OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mahviy (XIX asr)

XIX asrda yashab ijod qilgan qo‘qonlik o‘zbek shoirlaridan biri. Asl ismi Mirzo Xudoyordir.

* * *

Bu gulshan ichra g‘urbatxonalardan oshyonim bor,
Etay dargohinga yuz shukr, sendek mehribonim bor,
Ochilmas g‘unchai baxtim ko‘ngulda ko‘p fig‘onim bor,
Hifi sardimga mahram marhamatli rozdonim bor,
Qarig‘an choqda azm etdim yetay deb Kabatilloga,
Yetalmay yig‘laram har dam Madina joyi a’loga.

Musallo aylasam joiz bu ikki ko‘zdi yoshimdin,
Ko‘tarma ma’dani nuringni hargiz dil xaroshimdin,
Hayoti jovdoni ketmasin davlatli boshimdin,
Dilimdin jurmi isyonni ko‘targil ichu toshimdin,
Qarig‘an chog‘da azm etdim yetay deb Ka’batilloga
Yetolmay yig‘ladim hardam Madina joyi a’loga.

Bu noqisliq bilan Mahviy yetarmukin o‘shal joyga
Muyassar et, iloho, seg‘an o‘zing ul joyi a’log‘a.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.