OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy (1845-1915)

Umrzoq Xolboy o‘g‘li Hayrat (1845—1915) ilg‘or fikrli ma’rifatparvar shoir va nozikta’b xattot. U Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yortepada kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi.

U dastlab qishloq maktabida, so‘ng To‘raqo‘rg‘on markazidagi G‘oyibnazar madrasasida tahsil ko‘rdi. U tahsil davridayoq badiiy ijodga qiziqdi, o‘zbek va fors-tojik klassiklari asarlarini qunt bilan mutolaa qildi. Xattotlik san’atining ko‘plab sirlarini o‘rgandi.

Madrasani tugatgach, To‘raqo‘rg‘on mingboshisiga mirza bo‘lib ishladi, ko‘p vaqtini kotiblik bilan o‘tkazib qishloq dehqonlariga ariza, maktub va merosnoma, kitob ko‘chirib berish hisobiga faqirona hayot kechirgan.

Yangi usul maktablari ochila boshlagach, bu maktablarda o‘qish uchun qishloqdan talabalar kela boshladi. Dunyoviy bilimlar o‘qitilayotgani uchun shoir o‘z qishlog‘idagi bolalarni o‘qishga da’vat qiladi. Hayrat do‘sti Furqat va boshqa ma’rifat tarqatuvchilar singari ilm-maorif, fan va madaniyatni ko‘plab she’rlarida targ‘ib-tashviq qiladi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.