OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Said Ahmad. Tut pishig‘i (hikoya)

(«Ko‘z yoshi tomgan hikoyalar» turkumidan)


Toshkent —Namangan poezdi keldi. Provodnik ikki oyog‘ining tizzasidan bir qarich pasti kesilgan nogiron kishini to‘rtta podshipnikka o‘rnatilgan aravachasi bilan ko‘tarib tushdi. Uni shu ko‘targancha stansiyadan tashqariga, asfalt yo‘l boshlanadigan joyga chiqib vokzal chiroqlarining yorig‘i tushib turgan yerga qo‘yar ekan.
— Ana endi «Chayka»ni shaldiratib ketaverasiz, — dsb yelkasiga qoqib qo‘ydi.
Hali tong otmagan, ufq cheti endi oqarib kelayotgan mahal. Qorong‘ida aravacha ovozi asta uzoqlashib boradi.
Osmon etagi oqara boshladi. Nogiron yo‘lovchi hamon ikki taxtakach tayanchini asfaltga qadab oldinga intilyapti. G’ildirak shaldirab-qaldirab asta siljib borardi. Yo‘lovchining qo‘llari toldi shekilli, aravacha xuddi benzini tugayotgan mashinaga o‘xshab siltab-siltab arang yo‘l bosardi.
Allaqachop tong yorishib ketganiga qaramay, bir yep-gil mashina olisni yorntuvchi chprog‘ini o‘chnrmay o‘kdsk uchib kelardi. Uning o‘tkir nuridan yo‘lovchining ko‘zla-ri qamashdi. Mashina xaydovchisi uni o‘n besh metrcha oraliq qolgandagina ko‘rdi, zarb bilan tormoz berdi. U g‘iyqillab kelib yo‘lovchining aravachasiga urildi. Yo‘lovchi ag‘darilib tushdi. Aravachasi to‘nkarilib qoldi. Mashina xaydovchisi ayol kishi ekan, qilib qo‘ygan ishidan qo‘rqqanidanmi, es-xun!ini yo‘qotib qo‘yganidanmi, gandiraklab yo‘lovchining tepasiga keldi. Yonboshlab qolib, o‘zini o‘nglay olmayotgan yo‘lovchining qo‘ltig‘idan olib yerga o‘tqazib qo‘ydi. Ayoldan tamaki tutuniga qorishiq konyak isi burqsirdi. Yo‘lovchi sergaklandi.
— Hozir... xozir aravachangizni xam o‘nglab beraman, — dedi u.
Yo‘lovchi hayrat bilan, afsus-nadomatlar bilan ovoz chiqardi:
— Suxsura, senmisan?..
Ayolning aravachaga uzatgan ko‘li xavoda muallaq qoldi. Orqaga bir kadam tisarildi.
— Abdulla aka.
Ular bir-birlariga xayrat va daxshat bilan qarab turishardi.
Mashina kabinasidan erkak kishiiiig shirakayf tovushi eshitildi:
— Nima kilayapsan? O’lmagan bo‘lsa bo‘pti-da, qayt orqangga, Suka.
Suxsura dsb atalmish ayol orkasiga tisarila-tisarila mashina tomon boradi.
— Kim ekan u? - dedi talaffuzidan qaysi millatga mansub ekanini bilib bo‘lmaydigan bir oxangda.
— Bilmasam, — dedi Suxsura zarda bilan.
— Tezroq xayda. Ering soat to‘qqizda o‘tadigan Toshkent poezdida qaytadi. U kelguncha qishloqqa yetib olaylik. Meni Geldievaning uyiga tashlab o‘tarsan. Jindek mizg‘ib olmasam, bo‘lmaydi. Qachon uchrashishimizni Geldieva aytadi.
Suxsura ko‘zyoshlarini tiyolmas, unsiz yig‘lab mashinani arang boshqarib borardi.
Abdulla otliq yo‘lovchi chaqmoq urgan odamdek esankirab qoldi. Nima bo‘ldi?
Hozirgina nafasi-nafasi bilan to‘qnashgan, ovozini aniq eshitgan Suxsurani tugaida ko‘rdimi, yo u g‘oyibdan paydo bo‘ldi-yu yana g‘oyibga qaytib ketdimi?
Yo‘lovchi uzoqlashib ketayotgan mashina orqasidan hay-ronu lol qarab qoldi.
U bundan o‘n yilcha oldin raykom byurosida suyuqoyoq Geldieva degan ayolning raykom sekretarligiga o‘tayotganda ovoz bermagan Abdulla G’apporov edi. O’sha paytda G’apporov rayoi gazetasining muharriri va raykom byurosining a’zosi edi. O’shanda Geldieva uni millatchilikda ayblagan: «Erim rus bo‘lgani uchun shunday qilyapti», — deb da’vo qilgan edi.
