OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Matnazar Abdulhakim (1948-2010)

 Matnazar Abdulhakim 1948 yil 20 fevralda Xorazm viloyatining Urganch tumanida tug‘ilgan. O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2000). Rossiyaning Taganrog shahridagi Rus tili va adabiyoti institutini tamomlagan. «Tiniq tonglar» (1982), «Fasllar qo‘shig‘i» (1984), «Qor qo‘shig‘i» (1990), «Yonimdagi daryolar» (1993), «Qorachikdagi dunyo» (1994), «Bir kuchoq gul», «Oydinlik» (1997), «So‘nggi yaproq» (1999) kabi kitoblari nashr qilingan. Shayx Najmiddin Kubro, Shayx Majdiddin Bag‘dodiy, Pahlavon Mahmud, Mirzo Bedil asarlarini forsiydan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.


* * *

Baxt izladim men dala, dashtdan, 
Orzuim bol, umidim - asal. 
Onaginam! 
Seni aldashdan 
Halokatni sanadim afzal.

Sarmast qildi chamanlar vasli, 
Qayg‘urmadim, rizqu ro‘zimni. 
Yashadim men bag‘ishlab, asli, 
Faqat o‘zgalarga o‘zimni.

Bilmam, uchdim qanchalar chaqrim, 
Goh mag‘lub, goh g‘olib keldim men. 
Bol deb mehrim, asal deb faxrim –
Topganimni olib keldim men.

Gullar ichdim ichgandek qasam, 
Loyiq bo‘ldim zahmatkash safga. 
Balki... balki yanglishib ba’zan, 
Qo‘nib qo‘ydim sassiq alafga.

Noz bo‘ylardan uyg‘onib sahar, 
Uchmoqqa yo‘q, ehtimol, haqqim. 
Balki, asal deganim zahar, 
Bol deganim, ehtimol, zaqqum.

Xullas, o‘zing bilasan, onam, 
Sen ming sirdan xabardor hakim. 
Xohla, meni qabul et, mana, 
Xohla, mana, bo‘g‘ib tashlagin.

BAXT

Mukammal bu go‘zalligingni 
Yonib qilgim keladi ta’rif, 
Biroq, ne qilayki, qoshingda 
Eng qudratli kalomlar g‘arib.

Visolingni qilsam-da havas, 
Mehrim izhor etmadim hech vaqt. 
Sen bilan bir havodan nafas –
Olish o‘zi menga katta baxt.

Bir qayrilib tashlasang nigoh, 
Yurak to‘lar so‘nmas ziyoga... 
Seni bir bor ko‘rish-chun faqat 
Kelib ketsa arzir dunyoga.

TARJIMAI HOL

Ko‘rinmasdim har kim-har kimga, 
Men - saharlar ufurgan nafas. 
Gardsizligim, tozaligimga 
Cheksizliklar qilardi havas.

Bir tong nogoh bo‘ldim men shabnam, 
So‘ng bulutga, yomg‘irga do‘ndim. 
Maysalarga aylandim kam-kam, 
Tuproq bo‘lish dardiga ko‘ndim.

Ming yilliklar turkum va turkum 
Qorildilar zulmat, ziyoga. 
Saodatli qandaydir bir kun 
Daraxt bo‘lib keldim dunyoga.

Hayot bir yo‘l - so‘ngsiz, betimsol, 
Ming tirilib, ming o‘lib chopdim. 
Nasib bo‘ldi noyob bir visol, 
Jonzot bo‘lib tavallud topdim.

Qanoatlar, toqat, sabrlar 
G’ildiragi aylandi gir-gir. 
Kechdi necha tuman davrlar, 
Inson bo‘lib tug‘ildim axir.

Endigina orom topib jon, 
Yetdi desam tolega xush gal, 
Har to‘kisda - necha ming nuqson, 
Har to‘kisda - necha ming ishkal.

Zulmat to‘ydi, yutib ziyoni, 
Zulmatlarga ziyo ham to‘ydi. 
Diydoriga to‘ydim dunyoning, 
Diydorimga dunyo ham to‘ydi.

