OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Botir Valixo‘jayev (1932-2005)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/botir_valixujayev.jpgBotir Valixo‘jayev (1932.1.4, Samarqand - 2005) — adabiyotshunos. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1982), professor (1971).

Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan (1953), shu universitetda o‘qituvchi (1956-63), fakultetdekanining o‘rinbosari (1964-69), dekan (1971-73, 1986-88), tojik tili va adabiyoti kafedrasi (1974— 85), o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi (1985 yildan) mudiri, prorektor (1990 yildan)bo‘lib ishlagan.

Botir Valixo‘jayev ilmiy ishlari adabiyot tarixi, adabiyotshunoslik, adabiy aloqalar, tasavvuf va uning namoyandalari, Samarqand adabiy va ilmiy muhiti tarixi, Ibn Sino, Nizomiy, Jomiy, Navoiy kabi olim va mumtoz shoirlarning ijodiga bag‘ishlangan.

«O‘zbekistan adabiy-tanqidiy qarashlari tarixidan» (1960), «O‘zbek epik poeziyasi tarixidan» (1974), «Navoiy ijodi — ilhom manbai» (1991), «Xoja Ahror Vali» (1993), «Xoja Ahror tarixi» (1994) kabi ilmiy asarlar va bir necha o‘quv qo‘llanmalar muallifi.

Botir Valixo‘jayev asarlari Rossiya, Afg‘oniston, Turkiya va Eronda nashr etilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.