Geldieva uni sudga bergan, sud esa «xalqlar do‘stligini tan olmagan, ayniqsa, ulug‘ rus og‘amizning tinch-totuv oilasiga rahna solmoqchi bo‘lgan» millatchi G’apporovni yetti yil qamoq jazosini o‘tashga hukm qilgan. Hukm o‘qilganda Geldieva:
— Erim ulug‘ rus xalqining vakili ekanidan faxrlanaman. Sen esa qamoq jazosini o‘tab kelganipgda xotiningni bir chulchutning qo‘ynida ko‘rasan, — dsb «bashorat» qilgan edi.
Bir vaqtlar yursa sr gursillaydigan, bilagiga kuchi sig‘magan G’apporovniig xotindan omadi kelgan edi. Ko‘rgaining ko‘zini kuydiradigan tengsiz go‘zal umr yo‘ldoshi bilan baxtisr bo‘lgan, endi esa tom ma’noda yarimta bo‘lib qolgan, raqibiga zarba berish imkoniyatidan mutlaqo mahrum bo‘lgan G’apporov qishloqda o‘zini qanday savdolar kutayotganini hali bilmasdi.
Oftob charaqlab chiqdi. G’apporov atrofga alangladi. Shundagina yo‘l chetidagi devordan shoxlari ko‘chaga oshib o‘tgan azim tup marvarid tutga ko‘zi tushdi. Har bittasi bodrokdek keladigan oppoq tutlar yer bilan bitta bo‘lib yotardi. G’apporov lagerlarda sarson-sargardon kezgan paytlarda tuitiga mahalla masjidining hovlisida o‘sgan tut kirardi. Qo‘yniga yarimta kulchani solib, shoxlarda g‘arq pishgan tutlarni nonga ko‘shib to‘yib yegan paytlarini eslardi. Endi bu damlar aslo qaytib kelmasligini o‘ylab ich-ichidan xo‘rsinib qo‘yardi.
G’apporovning lablari quruqshab, kechadan beri suv ko‘rmagan og‘zida tili aylanmasdi.
Tanu joni sog‘ odamga ikki qadam, G’apporov uchun yetib bo‘lmas olis egaik bir vaqtlar uning qo‘lida korrektor bo‘lib ishlagan Zumrad xolaning xovlisi edi. Rahbarlarning nutqlari bosiladigan kuni gazetaga ko‘pincha yarim kechasi imzo chekilardi. Shunday paytlarda G’apporov uni shu uyga mashinada opkelib ko‘yardi.
Taxta yashiklardan yasalgai darvoza biqshshdagi eshik ochilib, ko‘lida supurgi bilan bir kampir chikdi. Bu Zumrad xola edi. U xar kecha yotish oldidan supaga chodir yozib ko‘yar, ertalab to‘kilgan top-toza tutlarni tog‘oraga solib, yo‘lovchilarning og‘zi tegsin, deb yo‘l chetiga oborib ko‘yardi. Yerga to‘kilganlarini supurib tuxumi shirin bo‘ladi, deb tovuqlarga berardi.
Zumrad xola xam qarib qopti, sshi saksonni qoralab qolgandir-ov, deb ko‘nglidan o‘tkazdi G’apporov.
Zumrad xola tut to‘ldirilgan tog‘orani yo‘l chetiga olib kelarkan, besh-olti kadam narida — asfalt yo‘lning o‘rtasida o‘zini o‘nglayolmay kiynalayotgan ikki oyog‘i to‘mtoq odamni ko‘rib, unga tomon yura boshladi.
— Senga nima bo‘ldi, bolam? — dedi tspasiga kelgach. Unga yaqinlashib tikildiyu xayratdan yoqasini ushladi. — G’apporovmisan, senga nima bo‘ldi? Seni shu alpozda ko‘rmay mengina o‘lay.
Zumrad xola undan ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan, ikki nevarasini shu G’apporov Toshkentga oborib o‘qishga joylagan, har bayramda uni sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlab turadigan ajib bir mexribon inson edi.
Zumrad xola shoshib uyga kirib ketdi. Uxlab yotgan o‘g‘lini uyg‘otib chikdi. Uning o‘g‘li rayon pochtasining usti brezentlik yuk mashinasini minar, Toshkent poezdida rayon pochtasiga keladigan xatlarni, posilkalarni olib qaytardi. Navbatdagi Toshkent poezdi kelguncha mashinani hovliga kiritib, ozgina mizg‘ib olardi.
