OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Dmitro Pavlichko (1929)

* * *

Iltimosim shu sendan — bolam, deb, chaqir meni,
Farzandin kutayotgan, mehribon, o‘zbek ona.
Brestimni asradi, asradi Kolomimni,
Sening o‘g‘ling qon to‘kib baxtim uchun mardona.

Faqat, qayta olmadi sog‘-salomat bag‘ringga,
Balki shu armon bilan ochiq ketdi ko‘zlari...
Endi dubga aylanib, u, Karpat yo‘llarida
Yaproq yozar navqiron, ichga yutib so‘zlarin.

Tegrang qurshar farzandlar — ona, ko‘ngling xushlansin:
O‘g‘illaring — jonfido, qizlaring — sohibjamol!..
Dub barglarin uchirib balki bugun xush nasim
Voroxtadan Toshkentga olib kelsa, ehtimol!

Ruschadan Muzaffar Ahmedov tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.