OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qani amal?!

Katta mashaqqat bilan oliygohda o‘qishni tugatdim. Shahrimizga yaqin shifoxonalardan biriga ishga tayilandim. Ishlarim yengil. Ota-onamning oldida yashayapman. Bo‘lajak umr yo‘ldoshim uchun mahr to‘plashga qaror qildim. Onam meni bu masalada eng ko‘p tezlaydi, desam ham bo‘laveradi.

Kasbim jiddiy va tartibli shaklda ketardi. Ayniqsa, harbiy shifoxonada ishlaganim uchunmi, ancha zerikarli tuyulgan nazariy o‘qishimga solishtirganda yaxshi yutuqlarga erishdim. Shifoxonada deyarli har xil millatdagi insonlar ishlaydi. Ular bilan aloqam ish bo‘yicha. Shu shaharda yashaganim uchun ular bilan deyarli birgaman.

  «1987 yil birgina Afrika qit’asiga 3,968,100 ta xristian missioneri safarbar qilingan. 112,564,400 nusxa Injil tarqatilgan. 
Amerika xristianlashtirish tadqiqotlarining xalqaro jurnali (1987 yil, 1-son, 2-jild)

Men tarixiy joylar va bozorlarga ularning yo‘lboshchisi edim. Shuningdek, chet elliklarni dala hovlimizga ham olib borardim. Odatga ko‘ra ishchilardan birortasining muddati tugagan vaqtda xayrlashuv marosimi o‘tkazardik. Kunlardan birida britaniyalik shifokorlardan biri biz bilan ishlash muddati tugaganligi uchun o‘z shahriga ketadigan bo‘lib qoldi. Biz u bilan xayrlashuv marosimini o‘tkazish to‘g‘risida maslahatlashdik va belgilangan joy bizning dala hovlimiz bo‘ldi. Umumiy shaklda hamma narsa tayyor edi. Lekin mening fikrimni boshqa narsa chulg‘ab olgan edi. Unga nima sovg‘a qilishimni bilmasdim, har qalay men bilan uzoq vaqt birga ishladi!

Bir vaqtning o‘zida ham qimmatbaho, ham munosib sovg‘a topdim. Uning merosiy yodgorliklarni to‘plashni yaxshi ko‘rishini eshitganim uchun, unchalik qiynalmadim. Qimmatbaho yodgorlikni shundoq bersammikan, yo oldiga bir narsa qo‘shishim kerakmi, deb yurganimda, amakimning o‘g‘li otam bilan suhbatlashib o‘tirgan ekan. U: «Nima uchun unga islom to‘g‘risida biron kitob sovg‘a qilmaysan», - deb qo‘shib qo‘ydi. Merosiy yodgorlikni oldim. Lekin Alloh hech qanday kuch sarflamagan holimda ishni oson qildi. Ertasiga kitob do‘koniga gazeta-jurnallar sotib olish uchun bordim va u yerda ingliz tilida yozilgan islom to‘g‘risida bir kitobni ko‘rib qoldim. Yana amakivachchamning so‘zlari qulog‘imga eshitilgandek bo‘ldi. Ayniqsa, narxi juda arzon bo‘lganligi uchun  sotib  olishlik fikri meni qiziqtirib qo‘ydi. Kitobni oldim, sherigimiz bilan xayrlashuv marosimi kunida xuddi berkitmoqchi bo‘lgandek, kitobni merosiy yodgorliklar o‘rtasiga qo‘ydim va sovg‘ani berdim. Bu shifokor boshqalardan ko‘ra suyukli bo‘lganligi uchun xayrlashuv ta'sirli bo‘ldi.

