OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Jo‘ra Musayev (1928-2014)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/jura_musayev.jpgMusayev Jo‘ra Azimboyevich (1928.5.12, Yangiyo‘l shahri – 2014.27.10) — genetik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akadimigi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), biologiya fanlari doktori (1973), professor (1975).

O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1948). ToshDU darvinizm va genetika kafedrasi assistenti (1952-56), dotsenti (1956-1974), tayyorlov fakulteti umumiy nazariy fanlar kafedrasi mudiri (1961-66), g‘o‘za xususiy genetikasi — problema laboratoriyasi mudiri (1974 yildan), darvinizm va genetika kafedrasi mudiri (1981—84), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti direktori (1982—84), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1984—88), Prezidiumning bosh ilmiy kotibi (1985—88), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simliklar eksperemental biologiyasi instituti g‘o‘za xususiy genetikasi laboratoriya mudiri (1989—92), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika instituti tashkilotchilaridan. Shu institut o‘simliklar genetikasi bo‘limi boshlig‘i (1992—2000), ilmiy maslahatchisi (2000 yildan). O‘zMU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti genetika va tsito-embriologiya kafedrasi mudiri (2000 yildan).

Jo‘ra Musayev g‘o‘zaning irsiy toza genetik kollektsiyasini yaratgan. Birinchi bo‘lib allotetraploid g‘o‘zalar belgi va xususiyatlarini, genlarning kombinativ ta’sirida irsiylanishi to‘g‘risidagi genetik nazariyaga asos solgan. Jo‘ra Musayev va shogirdlari g‘o‘zaning monosomik, translokatsion va tsitologik markerlangan liniyalari kollektsiyasini yaratishgan. Jo‘ra Musayevg‘o‘zaning «Gulbahor», «Navbahor», «Armug‘on» navlari mualliflaridan biri.

«El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.