Qo‘ying, so‘ylab bo‘lmay men nolon, 
Siz ham tinglab bo‘lmangiz halak. 
Shu o‘zingiz bilgan to‘polon, 
Shu o‘zingiz bilgan charxpalak.

Nomard bo‘lay agar nolisam, 
Boshqa tirilmayman, o‘lmayman. 
Bir qutulsam, bir ketib olsam, 
Dunyoga men boshqa kelmayman.

IMKONIYAT

G’amginlik kam emas qullikdan, 
Lekin mahbusman deb nolish - uyatdir. 
Har lahza, har nafas bu tutqunlikdan 
Xalos bo‘lmoq uchun imkoniyatdir.

* * *

Parvoyim yo‘q hozir xom, puxtalarga, 
Unutdim dunyoning nasya, naqdlarin... 
Yurakning olis bir nuqtalariga 
Qaytib kelayotir shoir vaqtlarim.

Arang miltillaydi olisda ovul, 
Tim-tirs... ilg‘anadi bezovta ruhlar. 
Oynako‘l tushiga kiradi dovul, 
Har bargda bir shamol dong qotib uxlar.

Har lahza qa’riga bekingan ming yil, 
Sukunat hayqirar qutlug‘ otingni. 
Butun borliq qattiq biriktirgan til 
So‘ndirmaslik uchun yodingni.

Munavvar bir dastyor yog‘dular mulki, 
Tinim bilmaydi hech osmonda quyosh. 
Nur taratar yoding - lablarda kulgu, 
Yog‘du sochar yoding - ko‘zlardagi yosh...

SIR

Seni ko‘rganimdan hayot bilan teng, 
Hayotimni ko‘rdim sen bilan baham. 
Peshonam keng mening. 
Bardoshim ham keng, 
Lekin sig‘may qolding ikkisiga ham.

Sog‘inish bu - asov dardlar uyuri, 
Borlig‘imni tinmay yulqilar toptab. 
Chunki sen bir lahza tashrif buyurib, 
Ruhimni qoldirding qutlug‘ azobda.

Yuragimda yo‘qtsir, axir, po‘lat zirh, 
Bardosh berolmadim bunday zarblarga. 
Lekin men quduqqa so‘ylamadim sir, 
Seni aytdim faqat jimjit harflarga.

Halovatga keldi shundan so‘ng qahat, 
Muqaddas telbalik boshlandi so‘ngra. 
Yashadim, ismingni urib qah-qaha, 
Yashadim, ismingni men ho‘ngrab-ho‘ngrab.

Yo‘l ko‘rdimmi, tamom, tikaverdim ko‘z, 
Muhabbatdan boshqa e’tiqodim yo‘q... 
Menga shafqat qilma, aytilgan ey so‘z, 
Menga shafqat qilma, otilgan ey o‘q.

Men seni na do‘st, na g‘animga aytdim, 
Ravo ko‘rganim yo‘q har kim-har kimga. 
Aytsam, seni men o‘z sha’nimga aytdim, 
Otsam, seni otdim o‘z yuragimga!

TOG’ SOG’INCHI

Kunlar o‘tayotir misli yildirim, 
Sen hakda indamay kuylar har toshim. 
Ayriliqqa qattiq g‘azab bildirib 
O’qraygan qo‘shikdir mening bardoshim.

Muqarrar bo‘l, erkam, bamisli bahor, 
Nom-nishon qoldirma qahrlarimdan. 
Loyiqdir erisa boshimdagi qor, 
Chechaklar unsa yonbag‘irlarimda.

Shunda pinjimdagi qushlar, ohular 
Yo‘lingga men bilan teng termiladi. 
Asrlar dastidan qulamas tog‘lar, 
Tog‘lar judolikdan yemiriladi.
 


TARADDUD


S?n farishta - osmon farzandi, 
B?lanchak y?r oshyoning s?ning. 
Sig'mas s?nga o'limning haddi, 
Yo'qdir ch?king, poyoning s?ning.

S?murg'lar ham bog'lay olmas bahs, 
Inson d?gan kalom - ta'rifing. 
Pok bo'lsang bas, ozod bo'lsang bas,
Yo'l azobi - ojiz  harifing.

