OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ozod Mo‘min Xo‘ja. Paxtakor (fantastik hikoya)

«To‘ng‘ich» — paxtakor robot. «Oq oltin» yetishtirishning butun mashaqqati uning gardanida. Bir zamonlar inson qora terga tushib, jazirama issiqda ketmon bilan, keyinroq traktor yordamida qilgan ishlarni hozir u o‘z zimmasiga olgan. Kuzda yer haydasa, erta bahor paytida qish bo‘yi dam olib yotgai tuproqii qayta yumshatadi, egat oladi. Chigit ekib, g‘o‘za nihollari nish urib chiqquncha tinib-tinchimaydi. Jajji yaproqchalar quyoshga intilishi bilanoq daladan nari ketmaydi: begona o‘tlarni yo‘qotish, sug‘orish, dori, o‘g‘it solish — hammasini o‘zi bajaradi.
Inson «To‘ng‘ich»ga hech qanday ko‘rsatma yoki buyruq bermaydi. Uning o‘z sun’iy ongi bor. Sharoitga qarab vazifalarini qoyillatib bajaravsradi. Fikr yuritish va mantiq bloklarida chegaralovchi qurilmalar yo‘q. Shuning uchun, ba’zan programmalashtirilmagan qarorlar ham qabul qila oladi. Bu hol asosan ijobiy natija berganligi sababli ham inson robotdan mamnun.
Mana, hozir ayni yig‘im-terim mavsumi. «To‘ng‘ich» yarim kecha bo‘lishiga qaramay o‘z paykali tomon yo‘l oldi. Tep-tekis asfaltda aylanayotgan g‘ildiraklari uni oliy maqsad sari olib borardi. Ammo, ushbu damda robotning sun’iy ongida insonlarga xos bo‘lgan bezovtalanish uyg‘ongandi. «To‘ng‘ich» yangi yasalgan vaqtida, faqat ko‘zda tutilgan ishlarni bajarar, hisoblab chiqilgan mantiqiy xayollarnigina surardi. Vaqt o‘tishi bilan chegaralovchi qurilmalarning yo‘qligi sababli ko‘p narsalarni mustaqil idrok eta boshladi.
Unda atrofdagi voqeliklar, turmushdagi o‘zgarishlar, odamlarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida ham fikrlar paydo bo‘lardi. Bular ishga xalaqit bermas, aksincha yordam berardi...
«To‘ng‘ich», bezovtalanishining asosiy sababi deb, bir tomondan, remont vaqtining odatdagidan ko‘proq cho‘zilgani, ikkinchidan esa «Kenja» markali yangi paxtakor robot yaratilganligi haqidagi xabarni ong kristallariga tushirib olganim, deb bildi. Birinchisi, tabiiy narsa — hayot qonunlari butun tabiatga taalluqli. Tirik mavjudotlar kabi mashinalar ham ulg‘ayadi, rivojlanadi, o‘zgaradi va nihoyat eskiradi. Odamlar buni qarish deyishadi. Ikkinchi holni nazarga olmaganda, robot uchun uncha qo‘rqinchli emas. Chunki, kerakli vaqtda tegishli bloklar almashtirilsa bo‘ldi, robot yangidek ishlayveradi. Biroq «Kenja»ning paydo bo‘lgani umuman boshqa masala. Bu voqeaning nimalarga olib borishini, faqat inson nimani buyursa o‘shani bajaradigan to‘nka-temir robotlargina anglamaydi. Unga hammasi ayon. Ayniqsa, «Kenja»ning asosiy xarakteristikalari o‘zinikidan ustunligi bu masalani yanada oydinlashtiradi. Endi «To‘ng‘ich» nari borsa bir yoki ikki mavsum xizmat qilsa kerak. Keyin... Keyin nima bo‘lardi, axlatga uloqtiriladi yoki metall sifatida eritib yuboriladi.
Ammo «To‘ng‘ich» - ongli robot. U axlatga uloqtirilishni istamaydi. Bunga hali vaqt erta. U insonga o‘z «aqli»ning hozirgi paytda qanday darajada ekanligini ko‘rsatib qo‘yishi kerak. O‘tkazilgan tajribaga ko‘ra, «Kenja» «To‘ng‘ich»ga nisbatan har gektar yerdan to‘rt tsentnerdan ko‘p paxta yetishtirgan va terimni avvalroq tugatgan ekan. Biroq, «Kenja» hali chizilgan doiradan tashqariga chiqolmaydi. Mana shu hol «To‘ng‘ich»ga qo‘l keladi. Unda rezerv kuchlar ko‘p. Masalan, ishlash tezligini oshirishi mumkin. O‘ttan mavsumda u bir oz kattaroq tezlik rejimida ishlab ko‘rgan, bundan o‘ziga hech qanday ziyon-zahmat yetganini sezgani yo‘q. Asboblar ham mo‘‘tadil holat o‘zgarganini qayd qilishmagan. Bu imkoniyatdan albatta foydalannsh kerak. Agar chegaralovchi qurilmani uzib qo‘yib, tezligini ikki barobar oshirsa, «To‘ng‘ich» bu mavsumda barcha robotlar ichida birinchi bo‘lib planni bajaradi. Ana o‘shanda robot texnikasi injenerlari nomi tillarga tushgan «To‘ng‘ich» fenomenini o‘rganishga kirishishadi. «Kenja» bilan almashtirish haqida esa gap ham bo‘lmaydi. Bir kunmas, bir kun, baribir, ma’naviy eskirganda ham, balki, uni axlatga uloqtirmay, ko‘rgazma tariqasida muzeyga qo‘yishar. Kim biladi. Harholda, yotib qolguncha otib qol, degan gap bor insonlarda.
«To‘ng‘ich» o‘z paykaliga yetib keldi-da, sun’iy ko‘zlarini paxtazorga tikdi. Qorong‘i kecha og‘ushida lo‘ppi-lo‘ppi ochilgan paxta chanoqlari oyning yorug‘ nurlarida yulduzlardek jilolanib turardi. Robot terimga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Birinchi pavbatda tezlikni chegaralovchi qurilmani uzdi. So‘ng egat boshiga kelib, o‘rgimchaksimon uzun mexanik qo‘llarini qator oralariga joylashtira boshladi. Ulardan chiqqan moslamalar g‘o‘zani o‘z quchoqlariga olib, bir tola ham paxtani qoldirmay terish imkoniyatiga ega edilar.
“Mening “qo‘llarim” ellikta egatni egallaydi. «Kenja»ning moslamalari, ma’lumotga ko‘ra, saksonta ariqni qamraydi — fikrladi u. — Bu uning ustunligi. Lekin tezligimiz bir xil. Uning paxtani parvarish qilish qobiliyati hozirgi dolzarb paytda unchalik muhim emas. Shuniig uchun, tezligimni ikki barobar oshirsam, uidan ko‘ra ko‘proq paxta terishim shubhasiz».
«To‘ng‘ich» terimni boshladi. Oppoq, momiq paxtalarning katta bunkeriga to‘kila boshlashi uniig niyatlariga umid baxsh etdi. Ha, g‘alabaga shubhalanmasa bo‘ladi. U tezligini ehtiyotlik bilan oshira boshladi. Paxtaning tushishi ko‘paydi. Mexanik va kibernetik a’zolarning ishlashi bir maromda. Hech qanday xavf yo‘q. Robot tezlikni yana ko‘paytirdi. Hammasi joyida. Faqat qaeridadir yengil tiqillash paydo bo‘ldi. Yo‘q, bu muhim emas, asosiysi paxta chala terilmasa bas. U ortida qolayotgan g‘o‘za tuplarini yoritdi. Bir misqol ham qolmayapti. Demak, ishlar zo‘r. U yana dadillik bilan tezlikni o‘zi ko‘zlagan marraga yetkazdi. «A’lo! Buni qara, robot texnikasi mutaxassislari shunday ajoyib imkoniyat mavjudligini hisobga olishmabdi. Endi, bezovtalanishga o‘rin yo‘q.
Marra «To‘ng‘ich»niki!.. Yetib ol, “Kenja”!
U katta tezlikda ishlar, unda-bunda qolib ketayotgan paxtalarni payqamasdi. Ba’zi mexanizmlari zo‘riqayotganini bildiruvchi asboblar xabarini esa g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq bosib ketardi. Olg‘a, faqat olg‘a! Hayot — iroda va aql poygasi. Bu poygada g‘olib chiqqanlarning oshig‘i olchi!..
Shu payt birdaniga robotning mexanik qo‘llari bo‘ysunmay qoldi. G‘ildiraklari ham aylanishni to‘xtatdi. U qanday hodisa ro‘y berganini darhol tushuna olmadi. Bir necha daqiqa o‘tgachgina ahvolni angladi. Angladi-yu, lekin ongi qorong‘ulikka cho‘mdi. U o‘zining turli tomonlaridan achimsiq tutun chiqayotganini sezmadi ham...

