OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kasamanli Nusrat Yusuf o‘g‘li (1946-2003)

1946 yilda Qazax tumanida tug‘ilgan. Ozarbayjon Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Universitetda o‘qigan yillari "Boku" gazetasida muxbir bo‘lib ishlay boshlagan. O‘qishni bitirgach, 1985 yilgacha Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib ishlagan. So‘ngra "Ozarbayjonfilm" kinostudiyasining Bosh muharriri bo‘lgan.
60-yillardan adabiy faoliyati boshlangan. Bir qancha she’riy to‘plamlar va hujjatli va badiiy filmlar stsenariylari muallifidir. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining a’zosi bo‘lgan. 2003 yilda vafot etgan.


NE BILARDIK

Ne bilardik biz sevgini so‘ngini,
Ne bilardik dunyo qayga qo‘nishin.
Ne bilardik birrov kelgan sevgini —
Ikkimizning oramizda o‘lishin...

Buyuk sevgi ko‘kdan tushganda yerga,
Suyamadik yo‘limizning ustida.
Bu muhabbat sovuguncha gapirma,
Jon bermoqda qo‘limizning ustida.

Har ko‘rganda tayg‘onadi oyoqlar,
O chamanlar — bir bahorlik ahvoli.
Dudoqlarni yondirganda dudoqlar
Yuragimiz uyushadi yomoni.

Injiq shamol ko‘z ochgani qo‘ymadi,
Har istakni armonlarga ichirdik.
Qushlar keldi bayram qilib, biz faqat —
Kunimizni xazon kabi uchirdik.

Yolg‘onlarning zahri shirin tuyuldi,
Haqiqatni yashirdik har bir ishda.
Sevishganlar yo‘l oldi — ko‘ksi to‘ldi —
Biz tunlarda qolib ketdik hamisha.

Uyqu ko‘rdik... goh sarxush, shoh qo‘rqqulik,
Qumda qoldi hayotimiz sohili.
Uyqumizda qo‘llar ko‘rdik musht, yirik —
Nima ko‘rsak hijron bo‘ldi oxiri.

Ne bilardik biz sevgining so‘nggini,
Ne bilardik dunyo qayga qo‘nishin.
Ne bilardik birrov kelgan sevgini —
Ikkimizning oramizda o‘lishin...

* * *

Bilmayman qalbingdan o‘tgan sevgini,
Bir kuni tanholik siqadi oxir.
Nahotki, bilmading yaxshiligimni —
Muhabbat qarshingda turgandi axir.

Jim turgan sevgini ko‘rmadim hecham,
Yuragim borida quchoq ochib kel.
Axir, abadiymas sevgi, sevmoq ham,
Meni har zamon sev, sevaqol, sev, sev.

Xosiyat Rustamova tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.