L?kin uzoq shaylanasan s?n, 
Taradduding topmas nihoya. 
Yetmay qolgan bu ishga o'tmish, 
K?lajak ham qilmas kifoya.

 
                  ELEGIYA

Qo'llarda   tor.  Qo'shiq aytamiz. 
May ichamiz.  Qo'llardadir jom.

...Mag'ribda bir yaproq uzilsa, 
Uziladi mashriqda bir jon.

Rohatdamiz goho Urganchning, 
Goh Toshk?ntning Do'rmonlarida.

...Bir-bir uziladi yaproqlar 
Sharq va g'arbning o'rmonlarida.
 

         *    *   *

Bilmading... s?nga yomon zor bo'ldim, 
Bir bu jonimga ming ozor bo'ldim.

Ko'zlarimda bir umr bo'lding yosh, 
Kiprigingda lahza m?n qor b?ldim.

M?n n?cha bor d?dimu, bo'lding yo'q, 
S?n n?cha yo'q d?dingu, bor bo'ldim.

Ayriliq - bu n? g'arib yuksaklik, 
Ham aziz bo'ldimu, ham xor bo'ldim.

S?n sabab s?vgi d?gan kulfatdan, 
N? saodatki, xabardor bo'ldim.

Sog'inish soldi chovut qalbimga, 
Bir o'zim qumriyu shunqor bo'ldim.

Qil sabr, so'nggi nafas uzgayman, 
S?nga m?n jon ila qarzdor bo'ldim.


              MAKTUB

Yo'llaringda kuylab tolmagan 
S?vgim edi uryon, ochiq va oydin. 
M?hrmi-qahrmi anglab bo'lmagan 
Tug'yonlaring bilan boyidim.

Qo'shiqlardan qutqardim rozimni, 
Orom oldi no'noq  tilim ham. 
Yasantirdim yangroq ehtirosnmni 
Sukunat bilan.

S?ningd?k qahraton kunlarga 
Bahor umidida t?rmildim mas'um. 
G'amlarim sovqotdi. Ularga 
Kiygizib qo'yding s?n tabassum.

'K?lmading'. 'M?n qatti? iztirob ch?kdim'.
'N?ga xat yozmading?'  va  o'zga 
Uqubatlarimni b?kitdim 
SALOM d?gan muhtasham bir so'zga.

Mushtoqlik, hayajon, anduh va ta'na 
Yashirinib oldi qalbda. 
S?gimda bor endi boshpana, 
Endi m?ning s?vgim... olifta.

 
                 MANZARA

Gullarga ko'milgan kunlar birpasda 
Bizlarni qoldirib k?chayotirlar. 
Gullar ko'milmoqda... daraxtlar asta 
K?linlik libosin ?chayotirlar.

Ulardan ko'z uzib bo'lmaydi endi, 
Qorachiqlar yashil baxtga to'ladi. 
M?va tugmoqdalar ohistagina, 
Daraxtlar had?may ona bo'ladi...

 

            BOTAYOTGAN KUN

                             Hojixon Bolta?vga

Botayotir kun 'Girya' aytib, 
Borliqkda qontalash bir dard. 
Nafaqat ufq, yurak-yurakka 
Cho'ka boshlar nurafshon hasrat.

Yurak pardamizni yorgud?k 
Lovillaydi ufqda bir xitob. 
Xorazmni boshiga kiyib 
Lov-lov yonib kuylaydi oftob.

Chiqishini bilsak-da, tongda 
Yurakni iztirob qiynaydi. 
Ona quyosh imillab botar, 
Umrimizni ko'zi qiymaydi.

Iloj topmay ul mushtiparni, 
Kuzatamiz mahzun, o'ychan, jim. 
Garchi so'ngsiz umri qoshida 
Bizning umr d?ngizdan tomchi.

Inson bilan quyosh bir-birin 
Qayg'urishar shunday azaliy. 
Tong otguncha yulduzlar so'ylar 
Jimirlagan, sovuq tasalli.

 
                  DA'VAT

                      Xurshid Davronga


N? k?rak zaminni titratmas surur, 
Ko'kni qaltiratmas ohni n?tamiz. 
Ko'p ham davronnishin bo'lav?rmay, yur, 
Hazrat Navoiyga k?tamiz.

