OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ismoil To‘xtamish (1950-2015)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/ismoil_tuxtamishev.jpgIsmoil To‘xtamish 1950 yili Qamashi tumanining Arolovul qishlog‘ida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universiteti jurna-listika fakultetini tamomlagan.

«Qashqadaryo haqiqati» gazetasida musahhih, viloyat madaniyat bo‘limini rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul vazifalarida ishlagan.

Dastlabki she’ri 1976 yilda «Yosh leninchi» (hozirgi «Turkiston») gazetasida Abdulla Oripovning «oq fotihasi» bilan chop etiladi. Shundan buyon uning «Cho‘l boychechagi» (1982), «Onam tilaklari» (1983), «Dunyo ustuni» (A. Oripov so‘z boshisi, 1987), «Hayqiriq» (1990), «Senga intildim» (1992), «Dil sadolari» (1993), «Ko‘hna nasaf xayoli» (1994) kabi bir qator she’riy majmualari bosmadan chiqqan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.