Ona-bola G’apporovning tepasiga kelishdi. O’g‘li G’apporovni bola ko‘targandek qilib bag‘riga bosib ko‘tarib oldi. Zumrad xola asfalt yo‘lda to‘nkarilib yotgan aravachani sudrab supa oldiga kelishdi. Kampir to uydan ko‘rpacha olib chiqquncha o‘g‘li G’apporovni ko‘targanicha turardi. G’apporovning tomog‘i quruqshaganidan tili gapga aylanmas, so‘z o‘rniga xirillagan xunuk ovoz chiqarardi. Kampirning o‘g‘li uni xuddi kapalakdek ehtiyot qilib ko‘rpachaga o‘tqazdi. Kampir choy damlagani kirib ketarkan o‘g‘liga:
— Oftobro‘y tarafdagi shoxni silkit. Pishgan-pishgan tutlarni patnisga terib ol, — dedi.
Bir ozdan keyin Zumrad xola qo‘lida choynak-piyola bilan chiqdi. G’apporov choy to‘la piyolani olarkan:
— Shoshilma, sal kaynog‘i tushsin, — deb ogohlantirdi.
G’ashyurov chidab turolmadi. Og‘zi kuysa ham, ikki ho‘plashda piyolani bo‘shatdi. Yana ichdi. Uch piyolani bo‘shatgandan keyin ko‘rib qolgan qovun po‘chog‘idek bo‘lib tang-layiga ilashmayotgan tili yumgaadi. Xirillashi ham bosildi.
— Rahmat, xolajon.
— Rahmat dema, bolam. Yaqin odamlarimizdan, qadrdonlarimizdan bir piyola choyni ayasak, Xudoning g‘azabiga uchramaymizmi? Bolam, endi manavi tutni yeb ol. Tut yemaganingga ham o‘p yil bo‘lib qolgandir?
G’apporov bosh qimirlatib qo‘ydi. Uning xayoli bu-tunlay boshqa yokda — ahd-paymonlarini burbod qilgap Suxsurada edi. Olis yurtlarda tushlariga kirgan tutlar shu topda yer bilan bitta bo‘lib yotardi.
Birov, falonchi o‘lsin-e desa, unaqa demang, tut pishig‘ini ko‘rib qolsin, dsyishadi.
Tut pishig‘i xosiyatli fasl. Ana ketamanmana ketaman deb, o‘limini kutib yotgan bemorlar tutga og‘izlari tegishi bilan quvvatga kirib, yurib ketadilar.
Tut pishig‘i yoz fasliga eshik ochib beradi.
— Endi qayoqqa borasan, bolam? — dsdi Zumrad xola.
— Uyga boraman, — dedi G’apporov qat’iy qilib.
— Borma, shu yerda qol. Suxsura endi senga xotinlik qilmaydi.
— Baribir uni ko‘rigaim, nega bunaqa yo‘lga kirganini bilishim kerak.
— Xotiningning husni boshiga balo bo‘ldi. Yaramas, buzuq Geldieva uni shu ko‘yga soldi. Uyingga borma, bolam, borma.
Hozir hech qanaqa gap G’apporovning kulog‘iga kirmasdi. Oxiri noiloj qolgan Zumrad xola o‘g‘liga:
— Nuriddin bolam, akangni oborib qo‘ygin, — deb buyurdi.
Mashina G’apporovning totli damlari kechgan, baxtli umrining unutilmas daqiqalariga guvoh bo‘lgan qadrdon uyi eshigi oldida to‘xtadi. Nuriddin eshikni itargan edi, ochilib ketdi. U G’apporovni ko‘tarib hovliga olib kirdi. Aravachasini tekis yerga qo‘yib, ustiga uni o‘tqazdi. Sahni yer bilan teng xonaning eshigi qulflanmagan ekan, halqasidan tortganda ochilib ketdi.
G’apporovning xushi o‘zida emasdi. Nazarida xaqikiy Suxsura chiqib bo‘yniga osplib, qayoqlarda yuribsiz deb lablarini burib, ta’na qiladigandek edi.
G’apporov atrofga alangladi. Hovli ayol kishining oyog‘i yetmagan, biron marta supurgi ko‘rmagan, fayzsiz, farishtasiz edi. Vinodan bo‘shagan shishalar, g‘ijimlab tashlangan papiros qutilari sochilib yotar, atrofida kul uyilib qolgan kabob ko‘rasi yonida ko‘mir to‘ldirilgan shlyapa. Toshkentga borishganda uni Suxsutsa sovg‘a qilgan, o‘z qo‘li bilan kiydirib qo‘ygan edi. O’choq chetidan irkit qozonsochiq osilib turibdi. Bu matbuot kuni G’apporovga redaktsiya xodimlari sovg‘a qilgan yashil galstuk.
