OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abul Husayn (1896-1938)

Abul Husayn (1896-1938) - bengal shoiri va youvchisi. Birinchi Bengal modernist shoiri.


O’YLARIM


Javonga qo‘yganing kitoblar misol
Mehr bilan asta changlarin artib
Hurkak xayollarga berolsam tartib
Yo harir kuylaging osib oftobga
Hech kimga ko‘rsatmay quritganing on
Va avaylab uni taxlagansimon

Koshki o‘ylarimni jonli etolsam
Tuvakda o‘stirgan gullaring kabi
Gurkirab, barq urib suv emsa tabiiy
Quyosh nurlariga tutolsam 

Xatarsiz boshpana berolsam shoyad
Burgutu kalxatning changalidan bot
Murg‘ak jo‘jalaring etganday ozod

Shaklu shamoyilin o‘zgartsam qani
Xuddi nozikkina barmoqchalaring
Yung koptokchasini chuvalagani     
Misoli ignang-la to‘qigan issiq
Kuylakcha, kamzulu paypoq bejirim
Xuddi ipak qurtday qiynalmasdan, jim
Barglar, gulg‘unchalar, o‘rmalovchi jon
Tikkanday kuylagu ro‘molga jonon 
Mayin ipaklardan - qizil, ko‘k, sariq 

Koshki o‘ylarim-la 
shunday qilolsam.

A'zam Obidov tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.