OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Navoiy kimni yomon ko‘rgan?

Kunlardan bir kun, Sulton Husayn, vazirlarining yolg‘on so‘zlariga ishonib, Navoiyni zindonga buyuribdi. Ko‘p vaqt o‘tmay, Navoiyning gunohsizligi ma’lum bo‘libdi. Sulton Husayn Navoiyni zindondan chiqarishlarini buyuribdi. Navoiy chiqishga unamabdi. Podshoning qamash va chiqarish haqida bergan farmoniga ajablanganini bildiribdi.
Navoiyni zindondan chiqarish uchun urinibdilar, foyda bermabdi. Eng keyin Navoiyga yaqin kishilaridan birining maslahati bilan uning yoniga bir ahmoqni zindon qilibdilar. Navoiy u ahmoqdan bezor bo‘lib, zindondan chiqishga rozilik beribdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.