Hovli eshigi berk paytlarda pochtachi devordan otib tashlagan xatlar sochilib yotardi. Bu qo‘lda yasagan konvertlar ichida G’apporovning olis lagerlardan yuborgan, ko‘z yoshlarga qorishiq xatlari, iztirob to‘la dardlari o‘ksib yotardi. Ularning birortasi ochilmagan. Konvertlarda oyoq izlari qolgan.
G’apporov aravachasini shildiratib xonaga kirdi. Dimog‘iga qo‘lansa konyak xidi urilib, ko‘ngli behuzur bo‘ldi.
Suxsura xonada yo‘q. Yaqinda chiqib ketgan bo‘lsa kerak, xona ichida sigareta tutunlari xali ham suzib yuribdi. Stol ustida kursi. Tepasida shiftdagi ilgakka tashlangan arqon osig‘ligicha qolgan. Demak, Suxsura o‘zini osmoqchi bo‘lgan, lekin jur’atsizlik qilib niyatidan qaytgan. Stol chetida ikki buklangan qog‘oz, unga uzuk bostirib qo‘yilgan. G’apporov uzukni olib u yoq-bu yog‘iga qaradi. Bu o‘sha — nikoh kechasi Suxsuraning barmog‘iga taqib qo‘ygan uzuk edi. G’apporov ko‘zlarini yumdi. Qulog‘iga yor-do‘stlarning chapaklari, «gorko-gorko» deb qichqirishlari eshitilib ketdi.
G’apporov qo‘llari qaltirab qog‘ozni oldi, ochdi. Xuddi hozir mo‘‘jiza ro‘y beradigandek shoshib o‘qiy boshladi:
«Abdulla aka, bu xatni ixtiyori qo‘lidan ketgan, ochiqda yurgan bir «mahbus», gunohlarga botgan Suxsura otliq Xudoning bir bandasi yozyapti. Bir vaqtlari yog‘ tomsa yadagudek bo‘lgan hovlimizni bu ahvolda ko‘rib hayron bo‘lmang. Sizni «xalq dushmani» deb olib ketganlaridan bir yil o‘tar-o‘tmay, uyimiz davlat foydasiga musodara qilingan. Sobiq hovlimizga kirmaganimga ko‘p yillar bo‘lgan. Endi bu hovlida boshimizga shu qaro kunlarni solgan Geldieva-Andreeva keldi-ketdi «mehmonlar»ni kutadi.
Bugun spzni ko‘rganimda, albatta, shu uyga kelishingizni bilardim. So‘nggi marta ko‘rib qolish uchun intiqlik bilan kutib o‘tirdim.
Birinchi may arafasida Geldieva-Andreeva nima bilandir mukofotlangan ekan. Bir hafta burun bu hovlida mukofotni yuvish marosimi bo‘lgan. Mast-alast rahbar xodimlar kommunist Geldievaning salomatligi uchun to‘yguncha ichishgan.
Boshimdan o‘tgan savdolarii aytib bermoqchi edim. Ammo ko‘zingizga qarashga dosh berolmasligimni bilib xat yozayapman. Shoshib turibman. O’lishim kerak. O’zimni osmoqchi edim. Mendek xiyonatkor xotin uchun bunaqa jazo juda jo‘n, juda oson bo‘lib tuyuldi. Men ana shuning uchun xam o‘zimga atab tikkan dorning sirtmog‘iga boshimni suqmadim. Men eng dahshatli jazoga loyiq xotinman. Bir necha daqiqadan keyin shunaqa o‘limni kidirib chiqib ketaman.
Men siz bilan baxtiyor edim. Cheksiz baxtiyor edim. Baxtimni yulib oldilar, olis yurtlarga uloqtirdilar. Men sizni jon-dilim bilan, butun vujudim bilan yaxshi ko‘rardim. Dilimni vayron qildilar. Vujudimga ega chiqib oldilar. Men ochikda yurgan bir mahbus bo‘lib qolganman. Ustimdan istaganlaricha hukm yuritaveradilar.
Endi nomim Suxsura emas, Suxsurka bo‘ldi. Bu ham yetmagandek, Suxsurka nomim qisqartirilib Suka bo‘ldi.
Bank bogaqaruvchisi Akopov astoydil yopishib oldi. U pasportimga allaqaysi ZAGSdan nikoh muhrini bostirib kepti. Beixtiyor uning xotini bo‘lib qoldim.
