OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Erk va erksizlik haqida maqollar

Birovga qui bo'lgandan 
Ko'pchilikka bo'ysungan yaxshi.

Birovning qoiida o'g'il bo'lguncha, 
O'z uyingda qui bo'l.

Bo'ynidan bog'langan it ovga yaramas. 

Darding bo'lsa bo'lsin, qarzing bo'lmasin. 

Devonaga ikki dunyo barobar.

Devonaga yo'l bo'lsin, deb bo'larmi. 

Dunyo — bevafo, mol-dunyo — bebaqo. 

Yegan og'iz uyalar.

Iso ham o'z yo'liga, 
Muso ham o'z yo'liga.

It o'z uyida — botir.

It o'yin bilan, 
Qum quyun bilan.

Yigit bo'lsang, sho'x bo'l, 
Sho'x bo'lmasang, yo'q bo'l.

Yigit ko'ngli — podsho.

Yigit — ovulning erki.

Kambag'alnikida intilib yeysan,
Boynikida — qimtinib.

Kimning aravasiga minsang, 
O'shaning qo'shig'ini ayt.

Kiprigim ko'zimniki, 
Nima qilsam o'zimnlki.

Kuykunak o'z yerida ham g'oz bo'lar, ham — o'rdak.

Ko'chdim — o'chdim.

Maqolning boshi ochiq.

Minnatli norindan
Och turgan qorin yaxshi.

Mol topganning tili uzun.

Nari borma, bo'ri yemasin, 
Beri kelma, ko'zim ko'rmasin.

Ov bor joyda ovchi ham bo'lar. 

Otali o'g'il — xo'jali qul. 

Otasiz o'g'ilning og'zi katta.

Og'asiz el bo'lmas, 
Sog'asiz — suv.

Soy qayoqqa oqsa, tosh ham shu yoqqa dumalar.

Suvga tushgan quruq chiqmas, 
Mozorga tushgan tirik chiqmas.

Sulaymon o'ldi, devlar qutuldi.

Tirik qulga tinim yo'q. 

Tiriklik toshdan qattiq.

Tomib tursa, quhngman, 
Tommay qolsa, quhmsan.

Tog' boshi tumansiz bo'lmas.

To'qayga o't tushsa, ho'l-quruq baravar yonar.

Ulkan uydagi kulsa, 
Kichkina uydagi yig'lar.

Xatga tushding — o'tga tushding.

Xon bilganni biy bilar, 
So'zlaguday haddi yo'q.

Er yigit ko'p bo'lsa, 
Erkinliging ko'p bo'lar.

Erga boqqan yerga boqar.

Erga tegish oson, 
Etik yechari qiyin.

Erimnikiga hokimman, 
O'g'limnikiga boqimman.

Erimning topganini o'ynab yeyman, 
O'g'limning topganini o'ylab yeyman.

Erli uy — eshikli uy.

Ersiz xotin — boshvoqsiz xotin.

Eshagim yurar edi zo'rg'a, 
Yuki ko'pligidan bo'ldi yo'rg'a.

Yuz yil qul bo'lib yashagandan, 
Bir kun hur bo'lib yashagan yaxshi.

O'zi bemalolning so'zi bemalol.

Qafasdagi bulbuldan 
Vayronadagi boyqush erkin.

Qiz bola — birovning xasmi.

Qiz bola — palaxmon toshi, 
Otildimi, qaytib kelmas.

Qiz — ovulning ko'rki, 
O'g'il — ovulning erki.

Qiz chog'im — sulton, 
Kelin chog'im — ulton.

Qizingga erk bersang, baxtini topar, 
O'g'lingga erk bersang — taxtini.

Yaratganning erki bor 
Qaydan buloq chiqarsa. 

Qozonchining erki bor 
Qaydan quloq chiqarsa.

G'amli uyga shodlik kelar, 
Kambag'alga — ozodlik.

Har kim o'z uyida sulton.

Har kim o'ziga — xon, o'ziga — bek.

Har kimning o'z fikri bor.

Har qush o'z uyasida erkin.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.