Utmishni unutib qo'ysak, tushov shu 
K?lajakka y?lgan xayol - G'irotga. 
H?ch mahobat qilmay, ko'tarmay shov-shuv, 
Bir borib k?lamiz qadim Hirotga.

T?ran bir anduhga qilamiz safar, 
Jo'naymiz, do'stginam, yuksak bir baxtga. 
'O'n million, yuz million va milliard nafar"
Hammamiz sig'amiz sh?'riyat - taxtga.

Hali jabru sitam ko'hnaygani yo'q.
Bir qiz bor, azobi o'limdan yomon.
K?tdik, 'Chor d?von'da har bir kiprik - o'q,
K?tdik, 'Chor d?von'da har bir qosh - kamon.

Asta qilich s?rpab qiyo qarashlar, 
Yurakka soladi h?ch bitmas yaro. 
L?kin zid k?lsa ham dunyoqarashlar, 
Bizni dorga tortmas Husayn Boyqaro.

Hikmatga yo'g'rilgan unda har bisot, 
Qaroqqa joylaymiz bari-barini. 
Bir borib k?lamiz. Tushimda ul zot 
Qattiq sog'inibdi nabiralarini...


              *  *  *

Umidsizlik k?sib chiqar yo'limni, 
O'kinchlar to'dasi qiladi hujum. 
Yuvaman, yuvaman qo'limni 
Qo'ltig'imga urmoqlik uchun.

L?kin... o'kinch yana umidga aylanar, 
Umid ham anduhdan tonadi. 
Qo'l shartta tortilib, ishga shaylanar, 
Qo'ltng'imda gulxan yonadi.
 

            *   *   *

Tush ko'rdim.Tushimda cheksiz bir maydon.
Na qilt etgan jon bor.Na tiq etgan tovush.
Unda joy yo'q hatto igna tushgudek,
Unda million-million to'g'irlangan tovush.


SOG'INISH
(turkum)


            *   *   *

Ko'zlaringda zangor tiniqlik 
Qiynar qushd?k b?zovta jonni. 
Loqaydgina y?rga bir qarab 
S?n yashirding ikki osmonni.

Bir mahallar porloq bu osmon 
Sachratgandi yulduz-yulduz cho'g'. 
Uchmoq  istar ko'ksimdagi qush, 
Jovdiraydi... osmoilari yo'q.


            *   *   *

Tuyg'ularim visol paytida 
Juft yurakka tug'yon soldilar. 
Ayriliqqa duch k?lib endi 
Birdan yuvosh tortib qoldilar.

Kuch b?rgandi ularga m?hring, 
Loqaydliging, balki o'ldirar. 
Ohu bo'lib qolgan arslonlar 
Yuragimdan s?nga mo'ltirar.

 
            *   *   *

Nahot shuncha mukammal bo'lsa 
Farishtamas, oddiy bir odam. 
So'zing yoniq  bulbullarniki, 
O'zing boshdan-oyoq tillodan.

Bu diydorga to'yib bo'lmaydi 
Sh?'rlar yozib, torlarni ch?rtib. 
Yuragimga jo qilay endi 
Ko'zlarimda s?ni eritib.

 
            *   *   *

K?l, yaxshisi, s?vgimdan hayiq, 
Bir umr bo'l m?ndan ehtiyot. 
Yashirmayman, m?n baxtga loyiq, 
L?kin... l?kin s?n baxtdan ziyod.

Takrorlanmas eng avj pardasan 
Qilar bo'lsam o'rtanib navo. 
S?n shu qadar yuksaklardasan, 
O'zimga ham ko'rmayman ravo.


            *   *   *

S?ni sog'inganimd?k, balki, 
Sog'inadi barmoqlar tosni. 
Sog'inadi qushchani osmon, 
Sog'inadi daraxt bahorni.

M?hribonim! Shafqat qil  o'zing, 
Shunda tag'in titray boshlar tor. 
Uchib chiqar qushcha osmonga, 
Gullatadi daraxtni bahor.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.