Geldieva-Andreeva hamon ortimdan qolmaydi. Allaqaerdan bir barzangi yuristni bogalab keldi. Shu hov-limizda, mana shu xozir men sizga xat yozayotgan joyda unga boshimdan o‘tgan savdolarni aytib berdim. U nimalarnidir yozib oldi. Keyin «eslab yuring» deb sizga yuborgan suvratimni ko‘rsatib: «Ering seni menga qimorga yutqazgan, endi bu suvrat ham seniki bo‘ldi deb, o‘z qo‘li bilan bergan», — deb aytdi. Uning vajohati yomon edi. Yonidan pichoq chiqarib, bo‘g‘zimga qadadi. «Yo meniki bo‘lasan, yo shu yerda qonga belanib o‘liging qoladi. Endi sen mening tirik mulkimsan» — deya hirs bilan bag‘riga bosa boshladi... Eshik poylab o‘tirgan Geldieva-Andreeva: «Mana, 6u boshka gap. Unga itoat qil, bo‘lmasam xolingga voy» — deb iljayib chikib ketdi.
U millatinnng xam, dinshpshg xam tayini yo‘k bir chulchut. O’g‘rilar olamida «Tarakap» nomi bilan mashhur bo‘lgan Brika degan karokchi ekan.
Aytingchi, shunaka xotin bilan yashashga rozi bo‘lasizmi? Siz rozi bo‘lsangiz xam, men rozi bo‘lmayman. Pok odamning to‘shagini nopok tanam bilan bulg‘atishga ko‘ksimda tasodifan saqlanib qolgan ignaning uchidek zarra diyonat bunga yo‘l bermaydi.
Xayr endi. Eng dahshatli, eng azobli o‘limni izlab ketdim».
G’apporovning boshi g‘uvilladi. Naxotki, Suxsura o‘zini o‘ldirgani ketdi? Orqasidan yugurib borib to‘xtatib qolishga ilgari istagan yeriga zumda oboradigan oyoqlari endi yo‘k, olis yurtlarda qolib ketgan. Inson uchun eng dahshatli fojia — bu nochorlik. Uning miyasiga kelgan o‘ylar xuddi radioto‘lkinlaridek uzluksiz almashinib turibdi. Geldieva-Andreeva xozir Suxsurani so‘roqlab keladi. U egalik kilayotgan uyda begona odam o‘tirganini ko‘rsa, shang‘illab, to‘polon qilmaydimi? Endi 6u uyda G’apporovning zarracha xaqqi yo‘q. O’z uyingga o‘zing sig‘maydigan zamonlar kelibdi. U aravachasini shaldiratib ko‘cha eshigi oldiga bordi. Ikki poya zinadan tusholmasligidan afsuslanib, birorta yo‘lovchi o‘tib qolishini kuta boshladi. G’ildiragining yeli chikib ketgan velosipedini yelkalab bir yigit kela boshladi.
— Ukam, meni shu zinadan tushirib qo‘y.
Yigit velosipedni devorga tirab oldiga keldi. G’apporovni aravachasi bilan ko‘tarib yo‘lkaga olib qo‘ydi.
Olisdan mashinalarning o‘tkir sirenalari eshitila boshladi. Birozdan keyin yig‘ma narvoni baland imoratlarning tomigacha yetadigan o‘t o‘chirish mashinasi uzluksiz qichqirib o‘tib ketdi. Undan so‘ng poezd vagonlarini ham ko‘tara oladigan ko‘tarma kran, «Tez yordam» xamda militsiya mashinalari xammayoqni shovqinga to‘ldirib o‘tib ketishdi.
Oynalari koraytirilgan bir «Pobeda» mashinasi G’apporovning shundok yonginasiga kelib to‘xtadi. Undan qora ko‘zoynak taqqan ellik yoshlardagi bir kishi tushdi. U negadir juda shoshar, atrofga tez-tez alanglab olardi. U G’apporovni azot ko‘tarib mashinaning old o‘rindig‘iga o‘tqazdi. Keyin aravachani orqa o‘rindiqqa joyladi. Shoshib mashinaga chikdiyu, motorga o‘t berdi. G’apporov uning kimligini bilmasdi. Kimligining axamiyati xam yo‘k edi. U anchagina yo‘l yurgandan keyin ovlok joyda, kalin o‘sgap butalar panasida mashinani to‘xtatib, ko‘zidan oynagini oldi.
— Endi tanidingizmi, Abdullajon? — dedi u kulimsirab.
U asli xakkulobodlik Karimjon degan, lagerlardan yetti marta qochgan, xar qo‘lga tushganda yigirma besh yil muddatga xukm kilingan, jami 175 yil muddatga kesilgan mahbus edi. Lagerlardagi zo‘ravon-blatnoylar, bir pachka maxorkaga odamni sotib yuboradigan seksotlar undan ajaldan ko‘rkkandek ko‘rqardilar.
