgan nimanidir yashirganicha o‘zi bilan olib olgandi. Ko‘chaning har bir yeriga ehtiyotkorlik bilan ko‘z yugurtirarkan, shundan keyingina asta qadam tashlardi. Bu holni sinchikovlik bilan kuzatib turgan bir necha o‘spirin yoshdagi bolakaylar uni mazaxlagancha qichqira boshlashdi: “Quyonyurak!”
Shunda ikki o‘spirin bola bolakayning ikki qo‘lidan torta boshlaydi, yana biri esa uning ortidan turtgancha ko‘chaning qoq o‘rtasiga sudrab kelishadi. Bolakay tipirchilarkan:”Qo‘yib yuboringlar!”- deya qichqirardi.
-    Sen qo‘rqoqsan! Quyon yurak!, - deya bolakayni haqorat qilishadi.
Shu on kutilmaganda qaerdandir miltiqdan otilgan daydi o‘qlardan biri g‘o‘ng‘illab kelib bolakayning bog‘liq tuguniga uriladi. Tugun ichida esa nimadir tarsillab sinib ketadi.
“Nima qilib qo‘ydinglar! Endi dadamga yeyishlari uchun nima olib boraman?”, -deya ho‘ngrab yig‘lab yuboradi bolakay.
-    Dadang qaerda? - hayratda so‘rashadi bolalar.
-    Mudofaa devorlari ortida, urushda. Uyimizdagi so‘nggi ushoqqacha uning xuzuriga eltmoqchi edim.
Shu so‘zlarni achchiq o‘kingancha aytarkan, bolakay hushtak chalib daydiyotgan o‘qlar to‘foniga qaramay sochilib ketgan kartoshka va non bo‘laklarini terib oldi, so‘ng hech bir hadiksiz mudofaa devorlari ortiga, dadasining huzuriga shaxdam qadam tashlab yo‘lida davom etadi. 

Nemis tilidan Furqat Soatov tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.