OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Xala (I-II asrlar)

“Yetti yuz she’r” kitobidan

* * *

Qop-qora kechada zangori qabo
Ostidan oq ko’ksing porladi nogog,
Bulutlar qo’ynidan yalt etib go’yo
Ko’ringandek bo’ldi oltin yuzli moh.

* * *

G’amlar aro,tashvish,quvonchlar aro
Odamlar qariydi,sevgi qarimas:
Oshiq o’lgandayam bo’lmagay fano,
Tirigida o’lik - qaysi dil sevmas.

* * *

Men ishqimni yashirar edim
Qo’ldan kelsa… Ammo,netay man:
Gulga kirgan daraxtdek endi
Men baxtimni yashirolmayman.

Xurshid Davron tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.