OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

To‘rabek Dolimov (1936-2011)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/turabek_dolimov.jpgDolimov To‘rabek No‘monovich (1936.18.8 — Toshkent – 2011.12.10) — geolog olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1981), professor (1985) N. Dolimovning o‘g‘li.

ToshDUni tugatgan (1960). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutida aspirant (1962), ilmiy xodim (1965—83). 1973—74 yillarda O‘zbekistan Geologiya vazirligi qoshidagi O‘rta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida sho‘‘ba mudiri. 1983 yildan ToshDU geologiya fakultetida kafedra mudiri, dekan (1985-87). ToshDU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori (1987—95), O‘zMU rektori (1995 yildan) bo‘lib ishlagan.

Ilmiy ishlari burmalangan o‘lkalardagi vulkan jinslarining petrologiyasi va Tyanshanning geodinamikasiga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston «Xalq birligi» harakati raisi (1995 yildan), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995 yildan). «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.