OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Gulchehra Nurullayeva (1938)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/gulchehra_nurullayeva.jpgGulchehra Nurullayeva 1938 yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent universitetining jurnalistika bo‘limida tahsil olgan (1956—1964). «O‘zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat», 1961—1967) jurnalida ishlagan. 1967—1969 yillarda Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida o‘qigan.

Uning ijodi 60-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami «Quyosh tabassumi» (1965) nomi bilan chop etilgan. Shu kungacha o‘ndan ortiq to‘plamlari e’lon qilingan.

Gulchehra Nurullayevaning «Orzularim qoqadi qanot» (1969), «Tashnaman» (1972), «Ikkinchi bahor» (1973), «Lirika» (1975), «Bag‘ishlov» (1977), «Paxta hidi» (1981), «Nurli nuqtalar» (1986), «Muhabbatning suvrati» (1988) kitoblari chop etilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.