Karimjon endi o‘ninchi siifni bitiraman deb turganda otasini «xalq dushmani» deb qamab yuboradilar. Ukalari, singillari vodiyning turli yetimxonalariga tarkalib ketadilar. Shunda o‘sha paytda kolxoz raisi bo‘lgan G’apporovning otasi shu Karimjonning boshini siladi. O’ninchini bitirayotganda ko‘ngli o‘ksimasin, deb bosh-oyok kiyintirdi. Karimjon maktabni bitirishi bazmida otasini, singillarini o‘ylab, shu himmatli, shu muruvvatli odamga qachondir bir yaxshilik qilishini diliga tugib qo‘ygandi. Vodiy yetimxonalarini kezib singillarini, ukalarini topolmagan Karimjon qaytib qishloqqa qadam izi qilmay ketdi.
Mahbuslikda yurgan G’apporovning xam, ochikda yurgan xotinining ham boshiga tushgan kulfatlarga Suxsura yuborgan suvrat sababchi bo‘lgan edi. Tarakan laqabli barzangi — ilgari militsiya tergovchisi bo‘lib, «aybi»ni bo‘yniga olmagan maxbusni urib o‘ldirib ko‘ygani uchun kamalgandi. «Brika» otlik shafqatsiz 6u odam o‘sha laqab bilan mashxur edi. Tarakan G’apporovning ko‘lidan Suxsuraning suvratini tortib olib, o‘zi yotadigan joyning devoriga yopishtirib ko‘ygandi. G’apporov Xudoning zorini qilib yolvorsa xam, bermagan. «Sen bunaqa jononga munosib emassan» deb barak eshigi oldidagi axlat bo‘chkasining yonida yotishga majbur qilgan edi.
Tasodifan lagerga Karimjon kelib qoladi. U G’apporovni ko‘rib hol-ahvol so‘raydi. G’apporov unga Tarakan azob berayotganini, xotinining suvratini olib qo‘yganini aytadi. Shunda Karimjon Tarakanning yoqasidan sudrab tashqariga olib chiqadi, axlat bo‘chkasini ko‘tarib to‘kib kelishga majbur kiladi. Suvratni undan olib, o‘zini axlat bo‘chkasining yonida yotishga majbur qiladi.
O’shanda qish juda qattiq kelgandi. Qarag‘ay kesishga olib chiqilgan mahbuslarning ko‘pi sovukdan mudrab uxlab qolishar, uyqu ichida dunyodan ko‘z yumganlarini sezmay kolishardi.
Shunday kunlarning birida G’apporov qarag‘ayga suyanib, boshiga tushgan savdolardan ezilib o‘tirardi. Ko‘zi ilingan paytda Tarakan uning oyog‘idagi piymaning qo‘njiga iliq suv kuyadi. Ko‘z ochishga madori qolmagan G’apporov iliq suvdan roxatlanib uxlab qoladi. Bir maxal qattiq oyoq og‘rig‘idan qichqirib ko‘zini ochadi. Piymaning qo‘njiga quyilgan iliq suv sovib, muzlab qolgan, ikkala oyog‘ini chidab bo‘lmas darajada qisardi. Uning alamli tovushini eshitgan mahbuslar toshga aylangan piymani yechib ololmadilar. Ikki konvoy zambilda uni zonaga olib ketadi. O’sha kuni tun yarmida jarrohlar uning oyog‘ini kesishadi.
Karimjon 6u ishlardan xabari yo‘q. U yana qochib ketgan edi.
Ko‘chadan bir yuk mashinasi gurillab o‘tib ketdi. Karimjon shoshib ko‘zoynagini taqib, o‘zini panaga oldi.
— Kayoqqa oborib qo‘yay? — dedi Karimjon. G’apporov yelka qisib qo‘ydi. — Tezroq ayting, vaqtim ziq. Men Tarakanni qidirib kelganman. Sizning o‘chingizni olishim kerak. Otangiz menga yaxshilik qilganda, qachondir uning bu yaxshiligiga yaxshilik kaytarishni dilimga tugib qo‘ygandim.
— Shoshmang, Karimjon, Tarakanning qaerdaligini men bilaman. Geldieva-Andreevaning uyida yashirinib yotibdi.
Karimjon uni Zumrad xolaning eshigi oldida tushirib, zudlik bilan orqasiga qaytib ketdi. G’apporov uni shundan keyin ko‘rmadi.
O’sha kuni Karimjondan: tutib kelishlarini bilaturib yana qochasiz, bu qochishlar joningizga tegmadimi, deganida u shunday javob qilgan edi.
