OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Leon Filipe (1884-1968)

Shekspir asarlarining tarjimoni, shoir. Uning 1920 yilda chop etilgan birinchi kitobi “Sayyohning she’rlari va o‘tinchlari” deb nomlangan. Mamlakatda Respublikachilar inqirozga yuz tutgach, uning iztiroblarga to‘la “Bolta” hamda “Ado bo‘lgan ispan yig‘isi” kitoblari o‘quvchilarga havola etilgan. Mamlakatni tark etgan shoir umrining oxirigacha Meksikada muhojirlikda yashab ijod etgan. Uning otashin ijodi Meksika milliy adabiyoti mukofotiga sazovor bo‘lgan.

* * *

Tulporingu uy-u yarog‘ing
molu mulking buyursin, og‘a!
Hech vaqosiz ko‘chada qoldim
otameros qo‘shig‘im bilan...

Qishning qora kunida quvding...
men-ku, ketsam ketarman badar.
Sen qo‘shiqsiz qolarsan mangu!

Tulporga jim urasan jabduq,
gulxanga jim boqasan qanday?
Yoki qanday charxlaysan o‘roq...
Qo‘shiqni ham men olib ketsam.

Ruschadan O‘ktam Mirzayor tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.