* * *

Ertasi kuni ertalab, «Paxtakor robotlar instituti»ning ilmiy xodimi o‘z laboratoriyasi boshlig‘ining xonasiga kirib keldi.
—  Tajribamiz muvaffaqiyatli yakunlandi, — dedi u, boshliqqa hisob berarkan, uning oldiga kompyuterlar tomonidan “To‘ng‘ich”ning fikrlari yozib olingan qog‘ozlarni qo‘ydi.
 Boshliq axborot bilan tanishar ekan, ilmiy xodim so‘zlarida davom etdi:
 — «To‘ng‘ich»ning butun xatti-harakatlari, fikrlari biz kutganimizdek bo‘lib chiqdi. «Kenja» haqidagi yolg‘on axborotimiz o‘z natijasini berdi. Biz bu tajribani uch nafar “To‘ng‘ich”da o‘tkazdik. Hammasida natija bir xil. Xulosa shuki, ushbu markadagi robotlarda xali ancha imkoniyatlar mavjud. Yangi “Kenja”ni yaratish uchun kuch va mablag‘larni sarflashga o‘rin yo‘q! Demak, «To‘ng‘ich» paxtakor robotlarini bir oz takomillashtirib, ularga barcha paxta maydonlarini har qanday vaziyatda ham ishonib topshirsak bo‘ladi. Buning uchun rasmiy ko‘rsatma berilsagina kifoya.
—  Yaxshi, buyruq tez orada e’lon qilinadi. Sizni muvaffaqiyat bilan tabriklayman.
Laboratoriya boshlig‘i ilmiy xodimning qo‘lini qisib qo‘ydi-da, so‘radi:
—  «To‘ng‘ich»lar qanday ahvoldalar?
—  Ularni tuzatishdan ko‘ra, axlatga uloqtirib yuborish arzonroq tushadi.
—  Mayli, shunday qila qoling!

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.