— Oh, ukaginam, ozodlik, erkinlik Xudoyimning inson bolasiga atagan bir buyuk ne’mati ekanini nahotki bilmasangiz? O’sha bukj ne’mat tikanli simning naryog‘ida. U yerda havo boshqacha, shamol boshqacha, oftob boshqacha. Shu tikanli simning naryog‘iga o‘n qadamcha yurib osmonga bir qarang, mana shu o‘tirgan yeringizdan ko‘rinmagan yulduzlarni ko‘rasiz. Osmonning tiniqligini, so‘ngsizligini shu atigi o‘n qadam narida ko‘rasiz. Men bu yerda baxtsizlik, erksizlik xavosida bo‘g‘ilib ketaman. Odamlar yiliga bir marta kurortga borib keladilar. Men xam ana shu «erkinlik» deb atalgan «kurort»da dam olib kelish uchun qochaman
Uning oxirgi uchrashuvida aytgan bu gaplari erkinlik uchun, ozodlik uchun jonipi ayamaydigan insonning ich-ichidan toshib chiqqan armonli, o‘kinch to‘la faryodi bo‘lib G’apporovning xotirida qolgandi.
— Qaytib kelishingni bilardim. O’z qo‘ling bilan qurgan uyingga bir kun ham sig‘masligingni bilardim — deb G’apporovni kutib oldi Zumrad xola.
G’ashyurov qattiq charchagan, uyqusizlik uni adoyi-tamom qilgan edi. U hamma narsani unutib, mudroq bosib o‘tirardi. Kampir uni ichkariga olib kirdi. Supaga joy qilib, nevarasiga uni ko‘tartirib supaga yotqizdi. G’aiporov yotdi-yu uxlab qoldi. Uning bosh tomonida o‘tirgan Zumrad xola iyagiga kaftini tirab o‘y o‘ylardi. Ko‘zlaridan oqayotgan yeshni ham sezmasdi.
G’apporov shu uxlaganicha sahar payti Nuriddin Toshkent poezdidan pochta olib kelganda mashinasining gurillashidan uyg‘onib ketdi.
Kecha Karimjon bir gap aytgan edi: «Bilasizmi, men shuncha yil qamoqda yashab, xoinlarga ofat bo‘ldim. Uraverdim, uraverdim... Ammo qon to‘kmadim. Topib bo‘lmaydigan bo‘lib tarqab ketgan singillarim uchun, ukalarim uchun, otib o‘ldirilgan dadam uchui umrimning oxirigacha ularni jazolayman. Baribir meni yana tutishadi. Yana yigirma besh yil muddat berishadi. Bu yigirma besh yillar avvalgi yigirma besh yillar ustiga bostiriladi. Shunda to‘rt yuz yilga kesilgan bo‘laman. Xudo xohlasa, shu to‘rt yuz yilni yubiley qilaman» deb kulgan edi.
Zumrad xolaning bechorahol beva qo‘shnisi obdastada suv olib keldi.
Nuriddin bir vaqtlar u muharrir bo‘lgan rayon gazetasining bugungi sonini uzatdi.
G’apporov qo‘lidagi choy to‘la piyolani dasturxon chetiga qo‘yib, shoshib qadrdon gazetani varaqlab sahifalariga ko‘z yugurtira boshladi. To‘rtinchi sahifa tagidagi ta’ziyanomaga nogahon ko‘zi tushdi:
«Rayon banki jamoasi boshqaruv raisi kommunist Vazgen Akopovga turmush o‘rtog‘i Suxsura Akopovaning fojeona o‘limi munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor qiladi».
G’apporovning ko‘zlari tinib ketdi. Xo‘rsindi. Ichidan chiqqan qaynoq nafas bo‘g‘zini kuydirib o‘tdi. Turli azoblarni, xo‘rliklarni ko‘raverib, chidayverib pishib ketgan G’apporov bu xil zarbaga chidash bermadi. Bir qalkib oldi. Ingrab unsiz faryod urdi. Qandaydir tubsiz chukurlik ka’riga tortayotgandek edi. Shu jarlik qa’rida Suxsura unga ta’na bilan qarab turganga o‘xshayverdi.
Zumrad xolaning ovozi uni xushiga keltirdi. Kampir o‘g‘lidan rayonda nima gap, deb so‘rayotgan edi.
— Anavi o‘ris eri kochib ketgan Geldieva-Andreeva bor-ku, o‘shani Tarakan degan bosqinchi bilan ikkavining bo‘yniga kimdir bitta sirtmok solib yong‘oq shoxiga osib ketibdi.
Hech kimdan sado chiqmadi. Bu Karimjonning ishi ekani aniq edi.