Do‘stimiz jo‘nab ketdi. Kunlar, oylar tez o‘tdi. Uylandim. Bolali bo‘ldim. Bir kuni Britaniyadan menga xat keldi. Ingliz tilida bo‘lgaligi uchun uni sekin o‘qidim. Asosan ba'zi ma'nolarini tushundim, ba'zilarini tushunmadim. Xat biz bilan ishlab ketgan o‘sha do‘stimdan edi. Ammo birinchi o‘qiganimda biroz tushunmayroq turdim. Chunki ismini birinchi marta eshitayotgan edim: Zayfulloh... Qulog‘imga tanish. Bu uning ismi. Xatni yopib ismi Zayfulloh bo‘lgan do‘stimni eslashga urinib ko‘rdim, lekin bu ismdagi biror kishini eslolmadim. Yana xatni ochib, harflarni birma-bir ko‘zdan kechirgan holda shoshilmasdan hotirjamlik bilan ikkinchi marta o‘qiy boshladim. Bu jumlalar uning xatidan bir parcha:

«Hurmatli birodarim, assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Alloh menga islomni nasib etdi va sen orqali meni hidoyat qildi. Hecham menga bo‘lgan sadoqatingni unutmayman, doim sen uchun duo qilaman. Ketayotganimda sen menga sovg‘a qilgan kitobni eslaysanmi? Men bir kuni o‘sha kitobni o‘qidim va islom haqida ko‘proq bilishga ishtiyoqim ko‘paydi. Allohning menga qilgan tavfiqidan bo‘lsa kerak, men kitobning g‘ilofida nashr qilgan nashriyotning manzilgohini topib oldim va ularga ko‘proq kitob so‘rab xat yozdim. Ular menga so‘raganlarimni jo‘natishdi. Qalbimda islom nuri tarqaldi. Islom markaziga borib islomga kirganimni aytdim va ismimni Jondan Zayfullohga o‘zgartirdim. Chunki sen Allohdan keyin marhamat egasisan (ya'ni, minnatdorchilik bildirishga loyiqsan). Bu suratni islomga kirganligim bilinib tursin deb, senga esdalik uchun jo‘natyapman. Yaqinda haj farzini ado qilib kelish uchun Makkai-Mukarramaga borishga harakat qilyapman...

Do‘sting Zayfulloh. Xayr!»

Xatni yopib, yana tezda qaytarib ochdim va boshidan o‘qiy boshladim. Harflarning har birida samimiyatni his qilganim uchun xat menga qattiq ta'sir qildi. Besh yuz so‘m ham turmaydigan kitob bilan Alloh bir insonni hidoyat qildi. Meni ham xursandchilik, ham xafagarchilik o‘rab oldi. Alloh uni mening harakatimsiz hidoyat qilgani uchun xursand bo‘ldim va ko‘p xafa bo‘ldim. Chunki men o‘zim bilan birga bo‘lgan ishchilar haqida o‘zimga savol berdim. Shuncha vaqt qaerda edim? Ular bilan ko‘p gaplashganman, ko‘p hazillashganman. Lekin biror marta ham ularga to‘g‘ri yo‘l haqida gapirmaganman. O'ylanib qoldim... Agar har bir musulmon atrofidagi kishilarga faqat bir donadan kitob sovg‘a qilsa, nima bo‘ladi? Lekin men bir o‘qigan narsamning dahshatidan hayratda qoldim. Birgina Afrika qit'asiga qilingan yurishga qarang!

- Amerikada cherkov maqsadla-ri uchun 139 million Amerika dollari to‘plangan.

- Shu yilning o‘zida 3.968.100ta xristian missionerlari safarbar qilingan. 112.564.400 nuxsa Injil tarqatilgan.

- Xristian radio-televidenie stantsiyalarining soni 1620 taga yetgan.

Bu statistik ma'lumot aslida juda eski - Amerika xristianlashtirish tadqiqotlarining xalqaro jurnalidan olingan (1-son, 2-jild,1987 yil). Yangisiga qancha o‘zgartish kiritildi ekan-a?

O'zimga savol berdim: «Biz qaerda yuribmiz? Oilamizda, oramizda va atrofimizda qanchadan-qancha kishilar g‘aflatda! Qancha va yana qancha?! Ko‘z yoshdan keyin bo‘ladigan alam. Lekin o‘sha savol savolligicha qoldi: Qani amal??? Qani amal???

Mahmud Asror
“Odamlar orasida” gazetasida

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.