OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Maris Chaklays (1940-2003)

http://ziyouz.com/images/poets/maris_chaklays.jpgLatviyalik shoir, yozuvchi va jurnalist. 
Maris Chaklays ((Māris Čaklais) ) 1940 yilda Saldusda tug'ildi. 1964 yili Latviya davlat universitetyining jurnalistika fakultetini tamomladi.
Literat?ra un M?ksla va K?rogs jurnallarida muharrirlik qildi. "Ozod Yevropa Radiosi"ga dasturlar tayyorladi. 
2000 yili Uch Yulduz ordeni bilan taqdirlandi. Uning birinchi she’riy kitobi 1965 yilda nashr etilgan.
Shoirning  bolalarga atalgan kitoblaridan biri Xurshid Davron tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinib,Toshkentda nasr etilgan.

 

* * *

Uch yarim milliardmiz
Yer sharida,
Quyosh ostida.
Shulardan bor-yo'g'i
Bir yarim millioni
Biz latishlarmiz.
Bu d?ngiz uchun bir tomchi, xolos.
D?ngiz tomchisining quyosh haqida
Qo'shig'i bo'lishi mumkinmi, axir?
Va l?kin bari bir
Yer sharida,
Quyosh ostida
Bir Vatan bor
Latviya d?gan.
Yer sharida,
Quyosh ostida
Xalq bordir
Latishlar d?gan,
Yer sharida,
Quyosh ostida
Bu xalqning qo'shig'I bor
Quyosh haqida:
'Uyg'on, quyosh, tongda uyg'on,
Qora shomda botgin, quyosh.
Togda bizni bag'ringga bos,
Shomda esa vidolash'.


HAR SUBHI SAHAR

Har tong,har subhidam chog'
Qiynaladi mudroq bog'.
Bog' qo'ynidan qag'illab
Uchar to'p-to'p qarg'alar.
Uchib olisga ketar,
Bir pasda ko'zdan yitar.

Tun sharpasi,sen ham ket -
Uyg'onsin uxlab yotgan
Inson bolasi bu chog'.
Uyg'on,ey mudroq inson,
Yorug' yashil qo'shiq'in
Senga in'om etar bog'.


VAZIYAT

O'zi yo'q tokchamda turgan kitobsan,
Sen hali hech kim uxlamagan
Ertangi tundagi sehrli tushsan.

Seni o'ylab topmagan bo'lsam -
Omadsizligim,
Nochudligim,
Yo bahoriy zaifligim boisi emas -
Ko'zlaringga duch kelmagan bo'lsam.

Gap shundaki,xuddi men kabi
Sen ham oldingi hayotingda
Ishlaringni poyoniga yetkazmagansan.

Bir-birimizni izlash endi  befoyda -
Muhlat yetdi,
Ketmog'imiz shart.

 

KUZNI O`YLA

Yozni o`yla…
M a r i s  Ch a k l a y s

Kuzni o`yla,
Qor k?tishi bilan kuzni o`yla…
Kuzni o`yla,
~ildiragi loyga botib qolgan aravani
Tortolmayotgan otni ayamay qamchilab,
Kuzni o`yla,
B?shavqat kuzni o`yla,
Usti ochilib qolgan bolalaringni
Ko`rpa bilan o`rab qo`ya turib,
Kuzni o`yla…
Kuzni o`yla, tashnalikdan
Bahor yom`irlari aro lablaring yorilib k?tganda,
Saraton oftobi ti`ida
M?hnat qoraytirgan bolalarning
Ko`zlariga qarolmasdan kuzni o`yla.
Ikki tol ovuta olmayotgan
B?lanchakdagi bolaning bo``ilib yi`lashi,
Kun issi`ida ko`ksida suti qurib qolgan ayolning
Iztirobi aro kuzni o`yla,
Kuzni o`yla,
Kuzni o`yla…

1981

Xurshid Davron tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.