— Suxsurani Qorajardan o‘t o‘chiruvchilar kran bilan opchiqishipti. Mashinasining butun joyi qolmapti. O’zi tanib bo‘lmaydigan darajada majaqlanib ketibdi.
G’apporovning ikki ko‘zi jikka yoshga to‘ldi. Yuzini teskari o‘girib oh urib yubordi.
Zumrad xola salmoqlanib gap boshladi.
— Endi gapimga quloq sol, bolam. Hadeb kuyaversang adoyi tamom bo‘lasan. Senga bir tanmaxram kerak. Bugun xotinim o‘ldi, uning tani sovumay turib menga xotin topyapsizlarmi, deb o‘ylama. U eidi o‘lgani yo‘q. O’lganiga ko‘p yillar bo‘lgan. Butun rayon xalki uni allaqachon o‘ldiga chiqarib qo‘ygan. Albatta uni yovuzlar o‘ldirishdi. Xor-zor qilishdi. Oyoqostiga olib tepkilashdi. Lekin sen yashashing kerak-ku. Shu axvolda sen kimga keraksan? Zudlik bilan boshingni ikkita qilib ko‘yish kerak. Ayol kishi yolg‘iz o‘zi seni eplashtirolmaydi. Yonida bitta dastyor o‘g‘li bor xotin olishing kerak. O’g‘il bola senga tayanch bo‘ladi.
Zumrad xola boya G’apporoviing qo‘liga suv quygan qirq yoshlardan oshgan juvonni ko‘rsatdi.
— To‘qqiz yildan beri qo‘shnichilik qilamiz. Qo‘li gul chevar, pazanda ayol. Shuni olib beray, o‘n bir yoshli dastyor o‘g‘li bor. Shunga o‘zing ota bo‘l...
...Xotira maydonida odam ko‘p. Kimdir o‘g‘lini, kimdir otasini, kimdir erini, kimdir akasini eslayapti. Odamlar maydonning eng baland joyida tiklangan gumbaz tagidagi ramziy qabr tomon oqib kelyapti.
Nogahon kimdir orqamdan quchoqlab oldi. O’girilib qaray desam, uning baquvvat ko‘llari bunga mone’lik qilardi.
— Kim bu? — dedim ajablanib.
— Toping, — dedi u.
Uning ovozi tanishga o‘xshab ketdi. Qaerda eshitganman bunaka ovozni?
Ikki qadam narida Zumrad xola shuni senga olib beraman degan beva ko‘shnisi bizga karab jilmayib turardi.
— G’apporov, — dedim ishonch bilan.
— Topdingiz, — dedi meni quchog‘idan bo‘shatar ekan. O’girildim. To‘q yashil kostyum-shim kiygan Abdullajon G’apporov bor bo‘yi bilan yonimda tik turardi. Boshqatdan ko‘rishdik. Hayajon bilan oppoq sochlarini, yelkalarini siladim. Gap topolmay xayratdan dovdirab qoldim.
— O’n kundan buyon Toshkentdamiz, protez zavodida edik. Menga oyoq yasab berishdi. Unga o‘rgangunimcha rosa mashq kildirishdi. Necha martalab yurgizib, necha martalab sozlashdi, — u xotinining qo‘lidan olgan hassa bilan boldirlariga tarsillatib ikki-uch marta urib ko‘ydi. — Endi tamom, kadrdon shaldiroq arava bolalarga ermak bo‘lib qoldi. Biron oyda xassani xam tashlayman.
— Tut pishig‘ida sizni kutdik, — dedi G’apporovning xotini, — ayamning ma’rakalariga kelib qolarmikinsiz deb o‘ylagandik.
Yuragim zirkirab ketdi.
— Xudo raxmatli jannati xotin edilar, — dedim xazin bir ovozda.
Odamlar ramziy kabr o‘rnatilgap shiypon tomon yopirilib kelishardi. Ular orasida qolib ketdik. Tumonat ichida bir-birimizni yo‘qotib ko‘ydik. Prezident shiypondagi qabr yoniga kelib, ikki qo‘lini baland ko‘tardi. Maydon birdan jimib qoldi.
Men yurtboshimizning bir vaqtlar to‘sdek qop-qora bo‘lgan, endi oq oralab siyraklashib qolgan sochlariga, peshonalariga bevaqt tushgan ajinlariga qarab ich-ichimdan, «Ey xudo, hayotini xalq baxtiga bag‘ishlagan, yurtim deb uyqudan, xalovatidan, roxatidan kechgan shu jonsarak insonning umri uzun bo‘lsin», deya Ollohga iltijolar kildim.

2001 yil 24 avgust.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.