OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sayido Nasafiy (1637-1710)

Sayido Nasafiy (taxallusi; ismi Mirobid) (1637—Nasaf — 1710) — shoir. Buxoro madrasalarida o‘qigan. To‘quvchilik bilan kun kechirgan. Turdi bilan yaqin do‘st bo‘lgan, uning ta’sirida ijodi kamolga yetgan.

Dastlab asarlarida ashtarxoniy hukmdorlarni madh etgan, ularga madhiyalar yozgan. Lekin ijtimoiy tengsizlik, adolatsizliklar mohiyatini tushungach, madhiyabozlikdan uzoklashgan. Asarlarida jabru zulmga qarshi norozilik asosiy o‘rinni egallagan.

«Shahr oshub» manzuma sida 212 xil kasb-hunar egasi haqida fikr bildirgan, hunar ahlini ulug‘lagan. «Bahoriyot» («Hayvonotnoma») majoziy munozara asarida, ayrim g‘azallarida o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy muhiti tanqid qilingan. Asarlari nafis, sodda tilda yozilgani uchun tez ommalashgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.