OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Said Ahmad. Qovun tushiray debman-ku! (hajviya)

Mirtemir domla keyingi paytlarda yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolgandilar. Tuyg‘un degan shoir vafot qilgan kuni janozaga mashinasiz boraqolay, deb ko‘chadan taksi to‘xtatdim. Qarasam, taksida domla Mirtemir bir quchoq gul ko‘tarib o‘tiriptilar. Avvaliga, kitobxonlar bilan uchrashuvdan kelyaptilar, deb o‘yladim. Ammo yonlaridagi o‘rindikda bir korobka «tort» bilan to‘rxaltada ikkita konyakni ko‘rib hayron bo‘ldim.
— Yo‘l bo‘lsin, domla? — dedim.
— Tuyg‘unnikiga. Soyuzdan telefon qilib soat ikkida Tuyg‘unnikiga keling, deyishdi. To‘yga quruq bormay, deb magazindan u-bu oldim.
— Domla, — dedim, — Tuyg‘unnikida to‘y bo‘layotgani yo‘q. Bechora bandalikni bajo keltiripti. Peshin namozida janozasi o‘qiladi.
— Iya, iya, oz bo‘lmasa qovun tushiray depman-ku. U shunday deb, shofyorning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
— Bo‘tam, orqaga qayt. Manavurlarni uyga tashlab, keyin boramiz. — So‘ng domla menga o‘girilib: — Janozadan keyin biznikiga kelamiz. Ikkovimiz manavularni ichib, Tuyg‘unning «pominka»sini o‘tkazamiz, — dedi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.