OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kurt Folch (1970)

Kurt Folch (1970 yili tug'ilgan) - ispan shoiri. Chilining Valparaiso shahrida tug'ilgan. Chili universitetida ta'lim olgan.
Premio Municipal de Poesía 2003 tanlovi g'olibi. 


TONG

Yorug‘lik. G’ubor
oqayotib
sayraydi

xiralik; dengiz o‘tlari
quyoshning burchaklarida

deraza rahlaridan o‘tib
etib kelar u
sochlaringgacha

hasharotlar ini
to‘zib ketadi
bolishnnig ustida.

DEYARLI UNUMSIZ TUPROQ

So‘ngsiz yozning naq o‘rtasida
devorning soyasiga
mixlandi. So‘ngra 
kirib keldi jimjitlik
avval og‘izga, 
keyin quloqqa. 
shunday davom etdi
kunba-kun

lojuvard osmonning 
ostida
bitta tomchisisiz
shamolning. 

OSHIQ-MA’SHUQ

Qurbonlikka so‘yilgan hayvon.

Aniq, havo qo‘ng‘irog‘i
jarangladi (tong shamoli qo‘zg‘atdi) – tavakkaliga
qaydlarini kengaytirib (ruh shaharning)
tokzorlar ostida

xotimadan oldin kelar makonda
halokatga uchragan saraton - :

Tushkunlik

    qon chuqur jomlarga to‘ladi
oqib tushaverar yonidan.

Yuz 

    boshqalardan ayri yuvilgan
    ham qaytarib olingan keyin

muloyimgina     

    nurning ko‘lmaklari o‘ralar
    limon shoxlarining oralig‘ida

xuddi yaralmishday.


Ergashgan bir odatiy izdir:
burda-burda qiling, ajrating, so‘ng yeng.
Qolgan-qutganlari itlarning rizqi.

A'zam Obidov tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.