OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mikola Vingranovskiy (1936-2004)

* * *

Eshiting! Uyquda! Eshityapsizmi?
Kerakmas! Uyg‘otmang! Siz quloq soling!
Tik osmon — yuksaklik ko‘nglimning izmi.
Men sizni kutyapman. Keling va oling.

Lablarim, qo‘llarim, manglayim qat-qat,
Ko‘zlarim, so‘ng o‘pkam, oyoqlarimni, —
Borimni olingu... qoldiring faqat
O‘zimga: xavotir, qiynoqlarimni.

Olamga eltingiz! Keldi navbatim!
Laynerim qo‘nadi bugun subhidam...
Unga ayting: ko‘pdir ishim, xizmatim,
Uchrashuv qoladir, yana, bu gal ham.

Ayting: meni ular topishdi zo‘rg‘a...
Yetgandim... Yashirmang haqni hech qachon.
So‘ng bir gap! Yer yuzi shoirlariga
Mening ko‘zlarimni qiling armug‘on.

Bering qo‘llarimni oq kemalarga,
O‘pkamni yellarga beringiz, do‘stlar,
Lablarimni — qo‘shiq va nag‘malarga,
Oyog‘imni — o‘tga, siljisin o‘tlar.

Ish bitdi... Boring tez... Kutishar sizni..
Fikrdosh bir do‘stni yuringiz eslab...
Eshiting! Uyquda! Eshityapsizmi?
Uyquda yirtqichim! Go‘zal yirtqich qalb.

Ukrainchadan Miraziz A’zam tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.