OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"O'zbekfilm": sevimli filmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar

- Parvo qilma, bola. Bularning barisi mayda odamlar. Men bularga o'xshaguncha o'zimni osaman. Bular dunyoni pul bilan o'lchaydi. Somsa bilan o'lchaydi. Men esa dunyoni sen bilan o'lchayman, polvon!

"Dev bilan pakana" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

* * *

- Bugungi san'at eng katta biznes. Rohatoy katta sahnaga chiqishi kerakmi? Kerak! Konsertlarga chiqshi kerakmi? Kerak! Kim uni bepul chiqaradi? Puli bo'lmasa nima qilsin? Sen chiqarsang -seniki, men chiqarsam - meniki! Uniyam tushunish kerak.
Sotiboldiyev uni albatta televizorga chiqaradi. Keyin... biror kecha birga yotadi. Balki yotishga ham ulgurmas. Bundan kattarog'i ilib ketadi. Agar omadi yurishib ketsa Rohatoy bironta prokurorga ikkinchi yo uchinchi xotin bo'ladi. Tushunaman, chiroyli qiz. Sotiboldiyevga xayf.
Gapni rosti Rohatoy sanga to'g'ri kelmaydi, Polvon. Bir umr qo'riqlab, nosqovoqday belingga tugib yurolmaysan-ku! G'ijjagini sindirsan ko'ngli og'riydi. Sindirmasang, duch kelganga o'ptirishga majbur...

"Dev bilan pakana" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

* * *

"Erkaklar yo'q joyda ayollar erkakka aylanadi"

"Chayongul" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).

* * *

Odam so'yayotgan "qassob":

- Kechir. Bunaqa qarama menga. Ishim shunaqa bo'lgani bilan o'zim ko'ngilchan odamman. Sen esa birinchisi ham emassan, oxirgisi ham. Dunyoda qimor degan narsa bor ekan, hali ne-ne yigitlar senga o'xshab, "Rossiyaga ketadi". Lekin xatni bekor yozding-da. Endi seni hech kim qidirmaydi. Hech kim sendan xavotir ham olmaydi. Bardam bo'l. Meni qo'limdan keladigani bitta yaxshilik: pichoqni tortaman-u, uyog'iga o'tkazib yuboraman. Qo'rqma, qiynamayman.

"O'yin" filmidan (O'zbekiston mahsuloti). 

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.