OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sona Van

* * *

Bilmadim
shunchalar baxtiyor
ko‘z ochdim bugun

qarshimda 
ilohiy saralash

xohlasam yuraman
xohlasam parvoz etaman.
Yer yengil
osmonday
ne qilay axir?

Qayga
qadam uray
bunday kezlarda?

Jimgina 
sunasan
ko‘rsatkich barmog‘ing
peshonadan
burunga qadar.

lablarim ranglarida
hayqirding
ko‘rgan kabi 
ilk bor so‘qirni,

samoday begardsan
eh, axir!

Xush qadamli
har bitta kunlar
olis jannat go‘shalarimi?

Filmdagi
naslsiz
farishta monand
elkalarim silab qo‘ygancha
ko‘kka tikildim.

Yer yengil
havoday toza,

istasam
parvoz etaman...

* * *


Men bu kuyni
sho‘x qarshilayman
qaysiki tug‘ilar
takror gunohimning
ohanglaridan
ko‘hlikkina
kuyning ohangi
oyoqlarim
(raqsga tushmagan)
raqs haqda xayol suraman
orqamdan ergashar
yana kimlardir.
Men bu kuyni 
yaxshi ko‘raman
qaysiki
gunohlarim takror
ohangining
hosilasi u


* * *

Oynadan
qo‘limni chiqarsam
oppoq qorning 
oq ninalari
kaftlarimga mas’um to‘kilar
eskigan tojning
tikani ular.

Bugun sen tug‘ilgan kun,
Biz qorgan 
xamirda
lovullab yonadi
ikki mingta sham
sen esa yo‘qsan.

O‘z tojini
beg‘am maydalab
sepib qo‘ygan yerning ustiga.

Mana mening qo‘lim
erga tush
egil kaftlarimga.

Men senga yetaman
otam
sening nozik siymongni
ohistalik bilan
olib
qo‘ygan kabi 
archa ustiga.

Onamning barmoqlari
yondirar 
ikki ming shamni,

so‘nggi bor 
qo‘limni uzatdim 
oynadan,

xohlasang
kel
egil kaftlarimga. 

Rus tilidan Go‘zal Begim tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.