OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Said Ahmad. Belimdan yuqorisi ishlamayapti (hajviya)

Soyuzda majlis bo‘ladigan edi. Oybek bilan G’afur G’ulom uchrashib qolishdi.
— G’ofir, — dedi Oybek. — Majlisga kirasan-a? Bir ko‘p masalalar bor.
— Mazam yo‘qroq, — deb bahona qildi G’afur G’ulom.
— Iya, nima bo‘ldi, o‘rtoq?
G’afur aka chap ko‘kragini ko‘rsatib, shu yerim qattiq og‘rib turipti, dedi.
Bir ozdan keyin ikkovi yana uchrashib qolishdi.
— G’ofir, majlisga kirasan-a, bir ko‘p masalalar bor.
— Mazam yo‘q, — dedi G’ofur aka.
— Iya, nima bo‘ldi, o‘rtoq?
G’ofur aka avval qaysi ko‘kragini ko‘rsatganini unutib o‘ng ko‘kragini ko‘rsatdi.
— Shu yerim juda og‘rib turipti.
— Boya chap ko‘kragim og‘riyapti deganding. Endi o‘ng ko‘kragingni ko‘rsatyapsan. Meni laqillatyapsanmi, g‘o‘daygan?
G’afur G’ulom darrov javob qiddi:
— E, og‘ayni, umuman, belimdan yuqorisi mutlaqo ishlamay qo‘ydi.
Oybek akaning unga rahmi keldi.
— Undoq bo‘lsa darrov uyingga bor. Shofyorga aytaman, oborib qo‘yadi.
G’afur aka unga minnatdorchilik bildirib, mashinaga o‘tirdi-yu do‘sti Axmadjon zargarning to‘yiga ravona bo‘ldi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.