OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

O‘zbek tilida ilk bor kitob o‘qiydigan mobil dastur taqdim etildi

Kitobim.com sayti Mustaqillik bayrami munosabati bilan Android qurilmalarida ishlovchi ilk o‘zbek tilidagi kitob o‘qiydigan dasturni taqdim etdi. Dastur orqali o‘zbek tilidagi 200 dan ortiq kitobni qulay holatda mutolaa qilish, onlayn va offlayn rejimda foydalanish imkoni mavjud.

Dasturning Kutubxona menyusida oxirgi kiritilgan kitoblar ro‘yxati keltirilgan. Alohida kitob sahifalarida annotatsiya, muallif ma’lumotlari berilgan. Janrlar bo‘limida kitoblar mazmuniga ko‘ra saralangan.

Ushbu elektron kitob o‘qish qurilmasida kitoblarni qulay o‘qish uchun quyidagi afzalliklar joriy qilingan:
- Kitob sahifalarni ohista chertish yoki yonga surish orqali tez ochish mumkin.
- Kunduzgi va tungi o‘qish funktsiyasi mavjud.
- Kitob ichidagi so‘zlardan qidirish mumkin.
- Kitob shriftini o‘zgartirish mumkin.
- Shrift o‘lchamini moslab olish mumkin.
- Matnni katta va kichiklashtirish mumkin.
- Navigatsiya orqali kitobning kerakli joyini topish mumkin.
- Mundarija orqali kitobning tegishli bo‘limlariga o‘tish mumkin.

2012 yildan beri faoliyat yuritayotgan Kitobim loyihasi o‘zbek tilida zamonaviy qurilmalar uchun elektron kitoblarni jamlash va kitobxonlarga qulay o‘qish imkoniyatini yaratishni o‘z oldiga maqsad qo‘ygan. Shuningdek, mualliflarga o‘z ijod namunalarini qonuniy asosda elektron tarzda taqdim etish evaziga ma’lum darajada moddiy manfaat olishlariga ko‘maklashish, kitobxonlarga sifatli, qulay va zamonaviy elektron kitoblarni arzon bahoda sotib olishlari uchun yordam berish ham loyiha maslaklaridandir.

Dasturni qanday o‘rnatish, foydalanish haqida loyiha saytida to‘liq tushuntirish berilgan, video ilova qilingan. Kitobim'ni Google Play Marketdan o‘rnatishingiz mumkin.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.