OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Temirqul Umetaliyev (1908-1991)

OLATOG‘

O‘rgilay, Olatog‘, oltin tog‘imsan,
Otam tso‘li tekkan olma-bog‘imsan.
To‘kin dasturxonday rizqingdir butun,
Dunyoda suyanchim, boru yo‘g‘imsan!

Sen — mening suyukli diyorim-erim,
Bag‘ringga qirg‘izim to‘kkandir terin.
El ko‘chsa daraga, munis volidam
Archa beshigiga bergandir mehrin.

Olatog‘, manzilim, ona gulshanim,
Qoyalar qo‘nalg‘am, zebo maskanim.
Olatog‘, yaylovim, molimni haydab,
Esimda qo‘sh qo‘shib, ekin ekkanim.

Ko‘rkingdan o‘rgilay, ey, oltin tog‘im,
Mudom mehnat shavqi jo‘sh urgan chog‘im.
Xalqimning qalbidan alanga olgan —
So‘nish bilmas sira gulgun quchog‘ing.

Yillar ko‘z o‘ngimdan bir-bir o‘tadir,
Qalbim zeb-ko‘rkingni yonib bitadir.
O‘n ming shoir, mayli, yozsin o‘n ming yil
Bari bir yozgani kamlik etadir.

Ellarga makonsan — qondosh-qarindosh,
Kunday charaqlaysan, bir boqiy quyosh.
Tarix ham lol turar qudratimizga,
Do‘stlikning kuchiga egganicha bosh.

Borman savlatingga, ey, ishonch tog‘im!
Bag‘ringda yashasak bizlar sog‘-omon,
Yov kelmas botinib senga hech qachon!
Olatog‘!
Oltin tog‘!
Ey, asil tog‘im!

Normurod Narzullayev tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.